143
Transport
vositalariga esa, ularning dvigatellar hajmiga qarab stavkalar
belgilanadi.
Bojxona bojlarini aniq stavkasini qo‘llanishi tovar klassifikasiyasi
(turi), import kelib chiquvchi tovar kabi omillarga bog‘liq.
Kelib chiqishi o‘rnatilmagan, hamda eng yaxshi sharoitlar rejimi
qo‘llanuvchi davlatlarga kirmaydigan davlartlardan
kelgan tovarlar uchun
import bojxona bojlari stavkalari ikkilanadi.
“Bojxona tarifi haqidagi” qonunga muvofiq preferensial olib kirish (olib
chiqish) bo‘yicha bojxona tariflaridan preferensiyalar berish bojni to‘lashdan
ozod qilish, boj stavkasini kamaytirish yoki tarif kvotalarini belgilash
ko‘rishlarida quyidagi tovarlarga nisbatan beriladi:
•
O‘zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo xududini shakllantiruvchi
yoki bojxona ittifoqini hamda bunday ittifoqni yoki hududni tuzishni nazarda
tutuvchi kelishuvi mavjud davlatlardan kelgan tovarlar.
•
O‘zbekiston Respublikasi milliy preferensiyalari tizimiga monand
rivojlanuvchi davlatlardan kelib chiquvchi tovarlar. O‘zbekistonga kiritiluvchi
texnologik uskunalar
bojxona bojidan ozod qilinadi, agar importer banki mos
hujjatlar taqdim etsa.
Eksport bojxona boji.
1997 - yil 1 - noyabrdan O‘zbekistonda barcha
eksport bojxona bojlari bekor qilingan.
Bojxona rasmiylashtiriluvchi uchun bojxona yig‘imi.
Tovar va transport
vositalarini bojxona rasmiylashtiriluvi uchun yig‘imi (tranzit
bojxona rejimi,
davlat foydasiga voz kechish, vaqtinchalik saqlashlardan tashqari) ularning
bojxona qiymati 0,2 %dir. Mustasno esa quyidagi olib kiriluvchi tovarlardir,
ularga 0,05 %li pasaytirilgan stavkalar belgilangan: bo‘g‘doy,
shakar va
qurilayotgan ishlab chiqarish obyektlari uchun butilovchi uskunalar.
Lizing predmetining bojxona chegarasidan o‘tkazish (olib chiqish va olib
qirish).
Lizing shartnomasini amalga oshirishda turli xil vaziyatlar bo‘lishi
mumkin, u shartnomaning qaysi tomoni O‘zbekistondaligiga bog‘liq.
O‘zbekistondagi lizing beruvchi chet-eldagi lizing oluvchiga lizing predmetini
berishdagi vaziyatda, bojxona to‘lovlari ko‘rinishdagi moliyaviy xarajatlarni
umuman
ichiga olmaydi, chunki, O‘zbekistonda eksport tovarlariga soliqlar va
bojlar yo‘q. Bu holatda lizinga beruvchi faqatgina bojxona rasmiylashtiruvi
uchun yig‘imini to‘laydi holos.
Dostları ilə paylaş: