O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti «qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit»


“Istiqlol” supermarketida tovar zaxiralari qoldig’i



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə51/154
tarix10.04.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#104853
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154
statistika

“Istiqlol” supermarketida tovar zaxiralari qoldig’i


Tovar qoldig’i,


mln.so’m

Oylar

1.01

1.02

1.03

1.04

130,0


134,3


132,0


138,4


1-jadvalda keltirilgan qator dinamika qatorining payt (moment)li turiga kiradi. Chunki uning hadlari “Istiqlol” supermarketi bo’yicha tovar qoldiqlarini faqatgina bir payt (oy boshi) ga ko’rsatmoqda. Tovar (yoki pul) qoldiqlarini hisobga olishni boshqa yo’li xam yo’q, chunki tovarlar bir tomondan sotib olinaveradi, ikkinchi tomondan sotilaveradi.


Davriy dinamika qatorlarida esa hadlar davr oralig’i (interval)da beriladi. Masalan, bir oy (yoki yil) da ishlab chiqarilgan mahsulot, sotilgan tovarlar hajmi, ekilgan er maydoni va h.k.

2-jadval
2009-2013 yillarda “Istiqlol” supermarketida sotilgan tovarlar hajmi (tovar oboroti) dinamikasi



Chakana tovar oboroti, mlrd.so’m

Yillar

2009

2010

2011

2012

2013

150


168


179


186


191


2-jadvalda keltirilgan qator davriy dinamika qatoriga misol bo’la oladi. Chunki uning hadlari bir yil ichida sotilgan tovarlar yig’indisidan tashkil topgan.


Shunday qilib, dinamika qatorlari yordamida ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: vaqt bo’yicha rivojlanish darajasini baholash; statistik ko’rsatkichlar tizimi vositasida o’rganilayotgan hodisaning dinamikasini o’lchash; rivojlanishning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va miqdoriy baholash; davriy tebranishlarni o’rganish; bashoratlash va ekstrapolyatsiya qilish.



Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə