Gen faoliyatni boshqarish



Yüklə 33,65 Kb.
səhifə2/10
tarix11.12.2023
ölçüsü33,65 Kb.
#144340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
GEN FAOLIYATNI BOSHQARISH

O`zgaruvchanlik - tirik organizmning tashqi va ichki omillar ta’sirida o`zgargan belgi va xususiyatlar hosil qilish xossasidir. O`zgaruvchanlik tufayli organizmlar o`z ajdodlaridan, hamda bir-birlaridan o`z belgi va xususiyatlari bilan farq qiladilar. Buning natijasida ularda xilma - xillik (polimorfizm) namoyon bo`ladi.
Irsiyat va o`zgaruvchanlik tirik organizmning bir – biriga qarama – qarshi, ammo o`zaro uzviy bog`liq bo`lgan xossalaridandir.
Genetika fani organizmlar belgi va xususiyatlarining nasldan – naslga berilishini (irsiylanishini) ta’min etuvchi gen deb ataluvchi irsiy birlik mavjudligini isbot etdi. Gen yunoncha “genos” so`zidan olingan bo`lib avlod, kelib chiqish demakdir. Organizmdagi genlar kelgusi avlodlarga jinsiy ko`payish jarayonida urug` va tuxum hujayralar orqali beriladi. Jinssiz va vegetativ ko`payishda esa, genlar keyingi avlodlarga sporalar yoki tana hujayralari orqali beriladi.
Organizmdagi barcha genlarning yig`indisi genotip deb ataladi. Genotip – gen va yunoncha typos – iz, tamg`a demakdir. Organizmlarning individual rivojlanishida hosil bo`lgan belgi, xossa, xususiyatlarining yig`indisi esa fenotip deb yuritiladi. Fenotip – yunoncha phaino – ko`rsatmoq va tip so`zlaridan tuzilgan. “Gen”, “genotip”, “fenotip” atamalari fanga 1909 - yilda daniyalik olim V.Iogansen tomonidan kiritilgan.
Molekulyar genetika dalillariga binoan gen – DNK molekulasining muayyan bir qismi bo`lib, u muayyan sifatga ega bo`lgan oqsilning sintez qilinishini ta’min etadi. Gen faoliyatining mahsuli bo`lgan oqsil esa muayyan belgining rivojlanishini ta’min etadi yoki uning rivojlanishida boshqa oqsillar bilan birga ishtirok etadi. Genlarning aksariyati xromosomalar tarkibidagi DNK molekulasida joylashgan. Xromosomalarda joylashgan genlar faoliyati orqali amalga oshadigan irsiyat xromosoma irsiyati yoki yadroviy irsiyat deb ataladi. Genlarning nisbatan kam qismi hujayradagi sitoplazmada joylashgan plastidalar, mitoxondriyalar va xromosomalar bilan bog`liq bo`lmagan boshqa elementlarda joylashgan bo`ladi. Bu organoidlardagi genlar faoliyati bilan amalga oshadigan irsiyat – sitoplazmatik irsiyat deb yuritiladi.
Organizmlarning eng muhim xususiyatlaridan biri bo`lgan irsiyatni tadqiq qilganda quyidagi ikki tushunchani – irsiyat va irsiylanishni bir - biridan farqlash kerak bo`ladi. Irsiyat – bu xossa, irsiylanish esa – jarayondir. Shu bilan birga irsiyat qonuniyatlarini irsiylanish qonuniyatlaridan ham farqlay bilish lozim. Genetik tadqiqotlar natijasida irsiylanish qonunlari hamda ulardan kelib chiqadigan irsiyat qonunlari kashf etiladi.
Mendel tadqiqotlari natijasida organizm belgi, xossa va xususiyatlarining nasldan-naslga berilishining ya’ni irsiylanishining uchta qonuni kashf etildi. Bu qonunlar quyidagilar:
  • dominantlik yoki birinchi avlod ( F1 ) duragaylarining bir xillilik qonuni;


  • ikkinchi avlod ( F2 ) duragaylarida belgilarning ajralish yoki xilma – xillik qonuni ;


  • belgilarning mustaqil taqsimlanib, turli kombinatsiyalarda irsiylanish qonuni.


Ushbu qonunlar adabiyotlarda ko`pincha Mendel qonunlari, Mendel kashf etgan irsiyat qonunlari deb yuritiladi. Yuqorida bayon etilgan mulohazalarga asoslanib bu qonunlarni irsiylanish qonunlari deb atash mantiqan to`g`ri bo`ladi. Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlaridan quyidagi irsiyat qonunlari kelib chiqadi. Bu qonunlar quyidagilar:


  • organizm belgi va xususiyatlarining irsiy asosini genlar tashkil etadi;


  • irsiyat birligi bo`lgan genlar nisbatan turg`un bo`ladi;


  • har qaysi gen turli allel (dominant va retsessiv) holatda bo`ladi;


  • tana hujayralarida genlar jinsiy hujayradagiga nisbatan ikki hissa ko`p bo`ladi.


Amerikalik olim T.Morgan gen funktsiyasi haqidagi fikrlarini rivojlantirib irsiyat xromosoma nazariyasini yaratdi. Morgan tomonidan irsiylanishning quyidagi yangi qonunlari ochilgan:

Irsiyat qonunlari negizida genlarning molekulyar genetik strukturasi (tuzilishi) va funktsiyasi haqidagi ta’limot yotadi. Molekulyar genetika yutuqlariga binoan gen DNK molekulasining muayyan bir qismi bo`lib, u ma’lum sondagi nukleotidlar ketma – ketligi tartibidan iborat. Gen DNK ning replikatsiyasi orqali ko`payadi. Gen genetik kodning birligi triplet (kodon) lardan iborat bo`lib, muayyan oqsil molekulasining sintezini ta’min etadi.


Yüklə 33,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə