O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018



Yüklə 485,84 Kb.
səhifə57/121
tarix28.11.2023
ölçüsü485,84 Kb.
#135802
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   121
O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent fa

4-Mavzu: SHAXSNING PSIXIK BILISH
JARAYONLARI:DIQQAT,SEZGI,IDROK,XOTIRA,XAYOL, 
TAFAKKUR 
REJA : 
1.Diqqat turlari va xususiyatlari
2.Sezgi turlari , ularning inson hayotidagi o`rni va o`ziga xos xususiyatlari
3.Idrokning umumiy ta`rifi va uning fiziologik asoslari
4.Xotira turlari va uning qonuniyatlari
5.Tafakkur haqida umumiy tushuncha.
Asosiy tayanch tushunchalar 
Diqqat, 
parishonxotirlik, 
taktil 
sezgi, 
senisteziya, 
sensibilizatsiya, 
adaptatsіya,sezgi 
,idrok,konstantalik,appertsepsiya,

gallyutsinatsiya, 
illyuziya,xotira,eyditizm,amneziya,paraamneziya,hayol,tasavvur, tafakkur, analiz, 
sintez, tushuncha, hukm, xulosa chiqarish


68


Mashg„ulotni o„tkazish joyi: auditoriya
Mashg„ulotning jihozlanishi: tarqatma materiallar,texnik vositalar
Mashg„ulotning davomiyligi: 2 soat
Mashg„ulotning maqsadi: Talabalarda psixik bilish jarayonlarining: xotira, diqqat,
sezgi,idrok, tafakkur, nutk, xayol to„g„risidagi umumiy tushunchalarga ega bo„lishi,bu
jarayonlarning zanjir shaklida bosqichma-bosqich namoyon bo„lishi g„aqida tasavvurlarini
va amaliy ko„nikmalarni shakllantirish.
Kutilayotgan natija: Talabalar psixik bilish jarayonlari inson faoliyatining barcha turlarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta‟minlovchi muhim
shartlardan biri ekanligi,idrok va uning xususiyatlari,xotiraning qonuniyatlarining
talabalarning o‟z hayot yo‟lidagi o`rnini tushunib etishlari uchun ko`nikmaga ega
bo`lishlari zarur.

Mashg„ulot mazmuni:
Nazariy qism:

Diqqat to‟g‟risida tushuncha. Diqqat turlari. 
Diqqat - shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va
hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining
moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo‟ladi. Agar diqqat bo‟lmasa, odamda aniq
maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo‟lmaydi.
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo‟ljal olish imkonini beradi.
Bunday sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli
ravishda kechishini va uning sermahsul bo‟lishini ta‟minlaydi. Har qanday masalaning
va har qanday hayotiy vazifaning hal kilinishi odamdan o‟z diqqatini ana shu
masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun qilinadigan harakat usullariga
qaratishni talab qiladi.
Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi.
Uning o‟ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik faoliyatning
mustaqil turi emas, balki boshka psixik jarayonlarning uyushgan faolligidir.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va
ularni samaradorligini ta‟minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati
qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas‟uliyat hissini
taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‟yadi. Inson
ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida,
shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-
harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‟ladi.
Shuni alohida ta‟kidlab o‟tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur,
xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Diqqat barcha psixik jarayonlarda 

Yüklə 485,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə