Gen faoliyatni boshqarish


DNK ning segregatsiyasi. Segregatsiya



Yüklə 33,65 Kb.
səhifə8/10
tarix11.12.2023
ölçüsü33,65 Kb.
#144340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
GEN FAOLIYATNI BOSHQARISH

DNK ning segregatsiyasi. Segregatsiya deb DNK ning replikatsiyasi oqibatida sintezlanib ko`paygan yangi DNK molekulalarining yangi hosil bo`layotgan hujayralarga xromosoma tarkibida taqsimlanib o`tkazilish jarayoniga aytiladi.
Prokariot organizmlarda DNK molekulasi erkin holatda bo`lgani uchun segregatsiya jarayoni oddiy holatda kechadi. Ularda DNK molekulasining replikatsiyasi natijasida hosil bo`lib ko`paygan yangi DNK molekulalari yangi hosil bo`layotgan hujayralarga oqsillarsiz – «yalang`och» holatda taqsimlanib o`tkaziladi.
Eukariot organizmlarda esa segregatsiya jarayoni murakkab holatda namoyon bo`ladi. Ularda DNK replikatsiyasi natijasida hosil bo`lgan yangi DNK molekulalari kelgusi hujayra avlodlariga yangi hosil bo`lgan xromosomalar tarkibida taqsimlanib o`tkaziladi. Shuning uchun biz ushbu jarayonning eukariotlarda qanday kechishi haqida ma’lumot berishdan oldin ulardagi xromosomalarning kimyoviy tarkibi va molekulyar strukturasi va funktsiyasi haqida tushuncha beramiz. Xromosomalar organizmlar va ularning barcha hujayralari hayotini ta’min etuvchi quyidagi funktsiyalarni bajaradi. 1) O`zida genetik axborot kodlangan DNK molekulasini joylashtirish va saqlash funktsiyasi; 2) Boshlang`ich hujayrada replikatsiya oqibatida sintezlangan yangi DNK molekulalarini kelgusi avlod hujayralarga teng miqdorda taqsimlab o`tkazish ya’ni segregatsiya funktsiyasi; 3) Yangi avlod hujayralariga o`tkazilgan genetik axborotning realizatsiyasini (DNK replikatsiyasi, iRNK transkripsiyasi) ta’min etish funktsiyasi.
Xromosomalarning molekulyar strukturasi uning qayd etilgan funktsiyalarini bajarishga moslashgan holatda bo`ladi. Hujayralarning bo`linib ko`payib faoliyat ko`rsatish (hujayra sikli) davrida ikkita ketma-ket almashib turuvchi strukturaviy – funktsional bosqich mavjud: 1) segregatsiyaga tayyorgarlik va uni amalga oshirish, DNK larni saqlash va yangi hujayralarga o`tkazish ya’ni transport vazifasini bajarish bosqichi. Bu bosqich hujayra siklining bo`linib ko`payish davriga to`g`ri keladi; 2) xromosomalar va ularning tarkibidagi DNK molekulasining funksional faol holatda bo`lish bosqichi. Ushbu bosqich hujayra siklining interfaza davriga to`g`ri keladi.
Shunday qilib, genetik axborotning avlodlararo stabilligini ta’min etishda quyidagi ikkita jarayon hal qiluvchi ahamiyatga ega. Replikatsiyaning normal kechishi va bir - biriga va boshlang`ich DNK ga strukturasi bilan aynan o`xshash ikkita yangi DNK sintezlanadi. Hosil bo`lgan ikki hissa ko`paygan DNK segregatsiya natijasida yangi hujayra va organizmlar avlodlariga teng miqdorda taqsimlanadi.
Genetik kod. Genetik axborot realizatsiyasining ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi bo`lgan translyasiya jarayonining molekulyar mexanizmini aniqlashda genetik axborotning DNK molekulasida kodlanish qonuniyatlarining kashf etilishi katta ahamiyatga ega bo`ladi.
Yüklə 33,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə