Gen faoliyatni boshqarish



Yüklə 33,65 Kb.
səhifə3/10
tarix11.12.2023
ölçüsü33,65 Kb.
#144340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
GEN FAOLIYATNI BOSHQARISH

Irsiylanish – genetik axborotning bir avlod organizmlaridan kelgusi avlod organizmlariga uzatilishi. Bu jarayon ota–ona belgi va xususiyatlarining rivojlanishini ta’min etuvchi irsiy birlik – genlarning jinsiy hujayralar orqali kelgusi avlodlarga berilishidir. Irsiylanish jarayoni quyidagi ikki bosqich orqali amalga oshiriladi:

Irsiylanish qonuniyatlarining negizida molekulyar genetik mexanizm yotadi. Genlarning kelgusi avlodlarga berilishi quyidagi jarayonlar orqali amalga oshiriladi:


a) DNK molekulasining replikatsiyasi tufayli DNK va genlarning ko`payishi;
b) jinsiy hujayralarga ota–ona DNK lari va genlarining ikki hissa kamaygan holda o`tishi;
v) gametalarning qo`shilishidan hosil bo`lgan zigotada otalik va onalik DNK lari va ulardagi genlar jamlanib ularning soni ikki hissa ko`payib organizm turi uchun xos holatga kelishi.
Irsiylanishning ikkinchi bosqichi kelgusi avlodda ota–ona belgi va xususiyatlarining rivojlanishini ta’min etuvchi molekulyar – genetik jarayonlar quyidagilardan iborat: iRNK ning transkripsiyasi va oqsil molekulalarining biosintez (translyasiya) qilinishi. Sintezlangan oqsil molekulalari, ya’ni gen faoliyatining mahsuli o`zaro ta’sir qilgan holda, muayyan tashqi sharoitda ota–ona belgilarining yangi avlodda rivojlanishini ta’min etishi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, genetik adabiyotda “irsiyat” atamasini keng ma’noda ishlatish holati ko`proq uchraydi. Bu atama yuqorida qayd etilgan tor ma’noda ishlatiluvchi irsiyat hamda irsiylanish atamalarini o`z ichiga oladi. Shuni e’tiborga olib irsiyatga quyidagi yanada mukammalroq bo`lgan ta’rifni berish mumkin.
Irsiyat - deb organizmlarning tana tuzilishi va funktsiyasiga oid belgi va xususiyatlari bo`yicha hamda muayyan sharoitda ontogenetik rivojlanish tartibi bo`yicha irsiy o`xshashligini avlodlar osha ta’min etish xossasiga aytiladi.
Kuchli ta’sir etuvchi fizik va kimyoviy omillar ta’sirida irsiyatning turg`unligini ta’min etuvchi irsiy birlik - genlar tubdan o`zgarishi mumkin. Natijada yangi irsiy o`zgaruvchanlik – mutatsiya paydo bo`ladi. Bundan tashqari duragaylarda genlar kombinatsiyasining o`zgarishi natijasida ham irsiy o`zgaruvchanlik kelib chiqadi. SHunday qilib, irsiyat organizmlarning avlodlararo o`xshashliginigina emas, balki o`zgaruvchanlik tufayli hosil bo`lgan tafovutlarni ham saqlab qoladi. Atrof - muhit omillari ham organizm genotipining fenotipik rivojla-nishi darajasiga ta’sir ko`rsatadi. Demak, tirik organizmlar fenotipi-ning qanday bo`lishi uning genotipiga hamda ma’lum darajada sharoit omillariga ham bog`liq.
Irsiyat va o`zgaruvchanlik, buyuk olim Charlz Darvin ta’kidlaganidek, organik olam evolyutsiyasining muhim omillari hisoblanadi.

Yüklə 33,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə