126
pudrat qurilish tashkilotlariga, birinchi navbatda kichik va xususiy biznes
subyektlariga shartnoma asosida beradi.
“Qurilishlizing”ga pudrat qurilish tashkilotlari
davlat aktivlarining birja
va birjadan tashqari bozorlarda sotishdan, iqtisodiy nochor pudrat qurilish
tashkilotlari mol-mulkini ularning budjet oldidagi
qarzini qarz summasi
doirasida undirish hisobiga sotishdan olingan mablag‘lar 5 yil muddatga
qaytarish asosida, uning maxsus hisob varag‘iga o‘tkazish bilan beriladi. Ushbu
mablag‘lar ularni lizingga berish uchun qurilish texnikasi va kichik
mexanizasiya vositalari, transport vositalarini xarid qilish uchungina ishlatilishi
mumkin.
Moliya
vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi, Davlat
mulki qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasiga tugatilayotgan iqtisodiy nochor
qurilish
texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizasiya vositalarini-
ularning budjet oldidagi qarzlarini undirish hisobiga “Qurilishlizing”
kompaniyasiga berish tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash topshirildi. Bu
asosiy vositalar daromad va mol-mulk soliqlari bo‘yicha soliq solish obyekti
hisoblanmaydi. Bundan tashqari, lizingga berish uchun olib kelinadigan qurilish
texnikasi,
ehtiyot qismlar, qurilish transport vositalari va kichik mexanizatsiya
vositalariga doir bojxona to‘lovlari va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod
qilinadi. 2007 - yil 31 - dekabrga qadar kompaniya qurilish texnikasi va kichik
mexanizatsiya vositalarini lizingga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha
foyda solig‘ini
to‘lamaydi.
Yuqorida ko‘rib chiqqan lizing institutlari faoliyatlari natijasida
O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: