O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
11.2. Marketing rejasi 
Biznes-reja korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi uchta asosiy 
bo‘limini belgilab beradi: 

bozorning marketing tadqiqoti; 

ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining maqsad va vazifalarini asoslab 
berish; 

yakuniy natijalarni iqtisodiy asoslagan holda rejaning asosiy 
bo‘limlarini ishlab chiqish. 
Marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqaruvchining yo‘nalishidan 
kelib chiqib iste’mol bozorida davlat bozor siyosatining tartibga soluvchi rolini 
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bunda mahsulotni sotish bozorini tanlash 
marketing faoliyatining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Qoidaga ko‘ra 
optimal bozorni tanlash bu bozorni tadqiq etish natijasida olingan ma’lumotlarga 
asoslanadi. Korxona mahsuloti bozor (uning segmenti) ehtiyojlariga mos kelishi 
va raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi zarur. 


131 
Bozorga kirib borishdan avval mahsulotga nisbatan iste’molchiga ta’sir 
ko‘rsatish bo‘yicha barcha marketing vositalari majmuasi qo‘llanadi. Bunda 
iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, siyosiy va boshqa omillar hisobga olinadi. 
Ma’lumki, bozor ishlab chiqarish va iste’molchi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in 
bo‘lib, ichki aloqalarni hamda talab va taklif o‘rtasidagi balans asosida qarama-
qarshiliklarni aniqlab beradi. Talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatlangan 
nisbatlarga faqat marketing yordamidagina erishish mumkin, chunki strategiya 
va taktika bozorni kompleks o‘rganish va mahsulotga bo‘lgan talabni maqsadli 
yo‘nalgan holda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga 
asoslanadi. 
Marketing faoliyati bozorni o‘rganish, maqsadlarni shakllantirish va 
ularni amalga oshirish bo‘yicha masalalarni hal qilish, ishlab chiqarish muddati, 
hajmi va kutilayotgan natijalarni aniqlash, iste’molchilik talabini shakllantirish 
va kon’yunktura tadqiqotlarini o‘z ichiga kiritadi. Bundan tashqari, marketing 
bozorni tartibga solish tizimi sifatida mahsulotlarning bozor talablariga 
moslashishi, raqobatchilar salohiyati va ularning faoliyatini o‘rganish, talabni 
shakllantirish, sotuvni rag‘batlantirish, marketing xizmati faoliyatini nazorat 
qilish va boshqalarni ta’minlaydi 
Marketing raqobatchilik kurashining taktika va strategiyasini belgilab 
beradi, pul mablag‘lari va resurslar, bozor kon’yunkturasi haqidagi 
ma’lumotlarning to‘xtovsiz oqimini hamda sotuv bozoriga maqsadli yo‘nalgan 
holda ta’sir ko‘rsatgan holda mahsulotni sotish jarayonini boshqarishni 
ta’minlaydi. Marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda narx 
va tovar siyosati ishlab chiqiladi, reklama usullari va yo‘nalishlari, sotuvni 
rag‘batlantirish, obyektga sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari 
aniqlanadi, bozor hajmi va uning yangi mahsulotlar kirib kelishi va keyingi 
ta’minlashlarning kengaytirilishga reaksiyasi bashorat qilinadi. 
Marketing strategiyasi marketing tadqiqotlari davomida olinuvchi 
ma’lumotlarga asoslanadi hamda quyidagilarni o‘z ichiga kiritadi: 

ichki va tashqi muhit tadqiqotlari; 

maqsadlarni shakllantirish; 

chora-tadbirlar reja va strategiyalarini ishlab chiqish; 

rejalarni amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilish. 
Marketing strategik rejasida belgilangan maqsadlarga erishish vaqti va 
vositalari, resurslar aks ettiriladi. 
Marketing rejalashtirishi marketing faoliyatining taktik va strategik 
vazifalarini hal qilish ko‘rinishida yaratiladi. 


132 
Marketing taktikasi tijorat va ilmiy-texnik ma’lumotlarga asoslanadi va 
malakali personalni talab qiladi. Bunda taktik chora-tadbirlar strategik chora-
tadbirlarning tarkibiy qismi hisoblanib, quyidagilar ko‘zda tutiladi: rejadagi 
ko‘rsatkichlardan chetga chiqishga olib keluvchi ichki muhitdagi o‘zgarishlarga 
tez javob berish, korxona mahsulotlari bilan bozorga kirib borish tamoyillari, 
tovar harakatlanishini tashkil etish va faollashtirish, iste’molchilar zaxiralarini 
tadqiq qilish, vakolatxonalar tarmog‘ini tashkil etish, servis xizmat ko‘rsatish 
sifatini oshrish va hokazolar. Marketing ishlab chiqarishni tashkil etish va 
boshqarishning bozor konsepsiyasini ishlab chiqishdan to mahsulotni yakuniy 
sotishgacha bo‘lgan turli muammolar doirasini qamrab oladi.
Korxonaning marketing xizmati yetakchi hisoblanadi, chunki aynan u 
boshqa barcha tuzilma bo‘linmalariga shart-sharoitlarni belgilab beradi. 
Marketing tadqiqotlari tahlili davomida qabul qilingan qarorlarni bajarish 
korxonaning barcha bo‘limlari uchun majburiy hisoblanadi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə