O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
 
11.4. Moliyaviy reja 
Biznes-rejaning bu bosqichida quyidagilar keltiriladi: korxona xarajatlari 
va ularni qoplash manbalari; to‘lov balansi; korxona faoliyatinig iqtisodiy 
samaradorligini baholash; sotuv hajmlari bashorat qilinadi; pul xarajatlari va 
tushumlar balansi ishlab chiqiladi; daromad va xarajatlar jadvali tuziladi; 
korxona aktiv va passivlarining umumlashgan balansi tuziladi; korxonani asosiy 
resurslar bilan ta’minlash darajasi; narx tahlil qilinadi va baholanadi. 
Moliyaviy reja yakunida korxona moliyaviy strategiyasi keltirilib, unda 
quyidagilar ko‘rsatiladi: 

biznes-rejani amalga oshirish uchun mablag‘lar miqdori;

mablag‘larni olish muddati va manbalari;

kreditlarni qaytarish va investorlarga %larni to‘lash muddati;

korxona tasarrufida qoluvchi mablag‘lar miqdori;

olingan daromaddan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun foydalanish 
imkoniyatlari. 
Bunda mablag‘larni qaytarish muddati qo‘yilmalarning o‘zini qoplashini 
hisoblashga asoslanadi.


134 
Xulosa qismida qisqacha xulosalar: nima va qaysi usulda ishlab 
chiqariladi, mahsulotlarning o‘xshash mahsulotlardan farqi, sotuv bozorida unga 
bo‘lgan talab keltiriladi. Qisqacha xulosalarni asosiy moliyaviy natijalar 
bashorati bilan yakunlash lozim. 
 
Qisqa xulosalar 
Biznes-reja bu belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi, vaqt 
bo‘yicha bir-biriga bog‘liq va kelishilgan hamda amalga oshirish rejalangan 
tadbirkorlik harakatlari tizimidir.
Biznes-rejani ishlab chiqish ko‘p jihatli va ko‘p maqsadli jarayon bo‘lib, 
iqtisodiyot, sosiologiya va siyosatshunoslikda chuqur bilimlarga ega bo‘lishni 
talab qiladi.
 
Biznes-reja korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi uchta asosiy 
bo‘limini: bozorning marketing tadqiqoti; ishlab chiqarish va tijorat 
faoliyatining maqsad va vazifalarini asoslab berish; yakuniy natijalarni iqtisodiy 
asoslagan holda rejaning asosiy bo‘limlarini ishlab chiqishni belgilab beradi.
Marketing strategik konsepsiyasi mahsulot, sotuv joyi, mahsulotni 
bozorga olib kirish usuli, narx kabi marketing vositalarining bir nechta 
omillarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. 
Biznes-rejaning ishlab chiqarish bo‘limi eng muhim bo‘limlardan bo‘lib, 
marketing rejasi asosida tuziladi. Tashkiliy reja ishlab chiqarishning 
moslashuvchanligini ta’minlash muammolarini tashkiliy usullar yordamida hal 
qilishni ko‘zda tutadi. 
Biznes-reja bu butun lizing muddatiga tuziluvchi korxonaning istiqbolli 
rivojlanish hujjatidir. Unda xarajatlar, ularni qoplash manbalari, to‘lov balansi 
aks ettirilib, korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy 
samaradorligi baholanadi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə