O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Ishlab chiqarish va tashkiliy rejalar



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
11.3. Ishlab chiqarish va tashkiliy rejalar 
Biznes-rejadagi ishlab chiqarish rejasi bo‘limi eng muhimlardan bo‘lib, 
marketing rejasi asosida tuziladi. Mazkur bo‘limda quyidagilar amalga 
oshiriladi:
1
1. Mavjud yoki rejalashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur 
bo‘lgan yangi tashkil etilayotgan ishlab chiqarish asoslab beriladi.
2. Mahsulotning yillar bo‘yicha o‘sish dinamikasiga asosan mahsulot 
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlari aniqlanadi. 
Bunda ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlash uchun qiymat va natural 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishning moslashuvchanligini 
ta’minlash uchun zaxira quvvatlarini ko‘zda tutish ham maqsadga muvofiq. 
3. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur asbob-uskunalar va uni 
muayyan ta’minotchilardan xarid qilish imkoniyatlari aniqlanadi. 
4. Xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi 
ta’minlovchilar hamda muqobil ta’minlovchilar ko‘rsatiladi. Ta’minlovchilarni 
tanlashda ularning ishonchliligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan kelib 
chiqiladi. 
5. Resurslar va ta’minot bo‘yicha kutilayotgan cheklashlar ko‘rsatiladi. 
Bu yerda resurslar cheklanganda korxonalarni resurslar bilan ta’minlash uchun 
qo‘shimcha vositalarni ko‘zda tutish zarur. 
1
Комаров В.В. Инвестиции и лизинг в СНГ. Учебное пособие – М.: Финансы и статистика, 2001, 45б. 


133 
6. Korxonalarning malakali ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik darajasi 
bo‘yicha ma’lumotlar va mintaqada mehnat bozorining holati keltiriladi. Bu 
yerda korxonani boshqarishning tashkiliy tuzilmasi ochib berilib, unda har bir 
mutaxassisning yakuniy mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etishi va turli xil 
tuzilmalarning o‘zaro aloqalari ko‘rsatiladi. 
7. Mahsulot sifatini nazorat qilish tartibi ko‘rsatiladi va mos keluvchi 
hujjatlar (standartlar, yo‘riqnoma va uslubiyatlar) ko‘rsatiladi. Xuddi shu 
bo‘limda ishlab chiqarishning ichki zaxiralari muammosi hal etiladi. 
Tashkiliy 
reja 
tashkiliy 
usullar 
hisobiga 
ishlab 
chiqarishning 
moslashuvchanligini ta’minlash muammosini hal qilishni ko‘zda tutadi. U o‘z 
ichiga korxona ishlab chiqarish faoliyatining zarur xom-ashyo bilan ta’minlash, 
mehnat va vaqt xarajatlarini tejash, bozor kon’yunkturasi talablarini hisobga 
olgan holda boshqa mahsulot ishlab chiqarishga osolik bilan o‘tishi mumkin 
bo‘lgan moslashuvchan ishlab chiqarishni tashkil etishdan to sotilgan mahsulot 
uchun pul tushumlariga ega bo‘lishgacha bo‘lgan barcha elementlarini kiritadi.
Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini oshirish korxonaning 
asosiy va aylanma jamg‘armalaridan foydalanishni yaxshilashning asosi 
hisoblanadi.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə