O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti «qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit»


Insonning barkamollashuvi indeksi



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə150/154
tarix10.04.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#104853
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154
statistika

Insonning barkamollashuvi indeksi turmush qiymati indeksiga nisbatan keng ma’noga ega bo’lib, quyidagi uchta ko’rsatkich bilan xarakterlanadi: jon boshiga to’g’ri kelgan yalpi ichki mahsulot darajasi; ma’lumotlilik darajasi; o’rtacha yashash yoshi darajasi.
Mazkur ko’rsatkichlar birinchi marta BMT taraqqiyot dasturi tadqiqotchilari guruhi tomonidan 1990 yilda taklif etilgan.
Jon boshiga to’g’ri kelgan yalpi mahsulotning me’yoriy darajasi etib jahon bo’yichajon boshiga to’g’ri kelgan yalpi ichki mahsulot darajasi qabul qilinadi. 1994 yilda bu me’yor o’rtacha 5120 dollar bo’lgan. Eng kam darajadagi me’yor oxirgi 30 yillik o’rtachaga, eng maksimal darajadagi me’yor esa 2020 yilgi perspektiv (istiqbolda) darajaga asoslanb belgilanadi.
Ma’lumotlilik darajai aholining o’rtacha necha yil o’qishini hisobga olgan holda aniqlanadi. Bu muddat 0-15 yil deb qabul qilingan, Umumiy ko’rinishda inson taraqqiyoti indeksi quyidagicha hisoblanishi mumkin:

Bu erda,
- mazkur mamlakatda jon boshiga to’g’ri kelgan yalpi ichki mahsulotning jahon me’yoriga nisbatan bo’lgan salmog’ining indeksi.
- mazkur mamlakatda o’rtacha o’qish muddatining jahon me’yoriga nisbatan bo’lgan salmog’ining indeksi.
- mazkur mamlakatda kelajakda yashash muddatining jahon me’yoriga nisbatan bo’lgan salmog’ining indeksi.
Agar Jiti 0,5 dan kichik bo’lsa, u holda mazkur mamlakatda inson taraqqiyoti darajasi past; 0,5 - 0,8 bo’lsa - o’rtacha; 0,8 va undan yuqori bo’lsa, u holda bu ko’rsatkich yuqori hisoblanadi.
Yashash minimumi - bu eng kam iste’mol savati qiymatining puldagi ifodasidir. Bu savatcha tarkibiga quyidagi 13 ta yiriklashtirilgan guruhlardagi mahsulotlar kiradi: non va non mahsulotlari; kartoshka; sabzavotlar; meva va rizavorlar; go’sht va go’sht mahsulotlari; sut va sut mahsulotlari; baliq va baliq mahsulotlari; tuxum; shakar va qandolat mahsulotlari; o’simlik yog’i; margarin; tuz; qalampir, murch.
Aynan shu tarkibdagi iste’mol buyumlari insonning sog’lom, baquvvat, tetik bo’lishini, hayotga faollik ko’rsatishini ta’minlaydi. Bundan tashqari yashash minimumiga nooziq-ovqatlar va xizmatlarning qiymati ham eng kam iste’mol savati miqdorida qo’shiladi. Yashash minimumiga qarab ish haqining eng kam miqdori belgilanadi.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi pul daromadlarining manbalarini va xarajatlar miqdori, tarkibini xarakterlaydi. U quyidagi ko’rinishga ega (3-jadval).
Balansning daromadlari qismida mulk shakllaridan qat’iy nazar barcha korxona va muassasalardan aholi ixtiyoriga tushgan pul mablag’lari, naqd pulsiz o’tkazmalar, natura shaklida to’langan ish haqi va boshqa daromadlar kiradi.
Aholi guruhlari o’rtasidagi pul oborotlari balansda hisobga olinmaydi.
Aholi daromadlarini indeksatsiya qilish deyilganda aholi ist’mol buyumlari va maishiy xizmatlarning qimmatlashgan bir qismi yoki to’la qismini qoplash uchun fuqarolarning daromadini oshirish tushuniladi.

Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə