6
savdoda chakana tovar oboroti tahlili” o‟quv qo‟llanmasi va1973 yilda “Kooperativ
savdoda foyda va rentabellik tahlili” nomli monografiyasi Moskvaning”Ekonomika”
nashriyotida chop etildi. Ushbu ishlarning chop etilishi O‟zbekistonlik olimlarning
sobiq ittifoqda tan olinganligidan dalolat beradi. Xullas,
O‟zbekistonda
iqtisodiy tahlil
maktabi shakllandi.
3 – davr - iqtisodiy tahlil maktabining yaratilishi davri.
Bu davrda Toshkentlik,
Samarqandlik va boshqa xududlik olimlar tomonidan darslik va o‟quv qo‟llanmalar,
risolalar va ko‟plagan ilmiy maqolalar yaratilaboshlandi. Bu davrga kelib, Toshkentlik
olimlardan Yo.Abdullayev, F.A.,Maxmudov, O. Ibragimov, A.T.Xasanov,
B.Shoalimov va boshqalar iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishiga
katta hissa
qo‟shdilar.Samarqandlik olimlar ham o‟z ananalarini davom ettirib, sermahsul ijod
qildilar. I.T.Abdukarimov,M.Q.Pardayev va A.A. Abdiyevlar”Xo‟jalik faoliyatining
tahlili”ga bag‟ishlangan to‟rt tomlik albom yaratdilar. I.T.Abdukarimovning 1984
yilda “Matlubot kooperasiyasi xo‟jalik faoliyatini tahlil qilish”
nomli darsligi
Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida chop etildi.Bu darslik
ittifoqdagi barcha
kooperativ institutlarga tavsiya qilindi. Bu darslik qayta
ishlanib,1989 yilda
yangidan
nashr qilindi.
4 – davr – Iqtisodiy tahlilning o’zbek tilida yozilish va vujudga kelish davri.
Bu
davrda Iqtisodiy tahlilning turli qirralariga bag‟ishlangan o‟zbek tilidagi asarlar
Toshkentlik, Samarqandlik va boshqa xududlarning iqtisodchi olimlari tomonidan
yaratila boshlandi. Bunga
misol qilib, I.T.Abdukarimov,M.Q.Pardayev va A.A.
Abdiyev va V. I.Abdukarimovlar tomonidan “Matlubot kooperasiyasi xo‟jalik
faoliyatini tahlil qilish”nomli o‟zbek tilida
chop qilingan darsligini, 1990 yilda
Samarqand qishloq xo‟jalik instituti dosenti T. Qudratovning “O‟simlikchilik va
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligining iqtisodiy-statistik tahlili”
nomli o‟quv qo‟llanmasini ko‟rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: