O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti «Qishloq xo‘jalik gidrotexnik melioratsiya»


 Mustaqil ishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 47,24 Kb.
səhifə2/12
tarix29.11.2023
ölçüsü47,24 Kb.
#140210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
«Qishloq xo‘jalik gidrotexnik melioratsiya» kafedrasi «suv xo‘ja-fayllar.org

2. Mustaqil ishning maqsadi va vazifalari
Talaba mustaqil ishining maqsadi
-
o‘qituvchining bevosita rahbarligi va
nazorati ostida talabada o‘quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ishinig vazifalari:


4
- ma’ruza darslaridan olgan bilimlarini mustaqil va puxta o‘zlashtirish;


- elektron o‘quv adabiyotlar bilan ishlashni o‘rganish;
- axborot manbalardan foydalana olish;
- ilmiy adabiyotlardan va me‘yoriy hujjatlar bilan ishlash;
- Internet tarmog‘idan maqsadli foydalana olish;
- ishlarni bajarishda ijodiy yondoshish;
- o‘z ishini mutaxassislar jamoasida himoya qilish.
3. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba
muayyan
fanning
xususiyatlarini
hisobga
olgan
holda
referat,
prezentatsiya, ma’ruza, maqola va boshqa shaklga ega bo‘lgan mustaqil ishni tayyorlash
davrida quyidagi manbalardan foydalanishi tavsiya etiladi:
-darslik va o‘quv ko‘rsatmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
-tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
-avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan
ishlash;
-maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
-yangi texnika va texnologiyalarni o‘rganish;
-talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan
fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
-faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalanish;
-masofaviy (distantsion) ta’lim.
Ushbu fan bo‘yicha Mustaqil ish o‘quv dasturlarida berilgan hamda talaba
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir
qismi bo‘lib, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriyada yoki auditoriyadan
tashqarida bajarishga mo‘ljallangan.
Mustaqil ishning shakli referat konspekt va internet materiallaridan iborat bo‘lishi
mumkin. Ushbu materialni talaba mustaqil o‘rganib chiqishi va o‘qituvchiga ma’ruza
kospekti ko‘rinishida taqdim etish kerak. Konspektda o‘rganilayotgan masalaning asosiy
mazmuni qisqa shaklda bayon etilishi kerak. Masalan o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha
3-4 ta punktdan iborat reja tuziladi va ushbu reja asosida mavzudagi masalalar yoritib
beriladi. Bundan tashqari matn qismini tushuntirish uchun kerakli chizmalar bilan
to‘ldirilishi talab etiladi. Konspektni tuzishda tavsiya qilingan adabiyotlardan tashqari
internet materiallaridan va ushbu masalalar yoritilgan boshqa manbalardan foydalanishi
mumkin.
Mustaqil bilim egallashni ta’minlash uchun quyidagi mavzular bo‘yicha ishlarni
tashkil etish tavsiya etiladi:
1.Mustaqil ish savol va topshiriqlari.
2.Elektron ta’lim resurslari.
3.Bilim olishning intelektual resurslari.
4.Didaktik materiallar.
5.Fanning so‘ngi yutuqlari (ilmiy va ommabop nashrlar, dissertatsiyalar).
6.Texnik vositalar ro‘yxati va ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va
ko‘rsatmalar.
7.Guruhda va individual ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish materiallari.
8.Qo‘shimacha adabiyotlar va axborot olish manbalari ro‘yxati.



5
Mazkur fanning xususiyatidan kelib chiqib quyidagi sxemada keltirilgan mustaqil


ish turlari bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqildi.
Mustaqil ish turlari:
1.YOzma javobni talab etuvchi savollar;
2.Ijodiy topshiriqlar;
3.YOzma mustaqil topshiriqlar.
Kafedrada mazkur fan bo‘yicha qabul qilingan mustaqil ish shakllari har bir
tanlangan shaklning mazmuni ishlab chiqilgan. Berilgan topshiriqlarni bajarish uchun
har bir talaba mustaqil ravishda javob yozishni (“Referat” yoki “Mustaqil ish” shaklida)
talab etuvchi savollar to‘plami ishlab chiqilgan. Savollar to‘plamiga asosan talabaning
ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar ishlab chiqilgan.

Yüklə 47,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə