Gen faoliyatni boshqarish



Yüklə 33,65 Kb.
səhifə1/10
tarix11.12.2023
ölçüsü33,65 Kb.
#144340
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
GEN FAOLIYATNI BOSHQARISH


GEN FAOLIYATNI BOSHQARISH


REJA:

1 Genetika fanining predmeti va vazifalari.


2 Irsiyat va o`zgaruvchanlik qonuniyatlarining ochilishi, fanning rivojlanish tarixi.
3. Biologiya fanlari tizimidagi genetikaning o`rni.

Tayanch so`z va iboralar: genetika, fanning predmeti, tadqiqot metodlari, irsiyat, o`zgaruvchanlik, zamonaviy genetika, duragaylash, sitogenetik, molekulyar genetik, ontogenetik, populyatsion – statistik, genetik injeneriya, ontogenetika, sitogenetika, genetik tahlil, mutatsion genetika, ekologik genetika, populyatsion genetika, tibbiyot genetikasi, molekulyar genetika, genetik injeneriya, biotexnologiya


Genetika fani barcha tirik organizmlarga xos bo`lgan – irsiyat, irsiylanish va o`zgaruvchanlik qonuniyatlarini kashf etadi. Bu qonuniyatlarni o`rganish uning predmeti hisoblanadi.
Irsiyat – tirik organizmning o`z belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o`tkazish, ya’ni nasldan – naslga berish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlar avlodlarining turg`unligi ta’min etiladi. Irsiyat organizmlarning o`zaro va avlodlararo o`xshashligining asosiy sababchi omilidir. Shu bilan birga irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususiyatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saqlanib qolishini ta’min etadi.
Shunday qilib, organizmlarni o`zaro o`xshashlik va qarindoshlik darajasiga qarab tur, turkum (urug`), oila kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlashning asosida irsiyat yotadi. Chunki irsiyat tufayli bu sistematik guruhlardagi organizmlarning turg`unligi, o`xshashligi bilan birga ularning o`zaro farqi ham saqlanib qoladi.
Organizm belgilarining avlodlar osha turg`unligini ta’min etish irsiyatning bir yo`nalishdagi faoliyati hisoblanadi. Uning ikkinchi yo`nalishdagi faoliyati esa organizmlar ontogenezining ma’lum turg`un tartibda kechishini, ulardagi bosqich va fazalarning ma’lum tartibda ketma – ket namoyon bo`lishini, ulardagi moddalar almashinuvining xarakterini belgilashdan iborat.
Irsiyatning turg`unligidan tashqari, uning yana bir xususiyati, ya’ni uning o`zgaruvchanligining ham mavjudligidir. Binobarin, organizmlar aksariyatining turg`unligi mutlaq emas. Ular o`zaro turg`unlik darajasi bilangina farq qiladilar. Masalan, ginkgo (Ginkgo biloba) deb atalgan va hozirgi vaqtda yashab turgan ochiq urug`li o`simliklar bo`limi, qubbalilar sinfining bu turi paleozoy erasining oxiri perm davridan buyon yashab kelmoqda va qazilma ajdodlari bilan solishtirilganda million - yillar o`tgan bo`lishiga qaramay ulardan deyarli o`zgarmay saqlanib qolganligini ko`ramiz. Xuddi shu tariqa cho`tka qanotli latimeriya balig`i (Latimeria chalumnae) ham million - yillardan buyon deyarli o`zgarishsiz Hind okeanining janubi - g`arbiy qismida yashab kelmoqda. Lekin aksariyat orga-nizm turlarida irsiyatning turg`unligi muayyan darajada nisbiy ekanligi ko`rsatilgan.

Yüklə 33,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə