Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə85/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
sitologiya majmua

Jihozlar:Meyoz jarayonlarinig bosqichlari tayyor preparatlarda o'rganiladi.
Meyoz bir yillik o'simliklar hayotida bir marta, ko'p yillik o'simliklar hayotida har yili gullash davrida sodir bo'lishi bilan mitozdan farq qiladi. Tashqi ko'rinishidan meuoz mitozga o'xshaydi, lekin reduksion bo'linishda bir-biri bilan tez almashinadigan ikki bo'linish sodir bo'ladi. Profazada ham xromosomalar hosil bo'lishi kuzatiladi, lekin uzun xromosoma iplari avval tartibsiz joylashadi, keyin juft xromosomalar yaqinlashadi, ular uo'g'onlashib, kalta tortadi va bir-biriga parallel holda zich tutashadi. Ular bir-biri bilan shunchalik zich joylashadiki, go'yo yadroda qo'sh xromosoma emas, faqat bitta xromosoma bordek tuyuladi va ular bivalent deb yuritiladi.
Meyoz bir yillik o'simliklar hayotida bir marta, ko'p yillik o'simliklar hayotida har yili gullash davrida sodir bo'lishi bilan mitozdan farq qiladi. Tashqi ko'rinishidan meuoz mitozga o'xshaydi, lekin reduksion bo'linishda bir-biri bilan tez almashinadigan ikki bo'linish sodir bo'ladi. Profazada ham xromosomalar hosil bo'lishi kuzatiladi, lekin uzun xromosoma iplari avval tartibsiz joylashadi, keyin juft xromosomalar yaqinlashadi, ular uo'g'onlashib, kalta tortadi va bir-biriga parallel holda zich tutashadi. Ular bir-biri bilan shunchalik zich joylashadiki, go'yo yadroda qo'sh xromosoma emas, faqat bitta xromosoma bordek tuyuladi va ular bivalent deb yuritiladi.

Профвза!

Метастаза! АмаФоэа! Телофаза! МетафозаК Анафя-лнО

16.1-rasm. Meyoz bo'linish fazalari


Keyingi faza - metafazada yadro po'sti uo'qolib, bivalent hujayraning ekvatorial qismida joylashadi va bo'linishning axromatik duki hosil bo'ladi. Juft xromosomalar tarqaladi.


Алафаза

16.2-rasm. Meyoz bo'linish.


Anafazada gomologik xromosomalarning o'zaro bog'liqligi buzilib, ular hujayralarning qutblariga tarqaladi. Bunda har bir xromosoma ikkita xromatindan tuzilgan bo'ladi. Mitozda esa qutbdagi bitta xromatidli xromosomalar tarqaladi.
Telofaza esa juda qisqa bo'lib, bu fazada birinchi bo'linish jarayoni tugaydi va ikkinchi bo'linish metafazasi boshlanadi. Bunda har bir xromosoma yana qaytadan ikkita va yakka xromatidga bo'linadi, ular yana qaytadan qutblarga tarqaladi. Ikkinchi telofazada yadro po'sti va yadrochasi bo'lgan to'rtta yangi yadro vujudga keladi. Xullas, meuozda bitta ona hujayradan to'rtta qiz hujayra hosil bo'ladi.
YAdro bo'linganda hosil bo'ladigan xromosomalar soni o'simlikning har qaysi turida doimiy bo'ladi. Masalan, qattiq bug'douda xromosomalar 28 ta, g'o'zada 26 ta, makkajo'xorida 20 ta, no'xatda 14 ta bo'ladi. Hujayra bo'linayotganda hosil bo'ladigan bu xromosomalar soni diploid son deyiladi va 2n bilan ifodalanadi.
Xromosomalar soni ikki marta kamayadigan reduksion bo'linishdan keyin yadro gaploid bo'ladi, ya'ni xromosomalar to'plami ikki marta kam bo'ladi va n bilan ifodalanadi. Reduksion bo'linishning biologik ma'nosi ham ana shundan iborat, chunki bunday bo'linishsiz xromosomalar soni diploid bo'lgan jinsiy hujayralar qo'shilganda to'rtta, keyingi bo'linishda sakkizta xromosomalar to'plami hosil bo'lar edi.
Reduksion bo'linish har xil o'simliklarda ular hayotining turli davrlarida sodir bo'ladi. Gulli o'simliklarda bu jarayon ular urug'lanishidan bir oz ilgari, jinsiy hujayralar shakllanayotganda kuzatiladi. Qirqquloq va qirqbo'g'imlarda esa reduksion bo'linish bilan urug'lanish orasida uzoq vaqt o'tadi va o'simlik hayotida xuddi ikki davr bordek tuyuladi: biri reduksion bo'linishdan urug'lanishgacha, ikkinchisi urug'lanishdan yangi reduksion bo'linishigacha bo'lgan davr. Keyingi holda o'simlik hayotida ikkita bir xil bo'g'in: biri jinsiy, ya'ni gametofit, ikkinchisi
145
jinssiz, ya'ni sporofit paydo bo'ladi va ular doim bir-biri bilan to'g'rialmashib turadi.
Gametofit hujayralar doim gaploid bo'ladi, ular hosil qiladigan jinsiy hujayralar ham gaploid. Jinsiy jarayonda ikkita jinsiy hujayraning qo'shilishidan zigota deb ataladigan diploid hujayra hosil bo'ladi. Zigota ko'p marta bo'linishi natijasida jinssiz bo'g'in, ya'ni sporofit rivojlanadi. Sporofit hayotining oxirida reduksion bo'linish sodir bo'lib, spora deb ataladigan gaploid hujayralar hosil bo'ladi. Sporalar ona hujayralardan ajralgan alohida hujayralardir: ulardan keyingi jinsiy bo'g'in, ya'ni gametofit rivojlaiadi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə