O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


kompaniyasi faoliyatini tashkil etilishi



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
kompaniyasi faoliyatini tashkil etilishi. 
 
Asosiy adabiyotlar 
1. Левкович А.О. Промагролизинг. Анализ организационных форм 
управления лизинговым процессом. Учебное пособие - М.: 2000, 49-67 c. 
2. Назарова Ф.М. Агросаноат мажмуида лизинг фаолиятини йўлга 
қўйиш // Ж.“Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси” 2001, №3, 30-32 б. 
3. Лизинг Инфо. Лизинговые компании Узбекистана // Бизнес-
вестник Востока 2002, №42 (560), №43 (561), 7-8 c. 
5. Fозибеков Д. F. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва 
амалиёти. Ўқув қўлланма– Т.: Фан ва технология, 2004.
 


128 
XI bob. INVESTITSIYA LOYHALARiNI SHAKLLANTIRISH 
11.1. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishning o‘ziga xos 
xususiyatlari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investitsiya loyihasi, ya’ni korxona 
faoliyatining barcha asosiy jihatlari: ishlab chiqarish, moliya va ijtimoiy sohani 
aks ettiruvchi hujjatni tayyorlash odat tusiga kirdi. Investitsiya loyihasi 
quyidagilarga imkon yaratadi: 

boshqaruv qarorlarida xatoga yo‘l qo‘yish tavakkalchiligini kamaytirish 
va samarali qaror qabul qilishga ko‘maklashishi; 

mahsulot ishlab chiqarish va sotishni birlashtirish hamda mazkur 
tarmoqda tadbirkorlikni rivojlantirish. 
Har qanday investitsiya loyihasi biznes-rejaga asoslanadi. Biznes-reja bu 
belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi, vaqt bo‘yicha bir-biriga 
bog‘liq va kelishilgan hamda amalga oshirish rejalangan tadbirkorlik harakatlari 
tizimidir.
1
Biznes-reja tadbirkorning o‘ziga bitimning asoslanganligi, ishonchliligi va 
amalga oshirilishidan dalolat sifatida kerak bo‘ladi. Uning mavjudligi 
rejalashtirilayotgan operatsiya va tashkilotchilarning ishonchliligidan darak 
beradi hamda rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun qulay muhit 
yaratadi. Biznes-reja xarajatlar, ularni qoplash manbalari, to‘lov balansi, 
korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini 
baholash aks ettirilgan hujjat hisoblanadi. Odatda biznes-rejani ishlab chiqish 
yakuniy maqsadlarni belgilash, ya’ni tadbirkor o‘ylangan dasturni amalga 
oshirishdan qanday naf ko‘rishi va qanday moliyaviy natijalarga erishilishini 
aniqlashdan boshlanadi. Biznes-rejani tuzishda ma’lum bir tuzilmaga amal 
qilinib, unda quyidagi asosiy bo‘limlar mavjud bo‘lishi zarur (15-chizma):
Tadbirkor u bilan hamkorlik qilishlarini istasa biznes-rejani albatta puxta 
ishlab chiqishi zarur. Agar tadbirkor lizing beruvchining huzuriga ajoyib 
innovatsion g‘oyalar bilan, biroq tayyor biznes-rejasiz tashrif buyuradigan 
bo‘lsa unga albatta mos keluvchi rejali dasturni tayyorlash va boshqa safar 
kelishni taklif qiladilar. Tadbirkor potensial investorni qiziqtirib qo‘ysagina o‘z 
ishining muvaffaqiyatga erishishidan umid qilsa bo‘ladi. Masalan, 
mamlakatimizdagi 
lizing 
kompaniyalari 
mutaxassislarining 
investitsiya 
loyihalarini tahlil qilishi shuni ko‘rsatadiki, biznes-rejalarning katta qismi 
tadbirkorlar tomonidan yetarlicha puxta tayyorlanmaydi. Aksari hollarda 
1
Вахрин П.И. Инвестиции: Учебник – М.: 2002, 136 c.


129 
buyurtmachi faqat bitta g‘oya bilan cheklanib qolib, ishning detallarini puxta 
o‘rganib chiqmaydi, texnik-iqtisodiy baholashni ko‘ngildagidek tayyorlamaydi 
hamda biznes-rejaning barcha asosiy jihatlarini batafsil tavsiflamaydi. 
Biznes-rejani ishlab chiqish davomida korxona ishlab chiqarish va bozor 
tuzilmasining huquqiy asoslarini hisobga olishi zarur. Xususan: 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə