O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə32/36
tarix21.05.2018
ölçüsü5,01 Mb.
#45126
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36

Karantin hududiga kirish, u orqali o'tib ketish (tranzit) viloyat fuqarolar muhofazasi rahbariyatining ruxsati bilangina amalga oshiriladi; karantin hududi orqali o'tib ketish uchun faqat o'tadigan joylar, yo'llar dezinfeksiya ishlovi o'tqazilgandan keyin ruxsat beriladi. Avtotransportlarning o'tishi guruh kolonnalari tarzida, to'xtamay katta tezlikda va avtonazorat ko'magida bajariladi. Temir yo'l transportlari ham mazkur joydan o'tayotganida, tezligini oshiradi (mabodo, odamlar va yuklar olib o'tiladigan bo'lsa, ularni har qanday tirqishi (mayda, yirik) zich qilib, berkitiladi. Karantin hududidan o'tgan barcha transportlar, zarur deb topilsa, albatta zararsizlantirish ishlovlaridan o'tqaziladi.

  • Odamlarni karantin e'lon qilingan hududdan olib chiqish tartibli ravishda tashkil etilishi shart; ayni maqsadda, ular barcha chiqariladiganlar observator deb nomlangan alohidalash xonalari, bo'limlariga (nomi aniqlangan) yuqumli dardning yashirin davri uchun belgilangan muddat o'tgunicha joylashtirilib, ko`zatuv va tahlil amallari olib boriladi. Bu yerdagi odamlar bilan tashqarida bo'lgan odamlar orasidagi bevosita aloqalarga mutlaqo chek qo'yiladi. Kasallikning o'tish davri muddatida, uning alomatlari ko'zga tashlanmasa, tahlil natijalari ijobiy bo'lgan tardirda, tashqariga tartibli ravishda ravona bo'Iishga ruxsat etiladi. Fuqarolar muhofazasining kerakli miqdordagi kuchlari va vositalari karantin e'lon qilingan hududga kiritiladi. Bu yerga kirish alohida kimsalarga juda zarur bo'lganida, ruxsat etiladi.

    Karantin e'lon qilingan hududda quyidagi amallar bajariladi:

    1. yuqumli kasalliklar shifoxonalari, suv manbalari, oziq-ovqat omborlari, oziq-ovqat ishlab chiqaradigan korxonalarni qo'riqlash;

    2. hududda komendantlik xizmatini tashkil etish;

    3. turli istiqomat qilinadigan manzilgohlardagi aholi, ularning ishlab chiqarish faoliyatini hisobga olgan holda, aholini imqoniyat boricha tarqoqlashtirish uchun aholining harakat yo'nalishlarida nazoratchilar qo'yiladi;

    1. korxonalarda epidemiyaga qarshi tartibni yaratish; ishchilar va xizmatchilarni navbatlari, ish joyi bo'yicha ajratish. Mazkur maqsadga erishish uchun ish tartibi shunday tashkil qilinadiki. unda bir joydagi odamlar boshqa joydagilar bilan bevosita mutlaqo aloqada bo'lmasliklari shart;

    2. aholi orasida o'zaro aloqaga nuqta qo'yish uchun tomosha muassasalari, o'quv dargohlari, bozorlar, auksionlar, stadion, ring, tennis kortlari faoliyatlarini to'xtatish.

    Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki. observatsiya amallari yuqumli kasalliklar tarqalganda aholi xatti-harakatlari ma'lum darajada cheklanish bilan ko'zga tashlansa, karantin jarayoni e'lon qilinganida esa, aholi o'rtasida xatti-harakatlar mutlaqo, ayniqsa, tashqi dunyo bilan bevosita aloqalar batamom to'xtatiladi.

    Maxsus tekshirishlar natijasiga ko'ra, karantinni davom ettirish yoki unga barham berish, yoxud observatsiya tartibiga o'tish masalasi hal etiladi. Dushman tomonidan qurol sifatida o'ta xavfli, yuqumli dardlar (vabo, o'lat, chin va qora chechak, toshmali tif, sariq isitma, meloidoz (Fletcher yoki Stenton kasalligi), manqa [(sap) betobligi tayoqchasiga o'xshash mikrojonzotlar tomonidan qo'zg'atiladigan manqasimon, dabdurustdan boshlanadigan, yiring hosil qilish bilan kechadigan kasallik bo'lib, asosiy belgilariga quyidagi alomatlar kiradi: tana haroratining ko'tarilishi, shiliq pardalar, terida mayda yiringli pufakchalar paydo bo'ladi va ayrim hollarda zotiljam va ich ketishi bilan kechadi)], ornitoz (tibbiy sharoitda parrandalarda uchraydigan yuqumli kasallik bo'lib, qo'zg'otuvchisi virus. Odamda uchrashi mumkin bo'lgan ornitoz xastaligining alomatlari: isitmalash va asosan o'pkalarning yallig'lanish belgilari majmuasidan iborat bo'ladi) qo'zg'atuvchilari qo'llanilganda, karantin tartibi joriy etiladi.

    Mabodo, dushman tomonidan kam yuqumli kasallik sababchilari ishlatilganda esa, karantin jarayoni observatsiya jarayoni bilan almashtiriladi. Buning uchun bakteriologik (biologik) zararlangan o'choqdagi aholi to'la-to'kis sanitar ishlovidan o'tqaziladi, inshootlarga esa, zararsizlantirish (dezinfeksiya) ishlovi ta'sir etiladi yoki o'z-o'zidan zararsizlanish amalini tavsiya qilinadi.

    Joriy epidemik sharoitdan kelib chiqqan holda, karantin yoki observatsiyali tartiblar yo o'choqning bir qismida yoki o'choqning butun qismida to'xtashi mumkin.



    Aholini to'la-to'kis sanitar ishlovidan o'tqazish.

    Ushbu amalni bajarish jarayonida uy-joy xo'jaligining barcha texnik xizmatlari: suv purkash xonasi. avtotransportga o'rnatilgan dezinfeksiyalash xonalari (kamera, DDA. hammomlar. sanitariya xonalari. suv purkagichlari) va boshqa narsadan foydalaniladi.



    5. Nomaxsus va maxsus muhofaza amallarini bajarish:
    fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan tezkor nomaxsus

    muhofaza. kasallik qo'zg'otuvchisi aniqlangunicha, keng ko'lamda ta'sir kuchiga ega bo'lgan antibiotiklar (natriyli benzilpenitsillin, ampitsillin, 3 gidratli ampitsillin, natriyli ampitsillin, natriyli oksatsillin. ampioks, unazin, korfetsillom, sefaloridin, sefazolin, natriyli sefalonin. sefuroksin, sefaklor, sefataksil, sefapirazol, seftoziddin, sefoksitin, sefpirom, iminen va boshqalar) bilan uyma-uy yurgan sanitar guruhi vaqillari tomonidan amalga oshiriladi.

    Dushman tomonidan qo'llanilgan yuqumli kasallik qo'zg'otuvchisi aniqlangach, maxsus muhofaza amalini bajarishga o'tiladi. Bu amallar zardob, vaksina (emlanadigan moddalar - o'ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan mikrojonzotlar, ularning zararsizlantirilgan zaharlaridan tayyorlangan moddalar), anatoksinlar (zahariy jihatdan forig' bakteriyalar (toksinlari) orqali bajariladi.

    6. Bemorlarni faol ravishda aniqlash:

    ayni maqsadlar, sanitar guruh vaqillari kuniga 2 marta zararlangan o'choqni uyma-uy aylanib, tana harorati ko'tarilgan odamlarni aniqlaydi. 1 ta sanitar guruhi vaqili 1500 ta odamga biriktiriladi. Ular isitmasi bor odamlarni (113-rasm) aniqlash bilan birga, ularga tezkor muhofaza vositalarini tarqatadi va tushuntirish ishlarini olib boradi. Ularning faoliyatlari samarali bo'lishi uchun aholi orasidagi faol sanitarlarga orqa qilishlari mumkin.

    Isitmalayotgan kimsa yoki yuqumli kasallikka gumon etilganlar ma'Ium bo'lgach, darrov o'zlaridagi boshliq shifokorga aytishlari lozim. Shifokor bemor oldiga borib, uni uyida ko'rib, kerakli vaziyatlarda, ularni shifoxonalarga yotqizishi va bemor istiqomat qilgan uy-joylarni dezinfeksiya muolajalaridan o'tqazishi, kiyimi, o'rin-ko'rpalarini sanitar ishloviga yuborishi shart.

    Barcha poliklinika muassasalari. bemorlarni qabul qilish jarayoniga barham berib, kunutun shu yerda yotib ishlash tartibiga (казарменное) o'tqaziladi. Har bir shifokorga sanitar guruhi biriktirilib, ularning xizmat qilish joylari belgilanadi. Sanitar guruhlari vaqillari bemorlar yoki gumon qilinganlarni uyma-uy yurib, axtarib topgach ularni poliklinika muassasalariga yuboradilar, ular u yerda to'la-to'kis sanitar ishlovidan o'tishadi.

    Poliklinikaning ro'yxatga olish xonasi boshqaruv, nazorat joyiga aylantirilib, sanitar guruhi vaqillari keltirgan ma'lumotlar asosida kasallar yoki kasallikka gumon qilinganlar uylariga shifokorlarni yo'llaydi; har bir kasallik haqida, poliklinikaning bosh shifokori va sanitar-epidemiologik muassasalariga axborot beradi.

    Faoliyatlarni ushbu tarzda amalga oshirish bemorlarni faol qatnash usulida aniqlash, ularni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish imqonini beradi. Zarur vaziyatlarda, karantin e'lon qilingan joylarda mavjud bo'lgan shifoxonalar yo'nalishlarini yuqumli kasalliklar tomon burib, kundalik faoliyatlarini mana shu yangi belgilangan sohada davom ettiradilar. Undan tashqari, yuqumli kasalliklar uchun jamoa joylarida vaqtinchalik yuqumli kasalliklar shifoxonalari ochiladi.

    7. Uy-joy maskanlari, hudud, binolar va kiyimlarni zararsizlantirish (dezinfeksiyalash).

    Yuqumli kasalliklar ma'Ium bo'lgan uy-joylarda tibbiy kuchlar tomonidan zararsizlantirish, joriy va nihoyaviy dezinfeksiyalash orqali amalga oshiriladi. Yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilarini tashqi muhitda qirish maqsadida qilingan xatti-harakatlar (dezinfeksiya) quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:



    1. mexaniq-odam tanasining tashqi qismlari va kiyimlariga o'tirib qolgan yuqumli kasallik qo'zg'otuvchilarini qoqib, supurib, artib tozalash;

    2. fizik - yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilariga ularni nobud qiladigan yuqori darajadagi harorat va bosim ta'sir ettiriladi. Ko'zda tutilgan niyatga erishish maqsadida qaynoq suv, qaynoq suv bug'i qo'llaniladi. Ifloslangan yo`zalar qaynoq suv bilan artilishi mumkin imqoniyatlari borlarini esa, kirlarni yuvgandagi kabi qaynatiladi. Kiyimlar yuqori haroratli bug' oqimida ham yo`zalar kabi tozalanishi mumkin. Suvdan tashqari, quruq qizigan havo bilan ham yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilariga qiron keltirsa bo'ladi. Bu paytda, asosan mikrojonzotlarning hayotiy (vegetativ) shakllari nobud bo'ladi.

    Kir yuvish jarayonida qo'llaniladigan vositalar - kukunlarga -pemos avtoritet, ariyel, tara lemon, mif-lyuks, paria kirsa, sovunlarga esa - odatdagi kir sovuni, turkiya kir yuvish sovuni, absolut, absomotik, uforli bulut, marmin taalluqlidir. Ishqoriy eritmalar, kir yuvish kukunlari, sovunlar kabi dezinfeksiyalash samarasini oshiradi.

    Fizikaviy usullar qatoriga quyosh yoru-g'ligining ultrabinafsha qismidan ham foydalanish mumkin. Sanab o'tilgan omillardan bo'lgan ultrabinafsha nurla-ridan jarrohlik amallarini bajarishdan oldin, jarayon davomida va undan keyin, aytarli darajadagi samara bilan foydalaniladi.

    3) sporali shakllarga ham ega bo'lgan, mikrojonzotlar ta'sirida vujudga keladigan kasalliklar borasida, dezinfeksiya amallarining samarali bo'lishi uchun y-uqorida keltirilgan fizikaviy usul-larni bosim ostida qo'llash katta naf beradi. Bunday mikrojonzotlarga sil, qoqshol, botulizm, kuydirgi qo'zg'otuvchilari kiradi. Ular ta'sirida yo`z bergan sharoitlarda, kiyimlarni dezinfeksiyalash amallari harorati +120°C, havo bosimi 1,5 atmosferaga teng bo'ladi. Mazkur sharoitlar tashkil qilingan paytlarda bosim ostida bo'lgan qaynoq bug' sporalar devoridan o'tib mikrojonzot tanasidagi hayotni yo'qqa chiqaradi.

    Misol tariqasida kuydirgi mikrojonzotini keltirish mumkin. Uning sporalari 5-10 daqiqa ichida qaynatilganda ham rivojlanish qobiliyatini saqlab qoladi.



    Quruq, harorati +120-140°C da 1-3 soat mobaynida 1 %li formalin va 10 %Ii natriy ishqori ta'sirida 2 soatdan so'ng o'ladi. Ular o'lik tanasida 7 kecha-kundo`z saqlanishi mumkin. Uning hayotiy shakli +55°C suvda 40 daqiqadan keyin, +60°C da qaynatilganda esa, 15 daqiqadan so'ng nobud bo'ladi. Kuydirgi mikrojonzotining hayotiy shaklini spora ko'rinishida o'tishi +15°C +42°C sharoitida ro'y beradi.

    3) kimyoviy usullar - turli kimyoviy moddalar yuqumli kasalliklar qo'zg'otuvchilarini nobud etish ta'siriga asoslangan bo'ladi. Bunday moddalar soni hozirgi vaqtda 50 dan ziyod bo'lib, turli kimyoviy guruhlarga kiradi. Ko'proq qo'llaniladiganlari. xlor birikmalariga taalluqlidir (34-jadval).

    1. biologik usul - emlash usuli bo'lib, uni amalga oshirish maqsadida vaksinalar yoki zararsizlantirilgan mikrojonzotlarning zahari ishlatiladi.

    2. kompleks usulda - bu shunday usulki, uni amalga oshirish jarayonida yuqorida keltirilgan usullar turli nisbatlarda va ketma-ketlikda bir vaqtning o'zida qo'llaniladi.

    Sanab o'tilgan dezinfeksiyalash usullarini 2 ta katta guruhga ajratish mumkin: 1) alohida usullarni qo'llash; 2) kompleks usullarni ishlatish.

    34 -jadval

    Dezinfeksiyalovchi eritmalar va vositalar

    Dezinfeksiyalovchi

    ishlatish usuli

    Yuqumsizlantiriladigan

    vosita nomi




    obyektlar

    Xlorli ohakning

    Sepish, chayish

    Turar joy va xizmat

    tindirilgan 0.2-




    xonalari.

    5% li eritmalari




    mebel

    Xlorli ohakning

    Sepish, chayish

    Binolarning tashqi

    tindirilgan 10-




    yo`zalari. hojatxonalar.

    20% li eritmalari




    turli joylar bo'ktirish







    (ho'llash)

    0.2-1% xloramin

    Sepish.artish,

    Turar joy va xizmat

    eritmasi

    berkitish (hollash)

    xona-lari. mebel, idish-







    tovoq, ich kiyim va o'rin







    ko"rpa oqliklari

    Kalsiy gipoxlorid

    Artish, sepish

    Turar joy xonalari.

    gidroksid




    jamoat joylarida

    to`zining (DTSGK)




    foydalanadigan

    1- 3% eritmasi




    anjomlar, yuk vagonlari.

    3% vodorod

    Artish

    Xonalarning devorlari.

    pcroksid eritmasi




    pollari. badan terisi

    Etilen oksid (metall

    500 ml/m

    Berk binolar

    ballonlarda)

    qonsentratsiyaga-







    cha purkash



    Alohida qo'llaniladigan usullarga mexaniq, fizikaviy, kimyoviy, biologik usullar kiradi, kompleks usullarga esa, mexaniq + fizik, mexaniq + kimyoviy, mexaniq + biologik, mexaniq + fizikaviy + kimyoviy, mexaniq + fizikaviy + kimyoviy + biologik usullar taalluqlidir. Albatta, kompleks dezinfeksiyalash usulining samarasi aytarli darajada yuqori bo'Iishi mumkin, chunki mikrojonzotlar tanasiga bir vaqtning o'zida, turli omillarning ta'sir qilishi, ular tanasidagi moddalar almashinuvi jarayonlarini osongina izdan chiqaradi.

    Hududlarni, imoratlar, binolar, aholi kiyimlarini zararsizlantirish amallari, kommunal-texnik xizmati xodimlari tomonidan olib boriladi. Ular faoliyatlari esa, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining nazorat ostiga olinadi.


    8.Dezinseksiya va deratizatsiya.
    Dezinseksiya - hasharotlarni, deratizatsiya esa kemiruvchilarni nobud qilishni anglatadi. Har ikkala usulning foydali tomonlari shundan iboratki, ular dezinfeksiyalash jarayonining samarasini oshirishda asqotadi.

    Dezinseksiya jarayonini amalga oshirish usullariga quyidagi amallar kiradi:

    1) mexaniq - qopqonlar ishlatib, tayoq yordamida urib o'ldirish; supurib tashlash;

    2)_fizikaviy_- yuqori harorat ta'sirida qirish. Bu maqsadlarda oddiy qiziydigan lampochkalardan ham foydalanish mumkin. Misol tariqasida, qizigan elektr lamopochkalari atrofida o'ralashib qolgan hasharotlar borib qizigan lampochkaga urilib, kuyib nobud bo'lishini ko'rsatish mumkin.

    3) kimyoviy usulda turli-tuman hasharotlarga kimyoviy moddalarning salbiy ta'siri ko`zatiladi. Bunday moddalarga hozirgi paytlarda aptekalar va bozor peshtaxtalarida reklama qilinib sotilayotgan bir qator moddalar - vositalar (dust - 0,15 %li, menong dust - 0,15 %li, yuqori samarali insektitsid, fenaksin, intavir, xlorofos, pushok, antienton, garant, butoks - 75, tayfun, raptor, girdoksin, trogam, gamma va boshqalar shu jumladan «Saidusmon sovuni» yoki «ESES» majmuasi va «Muksid» kiradi.

    «Saidusmon sovuni» yoki ESES vositasi bit, kanalar, pashshalar, chumolilarga qiron keltiradi. U kukun yoki qirindi ko'rinishidagi sariqroq yoki och jigarrang quruqroq modda bo'lib, qaynoq suvda eriganida ko'pikli sharoitni vujudga keltiradi. Unda ishqoriy xususiyatlar kuchliroq namoyon bo'ladi. Odatda, quruq holda polietilen haltachalarda ishlab chiqariladi. Davlat ro'yxatiga kiritilgan: tajribadan o'tgan - 1 17/4-33 21.02.1996-y; ruxsat etilgan - 110/205. 29.04.1997-y.(114-rasm).

    «Saidusmon sovuni» yoki ESES vositasini qo'llash usuli oddiy bo'lib, unchalik mahoratni talab qilmaydi, ammo tavsiyadagi amallami sinchkovlik bilan bajarish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, polietilen haltacha ochilgach, uning ichidagi mahsulot kichik, hajmi 100 ml bo'lgan idishda, qaynoq suvda yaxshilab eritilib, ko'pirtiriladi. So'ngra ho'llangan boshga 1 odam uchun 10 ml hisobida choy qoshiqda olinib, ezib surtiladi va boshga polietilen haltasi kiyiladi. Dimlash jarayoni 5-8 daqiqa atrofida bo'lib, vaqt o'tgach, haltacha olinadi va bosh qaynoq (kuydirmaydigan darajada +55-60°C atrofida) suv bilan yaxshilab yuviladi. Keyin, sochlar mayda tish 1 i taroq (xaql orasida «sirka taroq» nomi bilan mashhur) bilan avaylab, bir necha marta taraladi. Quyida «Saidusmon sovuni», ESES vositasi va mayda tishli taroqlar rasmi keltirilgan. Ushbu vosita «Ona va farzand» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yaratilgan.

    Dezinseksiyalash jarayonini biologik usullar yordamida amalga oshirish quyidagicha bo'Iishi mumkin. Buning uchun hasharotxo'r qushlar qo'llaniladi. Masalan, ayni maqsadlarda keyingi 10 yil ichida O'zbekiston Respublikasida Afg'onistondan 1400 ta chug'urchiqsimon ola qushlar keltirilib, ulardan ayni maqsad yo'lida foydalanishga katta umidlar bog'langan edi. Endilikda esa, bu qushlarning qishloq xo'jalik ekinlari va mevalarga o'tqazayotgan salbiy ta'siri ko'pchilikni tashvishga solmoqda. chunki ular yiliga 5 marta bolalab, har bir nar va moda yiliga 15 ta avlod qoldiradi. Bular esa o'z navbatida mavjud ozuqaviy narsalarga hujum uyushtiradi. Shu boisdan, dezinseksiyalash amallari orasida biologik usulga ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshish talab qilinadi.

    Deratizatsiya - kalamushlar, sichqonlar va boshqa kemiruvchilarni qirish uchun yuqorida eslatib o'tilgan mexaniq, fizikaviy, kimyoviy va hatto biologik usullardan foydalansa bo'ladi. Ayni maqsadda ularni ushlash uchun qopqonlar, zaharlab o'ldirish uchun esa, margumush birikmalaridan foydalanish mumkin. Bularga «Zookumarin», «Effekt ideal» lar kiradi. Ularni qo'llash unchalik qiyinchiliklarni tug'dirmaydi. Masalan, zookumarin vositasini ishlatish uchun, undan 1 qoshiq miqdorida olib, 2-3 qoshiq bug'doy doni bilan yaxshilab aralashtiriladi va kichik idishlarga solib, kemiruvchilar kirib-chiqadigan teshiklarga, yuradigan yo'llari bo'ylab qo'yiladi. Kemiruvchilar zaharlangan bug'doy donlarini tamaddi qilgach, 30-50 daqiqalarda bo'shashib, o'lib qolaveradi.

    Biologik usullar yordamida kemiruvchilardan qutulish uchun mushuk, it, mangusta yoki kalamushning o'zidan ham foydalanish mumkin. Kalamushlarning o'zini ayni maqsad yo'lida qo'llash ham arzon, ham samarali bo'ladi. Niyatni amalga oshirish kala-mushni ushlashdan boshlanadi. Qo'lga tushgan kalamush devorlari kemi-rish jarayoniga bardosh bera oladigan idishga taxminan 1 hafta muddat-ga solib qo'yiladi. Bu vaqt ichida kalamushga biron-bir ovqatli mahsulot berilmay, faqat suv ichishi mumkin. Mazkur muddat ichida kalamush obdan ochiqadi. Endi uni ajdod-lari yoniga qo'yib yuborsa ham bo'ladi. Qorni ochgan kalamush duch kelgan boshqa kala-

    mushga yopishib, uni zum o'tmasdanoq yeb qo'yadi. Go'shtga o'rganib qolgan kalamush o'z turkumidagi kemiruvchilarga tinchlik bermaydi va ularga qiron keltira boshlaydi. O'rmonzorlarga joylashgan aholi turar joylarida kalamushlarni qirish uchun sichqonsimon kemiruvchilardan ham foydalansa bo'ladi. Uning gavdasi kalamushnikidan kichikroq bo'lsa-da, kuniga tanasining vazniga 2-3-4 marta katta kemiruvchilarni yeb qo'yadi.

    Denzinfeksiya va deratizatsiya amallarini bajarish, ayniqsa dushman tomonidan bakteriologik (biologik) vositalarni turli xildagi hasharotlar, kanalar, kandala (odamlar qoni bilan ovqatlanadigan kanasifat hasharot) va kemiruvchilar orqali tarqatilganida asqotishi mumkin.

    9. Oziq-ovqatlarni va suvni zararsizlantirish.

    Oziq ovqatlarni va suvni zararsiz holga keltirish masalalari bilan savdo qilish ovqatlanish va muhandislik xizmatlari shug'ullanadi. Oziq-ovqatlar va suvni beziyon ko'rinishga olib kelish va sanitar tekshiruvlarini (ekspertiza) fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati amalga oshiradi.



    10. Sanitar-oqartuv ishlari.

    Keng ko'lamdagi sanitar-oqartuv yumushlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot vositalarining barcha turlaridan (radio.

    televideniya, ro'znomalar, ilmiy-ommaviy adabiyotlar, internet tizimlari va h.k.) unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

    Ayni maqsadda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati mahalliy hokimiyat tizimi bilan o`zviy aloqada bo'lib, sanitar-oqartuv ishlari rejalarini to`zishi kerak. Buning uchun «Salomatlik» instituti imqoniyatlaridan foydalanishning nafi katta bo'ladi. Ushbu jarayonga hamma aloqador (sanitar-epidemiologik va h.k. matbuot aksionerlik jamiyati, o'quv muassasalari jalb qilinishi mumkin. Maqola va ma'ro`zalar, byulleten, varaqalar, videofilm tushirilgan kassetalar, slaydlar orqali tarqatilishi mumkin. Bu ma'lumotlarda beriladigan tavsiyalar aholi tomonidan bajarilishi kerak. Masalan, «Gripp» mavzusiga bag'ishlangan varaqdagi tavsiyalar: grippning oldini olish va davolash masalalarini qisqa va lo'nda qilib borishi lozim.

    Tavsiyalar orasida aholining u yoki bu yuqumli kasalliklar paydo bo'lgan vaqtdagi xatti-harakati, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bandlari aniq ko'rsatilishi zarur. Undan tashqari, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati yuqumli kasalliklardan o'lgan odamlar jasadlarini yuvish va ko'mish jarayonlarini nazorat qilishi kerak.

    Dushman tomonidan ommaviy qirg'in bakteriologik (biologik) qurolni ishlatilganini, yuqumli dardlarning vujudga kelishiga qarab ham bilish mumkin. Buning uchun bitta o'ta yuqumli xastalik bilan og'rigan kishi aniqlanadi. Ayrim hollarda, shuning o'zi ham tegishli epidemiyaga qarshi, chora-tadbirlarni ko'rishga asos bo'ladi. Yana bir narsaga e'tiborni qaratish lozim: u ham bo'lsa, «Kimyoviy trevoga»ning kechiqib e'lon qilinishidir. Bunday voqealarning yo`z berishi, yuqumli kasalliklarni nomaxsus oldini olish va odamlarga to'liq sanitar ishlovini ko'rsatish vaqt jihatidan orqaga suriladi. Natijada, kutilgandan ham bisyor miqdordagi odamlar yuqumli dardlarga duchor bo'ladi.

    Bakteriologik nazoratning asosiy vazifasi vujudga kelgan o'choq sarhadlarini aniqlashdan iborat bo'ladi. Qolgan tadbirlar ro'yxati va amalga oshirilish tartibi xuddi dushman bakteriologik (biologik) vositalarni ishlatganidagi kabi amalga oshiriladi.

    Yuqorida aytilgan barcha tadbirlar, bakteriologik zararlangan o'choqni uyalash va unga barham berishga qaratilgan bo'lib, kompleks holda bajarilishi lozim. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun faqat fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati kuchlari yetarli bo'lmaydi. Shu boisdan, jarayonga fuqarolar muhofazasiga qarashli, barcha boshqa yo'nalishda amallarni bajaruvchi kuchlar ham jalb qilinishi zarur. Bularga quyidagi xizmatchilar kiradi:

    1) jamoat tartibini saqlash; 2) o't o'chiruvchilik; 3) muhandislik; 4) savdo qilish va ovqatlanish; 5) uy-joy (kommunal)-texnik; 6) transportlar; 7) aloqa; 8) hayvonlar va o'simliklarni himoyalash.


    1. Jamoat tartibini saqlash xizmati zararlangan o'choqni uyalaydi, nazorat o'tqazish joyini tashkil etib, to'siq va tartibga solish guruhlarini ishga solib, karantin e'lon qilingan hududda komendantlik xizmatiga oid bo'lgan navbatchilik va oziq-ovqat inshootlarini, yuqumli kasalliklar shifoxonasini, karantin e'lon qilingan hudud chegaralarini qo'riqlaydi. Bu joyni uyalash maqsadida, fuqarolar muhofazasining harbiy qismlarining quruqlik va suvdagi qo'shinlarini jalb qilish mumkin.

    2. O't o'chirish va uy-joy-texnik xizmatlarining vazifalari bir xil bo'lib, ular quyidagilardan iborat bo'ladi: texnikani ajratib. bakteriologik (biologik) o'choqda dezinfeksiya ishlarida va bu yerdagi odamlarga to'la-to'kis sanitar ishlovini berish amallarida ishtirok etishadi.

    3. Muhandislik xizmati nazorat o'tqazish joyidagi qo'riqlash (o'rov) va tartibga solish, qabul-o'tqazish joylari, ushbu nazorat joyi va karantin e'lon qilingan hudud joyini aylanib o'tuvchi yo'llarni jihozlab, qo'shimcha suv manbalarini izlab, jihozlar bilan ta'minlab. suvni zararsizlantiradi.

    4. Savdo qilish va ovqatlanish xizmati, odamlar va fuqarolar muhofazasi tuzilmalarini suv, oziq-ovqat hamda dastlabki zarur mahsulotlar bilan ta'minlaydi. Buning uchun nazorat o'tqazish joyida qabul-o'tqazish joyini tashkil qilib, uning ishini yo'lga soladi. Tibbiy xizmat nazoratida, u oziq-ovqat mahsulotlarini (xomashyolarni) va oziq-ovqatlarni zararsizlantiradi. Bo`zilgan, ya'ni tanovul uchun ishlatib bo'lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini kerakli joylarga tarqatadi yoki yo'q qilib yuboradi. Bunday amallarni bajarish uchun asos tariqasida, sanitar tekshirish (ekspertiza) xulosasi olinadi.

    O'zining omborxonalari va xonalarini zararsizlantiradi.

    1. Turar joylarni texnik nuqtayi nazardan ta'minlaydi va nazorat qilib boradi.

    2. Transport xizmati fuqarolar muhofazasiga tegishli kuchlar va vositalarni bakteriologik zararlangan o'choqqa olib keladi. Keltirilgan kuchlar va vositalar zarar topgan o'choqni uyalaydi va unga barham beradi. Karantin tartibidagi hudud ichkarisida, yuklarni tashish amallarini bajaradi.

    3. Aloqa xizmati aholini bakteriologik (biologik) hujum haqida ogohlantiradi, fuqarolar muhofazasi boshlig'i va uning rahbariyati

    (shtabi)ni qo'li ostidagi xizmatlar boshlig'i va yuqorida o'tirgan rahbariyat bilan bog'lanishini tashkil qiladi. Undan tashqari, fuqarolar muhofazasi rahbariyati bilan birgalikda nazorat o'tqazish joyi hamda zararlangan o'choqda faoliyat ko'rsatayotgan muassasalar va tuzilmalar orasidagi aloqani ham uyushtiradi.

    8. Hayvonlar va o'simliklarni himoya qilish xizmati.

    Fuqarolar muhofazasi tizimida aholini himoya qilishni tashkil etish bilan birga, qishloq xo'jalik hayvonlari, chorvachilik mahsulotlari va o'simliklarni ham himoyalash chora-tadbirlari ko'riladi. Bu vazifani ular tibbiy xizmatning shaxsiy tarkibi bilan hamjihatlikda amalga oshiradi. Ayni maqsadda, u o'z kuchi va vositalarini ishga solib, quyidagi vazifalarni bajaradi:

    1) bakteriologik (biologik) nazorat-ko`zatuvini amalga oshiradi. Ish


    jarayonida bakteriologik (biologik) vositalarni aniqlaydi;

    2) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga zarur hollarda,


    dezinfeksiyalovchi va tezkor muhofaza vositalarini ajratadi;

    3) kasal bo'lgan hayvonlarni aniqlaydi;



    1. kasal bo'lgan hayvonlarni alohidalaydi va ularga sanitar ishlovini beradi hamda davolash ishlarini olib boradi;

    2. hayvonot va o'simlik olamidan olinadigan mahsulotlarni, yem va suvning zararlanganligi ustidan nazorat tahlillarini o'tkazadi;

    3. hayvonlar orasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan, epidemiyaga qarshi yo'naltirilgan tadbirlarni tashkil qiladi va agrotexnik chora-tadbirlarni o'tqazadi. Buning uchun o'simliklar, yomg'ir hosil qiluvchi uskunalardan foydalanib, obdan yuviladi - cho'miltiriladi, zararlangan ekinzorlarchuqurligi 50-70 sm qilib qayta haydaladi.

    Fuqarolar muhofazasining barcha xizmatlari bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi tufayli bakteriologik (biologik) zararlangan o'choqda mo'ljallangan yumushlarning tezda bajarilishi va samarali bo'lishiga erishish mumkin.

    BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) ZARARLANGAN O'CHOQDA EPIDEMIYAGA QARSHI TUZILMALAR FAOLIYATINI TASHKIL QILISH

    Shahar va tuman fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshliqlari tomonidan zararlangan o'zi xizmat qilayotgan o'choqda harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhlar (HEQG) va maxsus, epidemiyaga qarshi kichik guruhlar (MEQKG) bajaradigan faoliyatlar boshqariladi. Bu tuzilmalar quyidagi amallarni bajarishlari haqida ko*rsatmalar oladilar:

    1) qaysi hududlar va miqdori qancha bo'lgan aholi orasida


    epidemiyaga qarshi faoliyatni tashkil etish;

    1. qaysi inshootlar yoki aholi manzilgohlarini alohida nazorat ostiga olish zarur;

    2. qaysi tuzilmalar va shifo muassasalari bilan hamjihatlik qilish va qaysi masalalar bo'yicha, ular bilan muloqotda bo'lish;

    3. faoliyatini amalga oshirish joyi va muddati;

    4. bildirgichlarni berish tartibi va muddati.

    Epidemiyaga qarshi tuzilmalarni boshqarish jarayonida zamonaviy aloqa vositalari (ratsiya, telefon, uyali telefon, harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhlar bilan radio) yordamida amalga oshiriladi.

    Harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh va maxsus epidemiyaga qarshi kichik guruh, aytilgan joylarga yetib borishlari bilanoq, fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati boshlig'i bilan aloqani o'rnatadi va ushbu rahbar qo'li ostida kerakli amallarni ado etadi. Undan tashqari, ular boshqa hamjihatlik bilan ishlaydigan tuzilmalar yoki muassasalar bilan aloqani yo'lga qo'yib, joylashuvga hozirlik ko'radilar. O'rnashish jarayonida, asosiy e'tiborni, bakteriologik tahlilxonani tezlikda ishga tushirishga shaylash, keyinchalik esa, harakatdagi va maxsus epidemiyaga qarshi guruh va kichik guruhlarning boshqa bo'limlarini ochishga qaratiladi.

    Mazkur tuzilmalarning mutaxassislari shifo muassasalariga va dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhiga barcha zarur deb topilgan, epidemiyaga qarshi masalalarni aniqlash va to'g'ri amalga oshirish masalalari bo'yicha maslahat beradilar.

    Harakatdagi va maxsus, epidemiyaga qarshi guruh va kichik guruh quyidagi faoliyatlarni bajaradi:



    1. tahlilxona uchun atrof-muhitdagi inshootlardan olinadigan tekshiruv natijalarini olish va ularni yetkazib kelish tartibini belgilash;

    2. hudud, imoratlar, kiyimlar, oziq-ovqatlar va ichimlik suvini zararsizlantirishni nazorat qilish;

    3) aholiga to'la-to'kis sanitar ishlovini berishni nazorat qilish;

    1. epidemiyaga qarshi tartibli sharoitda yuqumli dardlar, vaqtinchalik yuqumli kasallik shifoxonalarining faoliyatlarini to'g'ri amalga oshirilishini tekshirish;

    2. zararlangan oziq-ovqat va suvning sanitar nazoratini o'tqazish (ekspertiza).

    Bakteriologik ko`zatuv, dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatish guruhi va shifo muassasalariga kelayotgan zararlangan odamlar soni, ularning tashxisi, shifo muassasalari amalga oshirilayotgan, epidemiyaga qarshi yuqumli kasalliklarning oldini olish haqidagi ma'lumotlar zudlik bilan harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhga (maxsus, epidemiyaga qarshi kichik guruh) yetib borishi kerak. Amalga oshirilayotgan faoliyatlar bo'yicha, harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsus epidemiyaga qarshi kichik guruh) boshlig'i fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati rahbariga axborot beradi, chunki u ushbu rahbar qo'li ostida ishlaydi. Barcha mo'ljallangan faoliyatlar nihoyasiga borib taqalgach. ularni tashkil etgan muassasalar boshliqlariga ma'lumot beriladi.

    Mustaqil joyda (poliklinikaviy muassasa huquqidagi) faoliyat ko'rsatilayotganda, dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining majburiyatlari:



    1. harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh)ga o'choqda olib boriladigan epidemiologik tekshirishni amalga oshirishda ko'makdosh bo'lishi zarur;

    2. harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) talablariga binoan, atrof-muhitdagi inshootlardan namunalar olish lozim;

    3. bemorlar va ular bilan aloqada bo'lgan shaxslarni aniqlash jarayonida, faol qatnashish va bemorlarni alohidalash hamda shifoxonaga yotqizish;

    4. uy-joy o'choqlarini dezinfeksiya qilishni amalga oshirish;

    5. sanitar-oqartuv ishlarini tashkil qilish va zarur bo'lgan amallarni bajarish.

    Vaqtinchalik yuqumli kasallikka chalingan bemorlar uchun shifoxonani ochish paytida, dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi yuqorida keltirilgan 5 banddan iborat amallar qatoriga 6-sini qo'shadi: yuqumli kasalligi mavjud bemorlarni hisobga olish va ularni davolash.

    Maxsus deb hisoblanadigan tuzilmalarga (harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh va maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) quyidagi vazifalar yuklatiladi:



    1. dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhiga uslubiy yordamni tashkil etish va amalga oshirish jarayonida ko'maklashish;

    2. dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhini dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya vositalari bilan ta'minlash;

    1. dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhiga kelib tushayotgan bemorlarga to'la-to'kis sanitar ishlovini o'tqazish;

    2. o'zining bakteriologik tahlilxonasida bemorlarning ajratuv va boshqa mahsulotlarini tekshirish;

    3. dastlabki yordam ko'rsatish guruhini maxsus emlash vositalari (zardoblar, vaksinalar, anatoksinlar, bakteriofaglar) bilan ta'minlash;

    Shunday qilib, bakteriologik zararlangan o'choqda tibbiy tuzilmalar faoliyati, tuman fuqarolar tibbiy xizmati va uning rahbariyati (shtabi) bilan o`zviy hamkorlikda amalga oshiriladi. Undan tashqari, harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) savdo qilish va ovqatlanish xizmatiga katta yordamni, zararlanganlikka shubha ostiga olingan oziq-ovqatlarni zararsizlantirilgandan keyin tekshirib berish va aholi tomonidan oziq-ovqatlarni tanovul qilinishi mumkinligi haqidagi tekshiruv natijalarini berib, amalga oshiradi.

    Harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) mutlaqo tanovul qilib bo'lmaydigan oziq-ovqatlarni tashish, yo'qotilishini va aholi hamda fuqarolar muhofazasi tuzilmalarini ovqatlanishi va suv bilan ta'minlanishiga tegishli omborxonalar, do'qonlar, jamoa ovqatlanish korxonalari faoliyatini nazorat qiladi.

    Bakteriologik (biologik) vositalar bilan zararlangan o'choqda harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhni (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) hayvonlar va o'simliklarni himoyalash xizmatini, ayniqsa, patofitologik va veterinariya tahlilxonalari bilan o'zaro hamjihatligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday hamjihatlik negizida hayvonlar va o'simliklar himoyasi xizmati faoliyati qo'llaniladigan narsalar va usullar, atrof-muhit inshootlaridan namunalarni olish, ularni tahlilxonalarga yetkazish, tekshirish, qo'llaniladigan asboblar, kimyoviy vositalar (reaktiv va h.k.), harakatdagi epidemiyaga qarshi guruh (maxsuslashtirilgan epidemiyaga qarshi kichik guruh) va sanitar epidemiologik muassasasidagi kabi omillar yotadi. Bunday sharoitda amallar ikki qayta bajarilmasdan, ular atrof-muhitdan, ayniqsa, dalalar, fermalar, parrandachilik fermasi va qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlovchi va qaytadan ishlovchi korxonalardan olinadigan namunalarning bir qismi (harakatdagi epidemiyaga qarshi kichik guruh) sanitar epidemiologik muassasalarida emas, balki hayvonlar va o'simliklarni himoya qilish xizmati tahlilxonasida tekshirish imqoniyatlarini beradi.

    Tibbiy xizmat rahbari va har bir tuzilmalar, muassasalar boshlig'i qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishi bo'yicha shaxsan javob beradi lar.


    OZIQ-OVQATLAR VA ICHIMLIK SUVINI HIMOYALASH VA SANITAR TEKSHIRUVDAN (EKSPERTIZA) O'TQAZISHNI TASHKIL QILISH
    Dushman tomonidan yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollarning qo'llanilishi tufayli oziq-ovqatlar va ichimlik suvining zararlanishi odamlarni shikastlovchi sabablarga aylanishi mumkin.

    Oziq-ovqat va suv ichiga radiofaol moddalarning kirish chuqurligi, ularni saqlash usuli, idishlarning ahvoli va mahsulotlar turiga bog'liq. Masalan, radiofaol moddalar, ochiq, berkitilmagan holatda yotgan donlar ichiga 3 sm gacha, un, maydalangan don mahsuloti - yormalar, shakar ichiga 0,5-1,0 sm atrofida kiradi.

    Himoyalanmagan suyuq mahsulotlar (sut, o'simlik moylari) va ichimlik suvi ichiga radiofaol moddalar tagigacha kiradi. Hududlarning katta ko'lamdagi qismlarining yuqori darajadagi, chidamli zaharlovchi moddalar bilan zararlanishi oziq-ovqatlar va suv manbalarining zararlanishiga olib keladi, natijada odamlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo'ladi.

    Zaharlovchi moddalar ichimlik suvini va oziq-ovqatlarni tomchi-suyuq, aerozol va bug' ko'rinishlarida zararlashi mumkin. Oziq-ovqatlar mahsulotlari zahirasi va ichimlik suvining zararlanishi, qora niyat bilan (диверсия) qilingan bo'Iishi ham mumkin. Oziq-ovqatlar zaharlovchi moddalarning bug'i va aerozollarini o'tqazib yuboradigan idishlarda saqlansa, u holda bunday oziq-ovqatlar bilan zaharlanish ehtimoli yuqori darajada bo'ladi.

    Zaharlovchi moddalar oziq-ovqatlar tomonidan yaxshigina so'riladi va oziq-ovqatlar tarkibida o`zoq vaqt saqlanishi mumkin. Ayniqsa, katta xavf tug'diruvchi, zaharlovchi moddalar (VX, iprit) alohida e'tiborga ega, chunki ular oziq-ovqatlarda bir necha kecha-kundo`z va hatto haftalar mobaynida saqlanib, oziq-ovqatlarning xavfli zararlanishiga olib keladi. Zaharlovchi moddalar turli mahsulot ichiga, turli chuqurlikkacha kiradi. Masalan, zaharlovchi mqddalar, tomchi-suyuq holida oziq-ovqat mahsulotlari ichiga 2 sm dan tortib, idishning tagigacha so'rilishi, singishi mumkin. Zaharlovchi moddalar eng kam miqdorda kiradigan mahsulotlarga sabzavotlar (2 sm) kirsa, eng ko'p kirishi mumkin bo'lganlarga esa, shakar va to`zlar kiradi (35-jadval)


    Yüklə 5,01 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə