O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə30/36
tarix21.05.2018
ölçüsü5,01 Mb.
#45126
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36

Aholi zichligi. Aholining zich yashashi oqibatida bir-biriga juda yaqin bog`lanish mavjudligi zarrachalari havodan o`tadigan infeksiyalar paydo bo`lishi va tarqalishi xavfini oshiradi. Mavjud sanitariya xizmatlari aholi zichligi to`satdan ortib ketishiga ko`pincha bardosh berolmay qoladi.

  • Aholining ko`chib yurishi. Aholining eng xavfsiz zonaga o`tishi ko`chirilgan aholi o`rtasida ham, mahalliy aholi o`rtasida ham infeksiya tarqalishiga olib kelishi mumkin.

  • Mavjud kommunikasiya tarmoqlarining ishdan chiqishi. Ofat vaqtida mavjud kommunikasiya tizimlari ko`pincha shikastlanib qoladi. Suv ta`minoti, kanalizasiya, elektr ta`minoti tizimlari eng nozik tizimlar hisoblanadi.

  • Jamiyat sog`liqni saqlash dasturlari bajarilishining to`xtab qolishi. Ofat sodir bo`lganidan keyin, odatda, xodimlar va ijtimoiy jamg`armalar ofat oqibatlarini bartaraf etishga kirishadilar. Biroq, belgilangan rejaga muvofiq jamiyatni sog`lomlashtirish Davlat dasturi uzluksiz qo`llab-quvvatlab turilmas ekan, etarli muhofaza qilinmagan aholi o`rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalish darajasi tobora ortib ketishi mumkin.

    Ofat yuz bergandan so`ng eng ko`p tarqaladigan kasalliklar yuqorida ko`rsatilgan uch omil bilan bog`liq ichak infeksiyalaridir. Infeksiya tashuvchilar tarqatadigan hamda kasallikning oldini olish uchun vaksinasiya qilingan aholi, infeksiyalar tarqatadigan kasalliklarning uzoq davom etadigan oqibatlarini to`rtinchi omil-jamiyat sog`liqni saqlash dasturlari bajarilishining to`xtab qolishi ham keltirib chiqarishi mumkin.

    Infeksiyalar tarqatadigan eng tipik manba- bu ichimlik suv, ovqat mahsulotlari, ho`l meva va sabzavotlardir. Infeksiya tashuvchilar- pashsha, chivin, burgalar kasalliklar tarqatishda juda katta rol o`ynaydi. Kemiruvchilar ( kalamush va sichqonlar) ham yuqumli kasalliklar tarqatish manbalari hisoblanadi. Ofat yuz berishi natijasida aholining ko`chirilishi qaysi bir joyda odamlar haddan tashqari ko`payib ketishi, suv, ovqat etishmay qolishi hamda hayot kechirish sharoiti yomonlashib ketishiga olib kelishi mumkin. Ilgarilari bunday vaziyatlar oqibatida kasallanish va o`lim darajasi ortib, odamlar sihat- salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan to`rtta asosiy muammo ko`ndalang bo`lar edi. Ular:

    -Yuqumli (emlanganlar soni ancha kam bo`ladigan qizamiq singari) kasalliklar tarqalishi;

    - O`tkir ichak infeksiyasi ( ichburug`, botkin kasalligi, salmonellyoz, ich terlama, vabo) tarqalishi;

    - O`tkir respirator kasalliklar, gripp tarqalishi;

    - mahalliy xususiyatlar bilan bog`liq kasalliklar tarqalishi;

    - oziq ovqat tanqisligi, kam ovqatlik.

    Bu omillar ayniqsa bolalarga ko`proq ta`sir etadi. Quyidagi tadbirlar bunday vaziyatga tushmaslik hamda kasallanish va o`lim darajasini yuqori bo`lishi oldini olish imkonini beradi:



    Salomatlik

    muammolari

    Kasalliklar oldini olish choralari

    Qizamiq

    6 oydan 15 gacha yoshdagi hamma bolalarni immunizasiya qilish va A vitaminini taqsimlash

    O`tkir respirator infeksiyalar

    Issiq yashirinish joyi, yashab turishga etarli loy, issiq kiyim, ko`rpa, oddiy respirator infeksiyalarni davolaydigan dori darmonlar

    Diareya, vabo, ichburug`

    Toza suv va normal sanitariya sharoiti hamda shaxsiy gigieyna qoidalariga rioya qilish

    Kam ovqatlik

    Oqilona tanlangan ovqatlanish rasioni va oziq-ovqatni taqsimlashning yo`lga qo`yilgan tizimi

    FVda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish dasturlarida jabrlanganlarning salomatligi ularni sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash, shaxsiy va ijtimoiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, to`g`ri obqatlanish hamda boshpana berish o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri bog`liqlik bo`lishi kerak. Suv, ovqat etarli bo`lishi hamda boshpana borligi ko`p xastaliklar oldini olishga yordam beradi. Suv insonning hamma asosiy ehtiyojlaridan eng muhim hayotiy omil hisoblanadi. U ichish ovqat pishirishgagina emas, balki gigiyena maqsadlarida ham ishlatiladi. FVda ko`pincha suv etishmaydi. Suv ta`minotining cheklanganligi salomatlikka, xotirjamlikka ta`sir etadi hamda ichak va teri kasalliklari ko`payib ketishiga olib keladi.

    Muayyan makon va zamon chegaralarida aholi yuqumli kasallik qo`zg`atuvchilaridan zaharlanib, kasallik epidemiyaga aylanib ketgan hudud falokat joyidagi epidemiya o`chog`I hisoblanadi. Bu chegaralar epidemiya o`chog`ining uchta elementi tavsifi bilan belgilanadi. Bular:



    1. Yuqumli kasallika chalinganlar va ularning qo`zg`atuvchilarini tarqatish ehtimoli borligi

    2. Yuqish xavfi nuqtai nazaridan baho beriladigan sog`-salomat aholi va gospitalga yotqizish ehtiyoji bor shikastlanganlar.

    3. Odamlarga kasal yuqtirish xavfi bor tashqi muhit.

    Epidemiya o`chog`ining vaqtinchalik chegaralarini aniqlashda kasal tashuvchilar borligini hisobga olish kerak.

    Aholi orasida yuqumli kasalliklar ommaviy paydo bo`lishi sababli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda kasallik tarqalishiga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan rejimli cheklash choralari ko`riladi. Favqulodda vaziyatning ko`lami va kasallik turi qandayligiga qarab, kuzatish (observasiya) yoki karantin ana shunday choralardan bo`lishi mumkin.

    Kuzatish vaqtidagi tadbirlar cheklash xususiyatli bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi: favqulodda vaziyat yuzaga kelgan aholi punktidan chiqish, unga kirish va transit tarzida o`tishni cheklash; bunday joydagi aholining falokat o`chog`idan tashqaridagi aholi bilan uchrashishlarini cheklash.

    Karantin rejimi bulardan jiddiyroq. Bunday rejim yuqish xususiyati juda yuqori bo`lgan o`ta xavfli kasalliklar ( o`lat, tabiiy chechak, vabo) paydo bo`lganida belgilanadi. Karantin rejimi hududdan asosiy chiqish joylarini qurolli soqchilar qo`yib, aylanasi bo`ylab qurshab, falokat o`chog`ini batamom ajratib qo`yishni ko`zda tutadi

    Bu cheklash choralarining amal qilishi eng so`nggi kasal kishi topilgan vaqtdan boshlab, kasallikning inkubasiya davri davom etishi vaqtiga teng muddat o`tganda tamom bo`ladi.



    Observasiya yoki karantin zonasida qolgan aholi ularning oldiga qo`yilgan hamma talablarni

    Qatiyan bajarishi hamda vahimaga tushmasligi kerak. Bu ayniqsa vaqtinchalik kelib qolgan kishilarga tegishlidir. Rejim zonasidan shoshilinch chiqib ketish zarur bo`lib qolganida ular inkubasiya davri mobaynida izolyatorga qo`yilib, nazorat ostida bo`lganlaridan keyin zonadan tashqariga chiqishlari uchun ruxsat berilishi mumkin.

    Yuqumli kasalliklarni bartaraf etish va epidemiya avj olib ketishini tugatish choralari kompleksida muhim rol o`ynaydigan tadbirlardan biri dezinfeksiya bo`ladi. Dezinfeksiya ob`ektlaridagi va tashqi muhitning turli qatlamlaridagi yuqumli kasalliklarning qo`zg`atuvchilarini yo`q qilish uchun o`tkaziladi.

    Mexanik usul- bu kir yuvish, qo`llarni, badanni yuvish, polni supurish va yuvish, chang artish. Bunda odatdagi kir bilan birga kasallik qo`zg`atuvchilari ham olib tashlanadi.

    Fizik usul- bu suvda qaynatish, bug`latish va uy sharoitida tez-tez qo`llanadigan dazmollashdir. Bu usulda qo`zg`atuvchilar muayyan ekspozisiyada yuqori temperaturada yo`q qilinadi, chunki qo`zg`atuvchilarning yuqori haroratga chidamligi har xil bo`ladi. Masalan, gepatitga chalingan kasallarning idishlari va ich kiyimlarini kamida 45 daqiqa qaynatish kerak.

    Kimyoviy usul- turli kimyoviy moddalarning kasallik qo`zg`atuvchilarini qirib tashlash xususiyatiga asoslangan. Xlorli preparatlar- xlorli ohak, xloramin, kalsiy gipoxlorid tuzi, lizol – dezinfeksiya ishlarida eng ko`p qo`llanadigan kimyoviy moddalardandir.

    Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari majmuida turli yuqumli kasalliklar qo`zg`atuvchilarini odamlar yuqtirmaydigan bo`lishlari uchun vaksinasiya o`tkaziladi. Buning uchun murakkab, sermehnat va qimmatbaho usullarda tayyorlanadigan vaksina, zardob va antitoksinlardan foydalaniladi. Emlash sabablari mamlakatimizda tabiiy chechak, poliomielit va boshqa kasalliklar tugatib yuborganligi vaksinasiyaning samaradorligini ko`rsatadi.

    Quyidagi bo`limlardan iborat sanitary-epidemiologik razvedka halokat joylaridagi epidemic sharoitga baho berishning asosiy usuli hisoblanadi:


    • Epidemiologic ko`rsatkichlarga binoan kasallanish dinamikasini va strukturasini tahlil qilish;

    • Ofat joylarida qolgan, ko`chirib olib borilgan joylardagi aholi o`rtasidagi epidemic sharoitga aniqlik kiritish;

    • Kasallarni, shikastlangan va sog`lom kishilarning sog`-salomatligini so`rab surishtirish va tekshirib ko`rish;

    • Tashqi muhitni ko`z tashlab, shuningdek laboratoriyada tekshirish;

    • Ishlab chiqarishbinolari, suv taminoti va kanalizasiya tizimlari vayron bo`lishi natijasida ofat o`chog`idagi sanitariya-gigiyena va epidemiologic sharoitning yomonlashuvini, atrof muhit ifloslanishini battar qilayotgan xalq xo`jaligi obektlari (XXO) ni aniqlash va tekshirib chiqish;

    • Tibbiyot va veterinariya xodimlaridan, mahalliy aholidan so`rab bilish;

    • Aholi punktlari, suv taminoti manbalari, communal va oziq-ovqat obektlari va boshqalarini ko`rib chiqish;

    • To`plangan ma`lumotlarni tahlil qilish va ishlash hamda aynan shu yuqumli shakldagi epidemiya turi haqidagi mavjud materiallarga muvofiq sabab-oqibatning o`zaro bog`liqligini aniqlash.

    Tabiiy ofat va halokat zonalaridagi epidemiya o`choqlarining tavsifi qandayligiga qarab, yuqumli kasalliklar o`chog`ida aholi orasidagi talafotlar mikroorganizmlar tomchili-havo yo`li bilan organizmga bevosita tutishi, organizmga suv va ovqat mahsulotlaridan yuqishidan ham paydo bo`ladi.

    Talofatlar qancha bo`lishi sanitariya-gigiyena choralari, shuningdek epidemiyaga qarshi tadbirlar majmui o`z vaqtida va qanchalik to`liq o`tkazilishiga bog`liq. Odamlarning bir-biri bilan uchrashuvlari ko`p bo`lgandagi aerogen yuqishlarda sanitariya talofatlarining qanchaligi aholining shoshilinch profilaktika hamda muhofaza vositalari bilan necha foiz ta`minlahganiga bog`liq bo`ladi. Bu malumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.



    Infeksiya aerogen yo`l bilan o`tgandagi taxminiy sanitariya talafotlari

    Aholining muhofaza vositalaridan foydalanish foizi

    Shoshilinch muhofaza vositalaridan foydalangan aholi foizi

    0

    10

    20

    30

    40

    50

    60

    70

    80

    90

    100

    0

    65,0

    65,0

    65,0

    65,0

    65,0

    65,0

    65,0

    65,0

    65,0

    65,0

    65,0

    58,5

    53,9

    49,4

    44,8

    40,3

    36,7

    31,2

    26,6

    22,1

    17,5

    13,0

    10

    60,0

    60,0

    60,0

    60,0

    60,0

    60,0

    60,0

    60,0

    60,0

    60,0

    60,0

    54,0

    49,8

    45,6

    41,4

    37,2

    33,0

    28,8

    24,6

    20,4

    16,2

    12,0

    20

    55,0

    55,0

    55,0

    55,0

    55,0

    55,0

    55,0

    55,0

    55,0

    55,0

    55,0

    49,5

    45,6

    41,8

    37,6

    34,1

    30,2

    26,4

    22,5

    18,7

    14,8

    11,0

    30

    50,0

    50,0

    50,0

    50,0

    50,0

    50,0

    50,0

    50,0

    50,0

    50,0

    50,0

    45,0

    41,5

    38,0

    34,5

    31,0

    27,9

    24,0

    20,5

    17,0

    13,5

    10,0

    40

    45,0

    45,0

    45,0

    45,0

    45,0

    45,0

    45,0

    45,0

    45,0

    45,0

    45,0

    40,5

    37,3

    34,2

    31,0

    27,9

    24,7

    21,6

    18,4

    15,3

    12,1

    9,0

    50

    40,0

    40,0

    40,0

    40,0

    40,0

    40,0

    40,0

    40,0

    40,0

    40,0

    40,0

    36,0

    33,2

    30,2

    27,6

    24,8

    22,0

    19,2

    16,4

    13,6

    10,8

    8,0

    60

    35,0

    35,0

    35,0

    35,0

    35,0

    35,0

    35,0

    35,0

    35,0

    35,0

    35,0

    31,5

    29,0

    26,6

    24,1

    21,7

    19,2

    16,8

    14,3

    11,9

    9,4

    7,0

    70

    30,0

    30,0

    30,0

    30,0

    30,0

    30,0

    30,0

    30,0

    30,0

    30,0

    30,0

    27,0

    24,9

    22,8

    20,7

    18,6

    16,5

    14,4

    12,3

    10,2

    8,1

    6,0

    80

    25,0

    25,0

    25,0

    25,0

    25,0

    25,0

    25,0

    25,0

    25,0

    25,0

    25,0




    22,5


    20,7

    19,0

    17,2

    15,5

    13,7

    12,0

    10,2

    8,5

    6,7

    5,0

    90

    20,0

    20,0

    20,0

    20,0

    20,0

    20,0

    20,0

    20,0

    20,0

    20,0

    20,0

    18,0

    16,6

    15,2

    13,8

    12,4

    11,0

    9,6

    8,2

    6,8

    5,4

    4,0

    IZOH: Suratda -kasal yuqqanlar foizi; maxrajda-aholi umumiy sonidan kasallanganlar foizi.

    Operativ hisoblashlarda tabiiy ofat va halokat joylarida aholi o`rtasidagi talafotlarni quyidagi formuladan topilsa bo`ladi:

    Stq KxIxBxXxE, bunda:



    St-sanitariya talafotlari (kishi hisobida);

    K- kasallar yuqqanlar soni (uchrashganlarni ham qo`shib);

    I-kontagiozlik indeksi;

    B- xos bo`lmagan muhofaza koeffisienti;

    X- xos muhofaza koeffisienti (immunitetlik koeffisienti)

    E- shoshilinch muhofaza koeffisienti (antibiotiklar bilan muhofazalanganlik)

    K”- miqdori epidemiya o`chog`I infeksiya shakliga bog`liq tarzda aniqlanadi. Kontagioz infeksiyalarda ofat zonasidagi aholi umumiy sonining 50% ga, kamkontagioz infeksiyalarda esa 10-20% ga kasallik yuqadi, deb qabul qilinadi.



    Yüklə 5,01 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə