O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raxbarligida yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari O‘zbekiston Respublikasini


Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk



Yüklə 100,43 Kb.
səhifə4/5
tarix18.05.2022
ölçüsü100,43 Kb.
#87361
1   2   3   4   5
amalga oshirilgan islohotlar

Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk

  • Davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi, zamonaviy konsepsiyasida fuqarolarning navbat kutib turishlarini keskin kamaytirish, hujjatlarni elektron tarzda yuritish hisobiga qog‘ozbozlikni qisqartirish, turli xil buyruqbozlik va sansolarliklarga chek qo‘yish ko‘zda tutilgan. Eng muhimi, davlat xizmatlari markazlarining ish prinsipi “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan tamoyilga asoslangan.
  • Qisqa fursatda respublikamizdagi har bir tuman va shaharda Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilindi. 2018-yil boshida ushbu markazlarda aholiga qariyb 30 turdagi xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 1-apreldan e’tiboran bunday xizmatlar soni 50 tadan ortdi. Iyun oyidan boshlab esa ular qatoriga yana 30 dan ortiq xizmat turlari qo‘shildi. Bu odamlarning qimmatli vaqtlarini tejash bilan birga, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish imkonini ham bermoqda. Misol uchun, yoshlar oila qurganda nikohni qayd etishi, farzand dunyoga kelganda unga guvohnoma olish, bolalarni bog‘chaga joylashtirish, mashinani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasini olish yoki yangisiga almashtirish kabi kundalik hayotimizda ko‘p bora duch keladigan ishlar endilikda Davlat xizmatlari markazida hal etib beriladi.

O’zbekiston taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichi.

  • Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. G’oyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzg’unchi g’oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017-yildan boshlab O’zbekiston o’z taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol ko’rsatmoqda.

O’zbekiston taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichi.

  • Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida oldimizga qo’ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo’ladigan milliy g’oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida ta’kidlandi. 2019-yil 8-aprel kuni Prezidentimizning O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g’oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to’g’risidagi farmoyishi qabul qilindi.
  • Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon bo’ladi? Rivojlangan mamlakatlarda milliy g’oya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uyg’unlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yo’lida safarbar qilganiga misollar ko’p. Ularning aksarida milliy g’oya milliy qadriyatlarga bog’lab singdirilganini ko’ramiz.
  • Mamlakatimizda milliy g’oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qo’yilmoqda. Ilgari milliy g’oyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy g’oya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi.

Yüklə 100,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə