O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Respublikamizda agrolizing operatsiyalarini amalga oshirish



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
10.4. Respublikamizda agrolizing operatsiyalarini amalga oshirish 
tajribasi 
Hozirgi kunda, agrosanoat kompleksida aksionerlik lizing kompaniyasi 
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” lizing faoliyatida ma’lum tajribalarga ega. Bu 
kompaniya qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan 
zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikasi bilan ta’minlashni rag‘batlantirish, 
qishloqqa yetkazib beriluvchi traktor va hosil yig‘ish texnikasi uchun hisob-
kitoblar mexanizmini takomillashtirish maqsadida ta’sis etilgan.
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” 
ALK 
ta’sischilari 
quyidagilardir: 
“O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding”-100,0 mln. so‘m; “O‘zqishloqxo‘jalikta’-
minotta’mirlash” DKK- 50,0 mln. so‘m; “O‘zsanoatmashimpeks” - 50,0 mln. 
so‘m; Germaniyaning “Zelko” assotsiatsiyasi- 13,173 mln. so‘m. 
Kompaniyaning aksiyadorlari quiydagilardir: “Paxta bank” IAK - 10 %; 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi - 10 %; O‘zbekiston Respublikasi 
qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi – 8 %;
“O‘znonmahsulot” DAK - 6 %; 
“O‘zpaxtasanoatsotish” assotsiatsiyasi – 6 %; “G‘alla bank” IAK- 3 %;
“O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” - 2 %; boshqa aksiyadorlar - 2 %. 
Har bir aksiyador kompaniyani boshqarish organlarida ishtirok etish, dividend 
ko‘rinishida foydaning bir qismini olish, shuningdek, kompaniyaning xo‘jalik-
moliyaviy faoliyati natijalari to‘g‘risidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni olish 
huquqiga ega. Erkin savdoga chiqarilgan, joylashtirilmagan aksiyalar nizom 
jamg‘armasining 33 % ini tashkil etadi. Kompaniya respublikamizdagi mashina-
traktor parklari va qishloq xo‘jalik korxonalariga qishloq xo‘jalik texnikalarini 7 
yil muddatga lizing asosida quyidagi shartlarda yetkazib berishga ixtisoslashadi: 

traktor va hosilni yig‘ish mashinalari qiymatining 15 %i hududiy 
mashina-traktor parklari, muqobil mashina-traktor praklari, qishloq xo‘jalik 


119 
shirkatlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga avans 
shaklida to‘lanadi; 

traktor va hosilni yig‘ish mashinalari qiymatining 85 %i 
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan unga qarz asosida 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi qishloqni qishloq xo‘jalik 
texnikasi bilan ta’minlashni rag‘batlantirish davlat jamg‘armasi tomonidan 
beriluvchi mablag‘lar hisobiga to‘lanadi; 

texnika lizing oluvchilarga lizingga olinayotgan texnikalarni butun 
lizing muddatiga sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan holdagina beriladi; 

lizing kompaniyasi daromadlarining imtiyozli stavkasi Markaziy 
bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 %idan ortmasligi lozim. 
Quyidgilar “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasining agentlari 
hisoblanadi: 

moliyaviy agent – Paxta-bank, kompaniyaning barcha hisob-kitoblarini 
bajarish, to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi va lizing shartnomasi va 
ta’minot shartnomalari bo‘yicha o‘zaro moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida 
bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish; 

sug‘urta agenti – “O‘zagrosug‘urta”, lizingga beriluvchi texnikalarni 
sug‘urtalash vazifalarini bajarish. 
Respublika mintaqalarida lizing kompaniyalari o‘tkazayotgan marketing 
tadqiqotlari potensial lizing oluvchilarning texnikaga bo‘lgan haqiqiy 
ehtiyojlarini aniqlash imkonini beradi. Arizalarga asosan lizingga beriluvchi 
texnikalarga eshtiyoj hajmi haqiqiy ehtiyojdan 9 baravar ko‘pdir. Bularning 
barchasi lizing xizmatlari hajmini va mos ravishda kompaniya daromadlarini 
oshirishga turtki bo‘ladi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə