18
1. Bemor 25 yoshda. Yuk tashuvchi bo’lib ishlaydi. Ilgari davolanmagan.
Bemor
yilda 1-2 marotaba birdan hushidan ketadi, chinqirib yiqiladi, so’ng tonik-klonik
talvasalar kuzatiladi, bu holat amneziya bilan tugaydi.
Javob:
epilepsiya, kamdan-kam uchraydigan generalizalashgan tonik-klonik
talvasalar.
2. Generalizalashgan tonik-klonik talvasalardan so’ng
bemor hushiga kelmasdan
yana epileptik tutqanoq boshlandi, so’ng keyingisi.
Bu holat bir necha marotaba
takrorlandi.
Javob: Epileptik status.
3. Bemor 32 yoshda, epilepsiya bilan 8 yoshida kasallangan. Tonik-klonik
talvasalar kuzatiladi. Bemorning holati birdaniga o’zgarishi mumkin.
Tashqi
ko’rinishidan tajang, jahldor, nimadandir noligandek bo’lib ko’rinadi, atrofdagilar bilan
janjallashib, xujum qilishi mumkin. 1-2 kundan keyin oddiy holatga tushadi.
Javob: epilepsiya, generalizalashgan tonik-klonik talvasalar va disforiyalar bilan.
6.3Amaliy qism
Bemor shikoyatlarini, anamnestik ma’lumotlarni yig’ish; bemorni
klinik tekshiruvdan
o’tkazish; tahminiy tashhis qo’yish uchun asosiy anamnestik va klinik belgilarni
ko’rsatish; shoshilinch holatlarda yordam ko’rsatish.
Dostları ilə paylaş: