125
foydalanish muddati oxiriga yaqinlab qolganligi bilan izohlash mumkin.
Samolyotlar lizingiga bo‘lgan talabning o‘sib borishi lizing kompaniyasini
yaratishni asoslab berdi.
1997 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining maxsus
qarori bilan “O‘zavializing” aksiyanerlik lizing kompaniyasiga asos solindi.
Kompaniyaning asosiy faoliyat turlariga aviabozor marketingi va moliyaviy
lizing sxemasida keyinchalik sotib olishni ko‘zda tutuvchi “CHnAICHB”
samolyotlarini sotish, shuningdek, operativ lizingni amalga oshirishni kiritish
mumkin. Bundan tashqari, lizing o‘z buyurtmachilarga quyidagi xizmatlar tizimi
majmuasini taklif qiladi: aviatexnikaga texnik xizmat ko‘rsatish
va ularni
ta’mirlash; ishonchlilikni ta’minlash; havo kemalarini sug‘urtalash; uchuvchi va
texnik xodimlarni tayyorlash; lizing oluvchiga berilgan samolyotlardan lizing
shartnomasi amal qilayotgan muddatda to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish.
Natijada umumiy qiymati 15 mln. AQSH dollari bo‘lgan 1ta xalqaro
lizing shartnomasi moliyalashtirildi. Umuman ko‘rib
chiqilgan loyihalar tahlili
shuni ko‘rsatadiki, aviakompaniyalar lizing obyektini tanlashda mahalliy
samolyotlarni xorijda ishlab chiqariluvchi samolyotlar bilan turli xil
ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtiradilar. IKAOning so‘nggi normalariga mos
ravishda parvozlar xavfsizligi va yo‘nalishlarning
xususiyatlaridan kelib
chiquvchi o‘ziga xos talablar ham vujudga kelmoqda. Shu sababli
“O‘zavializing” kompaniyasi tomonidan kamchiliklarni yo‘qotish; taklif
qilinayotgan aviatexnikani muayyan bozor va uning segmenti talablariga javob
beruvchi xalqaro standartlarga javob
beruvchi darajaga etkazish; raqobatchilik
ustunliklarini aniqlash bo‘yicha ishlarni muntazam amalga oshirmoqda.
“CHnAICHB” DAJ va chet ellik raqobatchilar mahsulotlarining texnik va tijorat
tavsifnomalarining solishtirma monitoringi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 - yil 23 -
oktyabrdagi “Kapital qurilishda ijara va lizing tizimini joriy etish to‘g‘risida”
462-qaroriga binoan ustav fondi 1 mlrd. so‘m bo‘lgan, ochiq aksiyadorlik
jamiyati shaklida
Dostları ilə paylaş: