O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/96
tarix10.03.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#102230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
24-Iqtisodiy tahlil va audit.-2015

Dars o’quv maqsadi. 
Dars o‟quv maqsadi bo‟lib,iqtisodiy tahlil fanining paydo 
bo‟lishi va rivojlanish tarixini hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning 
samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini bayon qilish va ularning mazmun-mohiyatini 
talabalarga o‟rgatish hisoblanadi. 
Tayanch iboralar.
Tahlil.Iqtisodiy tahlil.Balansshunoslik.Balans tahlili.Hisobot 
tahlili. Xo‟jalik faoliyatining tahlili. Ishlab chiqarish.Samaradorlik. 
Maruzani o’tish metodi. 
Maruza “Bilaman . Bilishni xohlayman . Bilib oldim “ va 
“Aqliy hujum“ metodlarini qo‟llash orqali o‟tiladi. 
Asosiy savollar 
1.1. Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo‟lishi va rivojlanich tarixi.
1.2. Iqtisodiy tahlil fanining O‟zbekistonda rivojlanishi.
1.3. Iqtisodiy tahlilning ishlab chiqarishni jadallashtirish va samaradorligini 
oshirishdagi ahamiyati.
Asosiy o’quv materiallarining qisqacha bayoni. 
 
1.1.Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi 
Iqtisodiy tahlil fani Iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Iqtisodiy tahlil fani ko‟p asrlik 
tarixga ega. Ushbu fan buxgalteriya hisobi va statistika fanlari asosida vujudga kelgan .
Buxgalteriya hisobining paydo bo‟lganiga 550 yildan, Statistikaga 350 yildan,Iqtisodiy 
tahlilga 130 yildan oshgan. Buxgalteriya hisobi bo‟yicha birinchi asar 15 asrda paydo 
bo‟lgan. Bu fikrni tasdiqlovchi hujjat bo‟lib, Vendrixt Katrulinning 1458 yilda nashr 
qilingan “Savdo va xususiy savdogar“ nomli kitobi hisoblanadi
1
. 17 asrning o‟rtalarida 
Angliyada “Siyosiy arifmetika”nomli ilmiy yo‟nalish paydo bo‟ldi,Germaniyada 
“Davlatshunoslik”maktabi rivojlandi. Siyosiy arifmetika va Davlatshunoslik asosida 
Statistika 
vujudga 
keldi
2
.1880- 
yillarda 
Rossiyada 
"Schetovodstvo" 
jurnali 
chiqaboshladi. Ushbu jurnalda tahlilning birinchi elementlari paydo bo‟ldi . Shu davrda 
«Balansshunoslik» fani yuzaga keldi. Shu fan tarkibida tahlilning bazi bir elementlari 
o‟z aksini topaboshlagan. Shu davrdan boshlab , “ Iqtisodiy tahlil" fani vujudga kelgan
deb hisoblanadi. 
Jamiyatda ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan bir qatorda moddiy nematlarni
yaratuvchilar orasida raqobat ham kuchayib borgan. . Bu jarayon esa o‟z navbatida 
korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashni, ya‟ni birinchi navbatda, moliyaviy 
barqarorligini va to‟lovga qodirligini mustahkamlashni hamda hisob-kitob ishlarining 
yaxshilanishini taqazo qila boshlaydi. Korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash va 
uni mustahkamlash uchun ko‟riladigan chora-tadbirlarni amalga oshirishda balans 
malumotlari yetarli bo‟lmasdan qoladi. Shuning uchun ham balans bilan bir qatorda 
ishlab chiqarish faoliyati natijalarini ifodalovchi hisobotlar vujudga kelaboshladi, 
1
М.Қ. Пардаев “Иқтисодий таҳлил назарияси”.Дарслик. 28 бет
.
2
Статистика.М.
:
1969.
Учебник.Коллектив авторов под руководством акад.Струмилина С.Г. Стр.6 



natijada tahlilning ko‟lami kengaya boshladi. Oqibatda «Hisobot tahlili» paydo bo‟ldi , 
ya‟ni «Foyda va zararlar» haqidagi hisobot ma‟lumotlari asosida tahlil amalga 
oshiraboshlandi.
Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o‟ziga xos tarixga va
birqancha quyidagi nomlarga ega bo‟ldi:. 
 
1.Balansshunoslik 
2.Balans talqini 
3.Balansni tahlil qilish 
4.Hisobot tahlili 
5. Iqtisodiy tahlil 
6.Xo‟jalik faoliyati tahlili 
7. Iqtisodiy tahlil 
8.Moliyaviy va boshqaruv tahlili 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə