O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati


-rasm. Yurakni bevosita massaj qilish



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə27/36
tarix21.05.2018
ölçüsü5,01 Mb.
#45126
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36

98-rasm. Yurakni bevosita massaj qilish.

99-rasm. «Og'izdan og'izga» va «og'izdan burunga» sun'iy nafas oldirish: a - havopuflab kiritishdan oldin bosh, film to'g'ri tntib, butun teshiklarini berkitish va iyakni ushlab turish; og'izdan-og'izga nafas oldirish; b - yordam ko'rsatadigan odam yolg'iz bo'lsa. ana shunday navbat bilan sun "\y nafas oldiradi va yurakni massaj qiladi.

Yurakni ezg'ilab uqalash katta kishilar uchun har minutda 60-65 marta, yosh bolalarda (10-12 yoshlarda) esa, bir qo'l bilan har minutda 70-80 marta amalga oshiriladi. Chaqaloq va 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda to'sh suyagining pastki qismiga bir qo'lning ikki barmog'i bilan bosib, ko'krak qafasi o'sha qo'lning kafti bilan eziladi. Bu paytda qo'l harakatlari minutiga 100-110 marta bo'Iishi kerak. Yurakni bilvosita uqalashni shifokor kelguncha davom ettirish zarur.

Bemorda klinik o'lim boshlangan bo'lsa, yurak to'xtashi bilan nafas jarayoni ham to'xtab qolishi mumkin. Bunday holatlarda fursatni qo'ldan boy bermay, yurakni bilvosita uqalash bilan birga, bemorga sun'iy nafas oldirish shart. Buning uchun «og'izdan og'izga» yoki «og'izdan burunga» usullaridan foydalaniladi. Nafas oldirish har daqiqada 14-18 ga teng bo'Iishi kerak. Yurakning ishlab ketganligini uyqu arteriyasining tebranishidan bilish mumkin. Mabodo, uyqu

100-rasm. Yordam ko'rsatadiganlar ikki kishi bo'lsa, ana shunday sun'iy nafas oldiriladi va yurak massaj qilinadi.

Yordam beruvchilar 2 kishi bo'lsa, ulardan biri har safar «og'izdan og'izga» yoki «og'izdan burunga» nafas berganida 2-si esa ko'krak qafasini 5 marta qisishi lozim (100-rasm).

Sun'iy nafas oldirilib, yurakni uqalayotgarida uyqu arteriyasi tebranishiga, ko'z qorachig'ining torayishiga, terining qizarishiga e'tibor berish lozim, chunki ular harkatlarining ijobiyligidan darak beradi.

OSHQOZONNI YUVISH


Mabodo biron-bir zahardan yoki ovqatlanish natijasida qayd qilish, qusish yo`zaga kelib chiqqan bo'lsa u holda tanani ushbu zararli moddalardan halos qilish usullaridan biri bo'lmish oshqozonni yuvish muolajasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Ayni maqsadda, quyidagi narsalar kerak bo'ladi:

1) bemor oldi ifloslanmasligi uchun o`zun, suv yuqtirmaydigan


lungi (fartuk);

  1. hajmi 5 litr atrofida bo'lgan chovgun;

  2. qaynatilib, iliq holga keltirilgan suv;

  3. suvdagi 1% li osh to`zi yoki osh sodasining eritmasi;

  4. tos;

  5. oshqozonga tushiriladigan rezinkali nay;

  6. voronka;

suv qaytib tushgach to'qilgan yuvindisi sachragan joyni artish uchun pol latta;

  1. pol lattani ushlagichi (shvabra);

  2. supurgi;

10) xokandoz;

11) oshqozon yuvilganidan so'ng yo`z, og'iz atroflarini artish


uchun sochiq;

  1. soat;

  2. hajmi 0.5 litrli kosa, cho'mich;

14) yumshoq santimetrli tasma;
15)cho'tka;

16)sovun;



  1. vazelin yoki terini yumshatuvchi moy-upa (krem);

  2. stul;

  3. oyoqlar ostiga rezinkali gilamcha;

Me'dani yuvish paytida diametri 10-12 mm (teshigining diametri 8 mm gacha) bo'lgan o`zun oshqozon rezinkali naydan foydalaniladi. Uning devorlarining qalinligi 1 -2 mm bo'lib zichligi qattiqdek seziladi.

Bunday zondning bir uchi kengroq bo'lib, 2-uchida esa, yon tomonlarida 2 ta teshikchalar bo'ladi. Zondga shisha yoki plastmassadan tayyorlangan voronka kiygiziladi. Uning me'daga kiritiladigan uchiga glitserin, iliq holdagi qizdirilgan o'simlik moyi yoki toza vazelin surtiladi. Nayni me'daga kiritish jarayoni quyidagi amallar majmuasidan iborat:



  1. bemor stulga o'tqaziladi;

  2. boshini salgina oldinga egiladi;

  3. tibbiyot xodimi bemorning o'ng tomonida turadi;

  4. u o'ng qo'li yordamida nayni og'iz bo'shlig'iga, undan so'ng esa xaqlumning oxirigacha kiritadi;

  5. bemorga chuqur-chuqur nafas olish buyurilib, reflektor yoki yutish usullaridan foydalanib nay qizilo'ngach bo'ylab harakatga kelitiriladi.

  6. qizilo'ngach bo'ylab naydagi to 40 sm deb yozilgan o'lchamga kelgunicha qizilo'ngach bo'ylab, nayni kiritish davom ettiriladi;

  7. nayning me'da bo'shlig'iga tushganligi yengil pastga tushib ketganlik sezgisi orqali bilinadi.

Me'dani yuvish 2 bosqichdan o'tadi:

1) voronka bemor og'zidan yuqoriga qiya ko'tariladi.

2) keyin nayni chap qo'l bilan ushlab turib, uning uchiga voronka
kiydiriladi;

3) voronkani bemorning tizzasi balandligigacha pastga tushiriladi;

4) shu holda turgan voronkaga 1 litrgacha yuvish uchun olingan
iliq holdagi suyuqlik solinadi;


  1. voronkani qiyalab ushlab, sekin-asta tepaga ko'tariladi;

  2. yuvish suyuqligi me'da ichiga kiradi;

7) yuvish suyuqligi voronkaning bo'yin qismigacha me'daga
kirgach, uni bemorning tizzasini balandligigacha pasaytiriladi;

  1. pastga tushiriladigan voronkaning lagan qismi yuqoriga qaragan bo'Iishi lozim;

  2. voronkaning lagan qismi me'dadan chiqqan yuvindi bilan to'lgach, uni chelakka ag'dariladi yoki maxsus o'lchagichli idishga to'qiladi;



  1. voronka lagani qaytadan yuvish suyuqligi bilan to'ldiriladi;

  2. jarayon 2-3 marta qaytariladi;

Bolalar me'dasini yuvish maqsadida amalda diametri 6-8 mm bo'lgan bolalar rezinka nayidan foydalaniladi. Bolalar uchun nayning o`zunligi 50-60 sm bo-lib. uning uchiga kiydiriladigan voronka hajmi 100-200 ml atrotida bo'ladi. Bolalarning me'dasi yuvilayotgan paytda bola kichik hamshira qo'lida o'tiradi. Kichik hamshira bolaning boshini to'g'ri ushlab turadi. Nay oldindan qaynatiladi. So'ngra yuvish suyuqligi (sterillangan suv yoki osh sodasining eritmasi) bilan to'ldiriladi. Rezinkali nay qisqich yordamida qisiladi. Nay tezlikda bola og'ziga kiritilib xaqlumning orqa devoriga olib borilib tezda qizilo'ngach orqali kiritiladi. Bolalarning og'iz teshigidan to me'daning kirish teshigigacha bo'lgan masofani aniqlash maqsadida quyidagi formuladan foydalanish mumkin: (x=0,2; x-bola tanasining o`zunligi, sm) + 6,3 . Nay uchi me'da ichiga kirgach, naydagi qisqich olinib bolaning me'dasi bo'shlig'iga 60-200 ml yuvish suvi kiritiladi keyin voronka tezda pastlatiladi. Shu paytda sifon qonuniga ko'ra me'da ichidagi yuvindi suyuqligi tashqariga chiqadi. Bunday harakatlar 2-3 marta qaytariladi.

ICHNI SURUVCHI HUQNALAR


Bunday huqnalar to'g'ri ichakning me'yordan tashqari holatiga tashxis qo'yish yoki davolash uchun har xil suyuqliklarni yuborish maqsadida qo'llaniladi. Davolash huqnalari 2 turli bo'ladi:

1) tchni bo'shatish maqsadida suyuqlik yuboriladi;

2) ichakka suyuqlik tarkibida mahalliy va so'rilish ta'siriga ega
bo'lgan vositani kiritiladi.

Birinchi turdagi huqnaga ichakni tozalovchi, yumshatuvchi va yuvuvchi 2-siga esa dorili - tomchilab yuboriladigan va oziqlantiruvchi huqnalar taalluqlidir. Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish jarayonida ko'pincha ichakni yuvadigan huqnalar qo'llaniladi.

Ichakni tozalash huqnalari quyidagi holatlarda ishlatiladi:


  1. har xil sabablarga ko'ra ich qotganida;

  2. ichki va tashqi zaharlanish paytlarida;

3) jarrohlik muolajasidan, ko'z yorishidan, qorin bo'shlig'i va
kichik tos a'zolarini rentgenologik tahlilidan oldin, dorilarni tomchi
va oziqlantiruvchi huqnalar orqali yuborishdan avval.

Huqnaning mexaniq ta'siri, suyuqlik miqdori, bosimi va kiritish tezligiga, bemorning holatiga, tanasining qay holdaligiga bog'liq bo'ladi. Katta yoshdagi kishilarga 1 litr (750-2000 ml) suv olinadi.

Idish qanchalik yuqori ko'tarilsa yuboriladigan suyuqlik bosimi ham shunchalik baland bo'ladi. Odatda huqna qilishda harorati tana haroratiga teng yoki iliq (37-39°) suv olinadi.

Ichni suruvchi huqnalar (moyli va gipertonik) ko'p suyuqlik yuborish orqali qilingan huqnalar foydasiz bo'lgan paytlarda amalga oshiriladi.

Moyli huqna spastik ich qotishida va yo'g'on ichak yallig'langanida tavsiya qilinadi. Odatda o'simlik moyi (kungaboqar, kunjut, paxta moyi va tibbiy vazelin) qo'llaniladi. Moyni ichakka yuborish uchun rezinkali nokcha yoki 100-200 ml hajmli Jane bosqichidan (shpris) foydalaniladi. Buning uchun nokchaga yoki bosqichga rezinkali boshcha kiydiriladi. Moy sekinlik bilan yuboriladi. Gipertonik huqnada 10% osh to`zi yoki 20-30% oltingugurt to`zi eritmasi ishlatiladi.

Mabodo tozalovchi huqnalar naf bermasa, sifonli huqna amalga oshiriladi. Uni quyidagi holatlarda qo'llaniladi:



  1. ichakdan narsa o'tmaganida;

  2. ovqatdan yoki boshqa sababli zaharlanishda;

  3. ichakdan havoni chiqarish va davolash maqsadida;

4) yo'g'on ichakning pastki qismini yuvishda (masalan,
rektoromanoskopiyada).

Sifonli huqna uchun sterillangan, o`zunligi 1,5 m, diametri 1,5 sm bo'lgan uchiga 0,5 1 suyuqlik sig'adigan voronka kiydiriladi. Rezinkali naycha 5-8 I dezinfeksiyalovchi suyuqlik (kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi) yoki harorati 38° gacha bo'lgan qaynatilgan suv va to'kish uchun paqir tayyorlanadi hamda suyuqlik solingan idish qo'yiladi. To'g'ri ichakka kirgiziladigan rezinali naychaning uchiga yaxshilab vazelin surtib, ichakning ichiga 20-30 sm chuqurlikka kiritiladi. Voronka bemor tanasidan sal pastroqda egilgan holatda ushlab turiladi. Shundan so'ng asta-sekin voronka suyuqlik bilan to'ldirilib tana ustidan yuqoriga 0,5 m gacha ko'tariladi. Huqna uchun qo'llanilayotgan suyuqlik sathi voronkaning bo'g'zigacha tushganida uni pastga tushiriladi. Biroz vaqt o'tgach voronka ichida havo pufakchalari, so'ng najas parchalari paydo bo'lib, voronkadagi illatlar tosga to'qiladi va u yana suv bilan qaytadan to'ldiriladi. Jarayon bir necha marta qaytariladi.

Dorili tomchilab qilinadigan va oziqlantiruvchi huqna odatda tozalovchi huqnaning ta'siridan keyin (20-30 daqiqa o'tgach) amalga oshiriladi.

To'g'ri ichakka asosan mahalliy (yallig'lanishga, siquvlarga, parazitlarga va b.) yoki umumiy ta'sirga ega bo'lgan dorilarni yuborishda dorili huqnalardan foydalaniladi.

KATETERIZATSIYA- PESHOB PUFAGINI BO'SHATISH
Kateterlash yumshoq rezinali elastik va metalldan hamda plastmassadan tayyorlangan bo'Iishi mumkin.

Metall va rezinali kateterlarni qaynatib. elastiklarini esa, formalin bug'i yordamida mikrojonzotlardan tozalanadi.

Kateterni erkaklarga qo'yish xotin-qizlarga qo'yishga nisbatan qiyinroq bo'ladi, chunki ularni peshob chiqarish naychasi 20-25 sm bo'lib, ikki joyidan odatda qisilgan bo'ladi. Bunday sharoitda kateterning o'tishi qiyinlashadi.

Kateterni qo'yishda aseptika qoidalariga qat'iy rioya qilish tavsiya qilinadi. Buning uchun qo'llarni yaxshilab sovun bilan yuvish, keyin spirt va yod critmasi bilan artish kerak. Jinsiy a'zolar bor kislotasining eritmasiga shimdirilgan paxta, bint bilan artiladi. Vazelin moyi yoki glitserin surtilgan kateter pinset (qisqich) yoxud sterillangan doka bilan ushlanib peshob chiqarish yo'liga - naychasiga sekin-asta kiritiladi. Agar kateter qovuqqa to'g'ri tushsa peshob ajraladi. Metall kateterlarni faqat shifokor yoki OMX qo'llashi mumkin.

SHIKASTL1 ZAHARLANISHLAR (TOKSIKOZ)DA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO'RSATISH


  1. jarohat joyiga sterillangan bog'lam qo'yiladi;

  2. bosilib qolgan joydan yuqoriroqqa jgut qo'yiladi;

  3. jarohat joyiga sovuq qilinadi;

4) shikastlangan qo'1-oyoqlar sinmagan taqdirda ham
taxtakachlanadi;

5) jarohat yetganga issiq choy, kahva, какао 2-4 gr (kecha-


kundo`zi), 20-40 g gacha osh sodasining eritmasi ichiriladi:

  1. ko'proq suyuqlik beriladi;

  2. lat yegan joy tinchlantiriladi.

Sovuq urgandagi birinchi tibbiy yordam amallari

  1. issiq binoga olib kirish;

  2. issiq suvli vannaga tushirish;

3) issiq choy, hahva, какао ichirish;

4) sovuq urgan joylarini etil spirti, atir bilan artish, toza qo'llar


bilan uqalash.

Oftob urgandagi yoki issiq elitgandagi birinchi tibbiy yordam muolajalari:

  1. bemorni soya joyga ko'chirish;

  2. boshini balandroq qilib o'tqazish;

  3. orqasi bilan suyanchiqqa yotqizish;

  4. boshi va yurak sohalariga sovuq qo'yish;

  5. novshadil spirtini hidlatish;

  6. ko'proq qatiq, choy ichirish;

  7. kerak bo'lsa sun'iy nafas oldirish va yurak sohasini uqalash; Is gazi urganida qilinadigan chora-tadbirlar:



  1. bemorni toza havoga ko'chirish;

  2. novshadil spirtini hidlatish;

  3. ko'krak sohasini uqalash;

  4. ko'rpaga o'rash;

  5. tanani tashqaridan isitish;

  6. achchiq, qaynoq shirin choy, qahva. какао berish;

  7. qatiq ichirish.

Yadroviy zararlangan o'choqda dastlabki shifokor yordamini tashkil etish.

Shikastlanganlarga dastlabki shifokor yordami dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi, zarar topgan o'choqda qolgan davolash-muhofaza muassasalari va fuqarolar muhofazasining harbiy qismlaridagi tibbiy bo'limlar tomonidan amalga oshiriladi.

Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining shikastlangan o'choqqa jo'natilishi shahar tumanidagi fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'ining buyrug'iga ko'ra ado etiladi. Buyruqda jo'natilishning boshlanish vaqti, dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhining o'rni, harakat yo'nalishi zararlangan o'choqning qayerida tashkil etilishi, ish boshlash joyiga yetib kelish vaqti, qaysi inshootlardan dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi shikastlanganlarni qabul qilishi hamda shikastlanganlarni tashqaridagi joyga ko'chirish yo'llari o'z ifodasini topadi.

Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish guruhi yo'lga tushishni bitta harakat guruhi bilan boshlab harakat xavfsizligi va qo'yilgan vazifalarni bajarishni ta'minlovchi eng katta tezlikda yurishni amalga oshiradi. Odatda DTYKGning tezligi kundo`z kunlari soatiga 30-40 km. kechalari esa 25-30 km ni tashkil qiladi.

Harakat qilish uchun ko'rsatma olgan DTYKGning boshlig'i haritalar bo'yicha harkatlanish yo'nalishini o'rganadi va harakat qilish chog'ida bajariladigan vazifalarni aniqlaydi. Bu paytda u quyidagilarga e'tiborini qaratadi:


  1. harakat qilishning xususiyatlari;

  2. DTYKGning harakat qilish tartibini to`zish;

  3. avtotransportlarning harakat tezligi va ular orasidagi o`zoqlik (distansiya);

  4. ishlash joyiga yetib kelish vaqti;

  5. kolonnada o'zining va muovinining joyi;

6) belgilar, ularni namoyon qilish tartibi, ular bo'yicha harakat qilish.
Undan tashqari DTYKGning boshlig'i har bir avtotransportdagi

nazoratchilar va guruh sardorlarini tayinlaydi. Avtotransportlar bir-birini quvib o'tishi man etiladi. Zararlangan joy qismlari aylanib yoki zudlik bilan kesib o'tiladi. Radiofaol zararlangan joyni o'tish oldidan DTYKGning boshlig'i ko'rsatmasiga binoan shaxsiy tarkib shaxsiy doridondagi birinchi sonli radiofaol himoya vositasini qabul qiladi va nafas olish a'zolarini himoyalovchi shaxsiy vositalarini kiyadi. Avtotransportlarning tezligi va ular orasidagi masofa o`zayadi. Kimyoviy va bakteriologik shikastlangan joylar odatga ko'ra aylanib o'tiladi. Radiofaol zararlangan joyni o'tib bo'lingach zarur hollarda DTYKGning boshlig'i ko'rsatmasiga binoan qisman sanitar ishlov o'tqaziladi. Qish oylarida yurish amallari bajarilsa, u holda yuqorida aytib o'tilgan amallardan tashqari shaxsiy tarkibni sovuq urib ketmaslik choralari ko'rilishi kerak.

DTYKG harakati yo'lida va shikastlangan o'choqda tibbiy nazorat-josuslikni amalga oshirish niyatida tarkibdan tashqari tibbiy nazorat guruhi tashkil etiladi. Uning tarkibi quyidagicha bo'lishi mumkin:

1 ta shifokor va 2 ta tibbiyot xodimlari. Ushbu guruh avtotransport va radiatsiyaviy hamda kimyoviy nazoratlarni amalga oshirish maqsadida qo'llaniladigan asboblar bilan ta'minlanadi. Guruh vazifalari quyidagilardan iborat:

1) harakat yo'nalishidagi va ehtimoliy faoliyat boshlanadigan
joydagi ionlovchi nurlanish dozasi quvvatini aniqlash;

2) mazkur tumanda DTYKG uchun joy tanlash;



  1. qutqaruv ishlari olib borilayotgan joylardan shikastlanganlarni DTYKG ga olib keladigan yo'nalishni belgilash;

  2. tibbiyot nazorati guruhi aloqa vositalari bilan ta'minlanmaydi. Shu sababli ko'ra oldida turgan vazifalarni bajargan guruh

DTYKGga yoki uni dastlabki DTYKGning boshlig'i aniqlab bergan manzilda kutib olish va olingan natijalarni unga yetkazadi. DTYKG boshlig'i nazorat guruhi keltirgan ma'lumotlar asosida o'zgartirishlar kiritishi mumkin bo'lgan guruh bilan birga nazoratchilar taklif etgan joyga qarab yo'l oladi. Ko'rsatilgan joyga yetib kelgach DTYKGning boshlig'i joyni har taraflama ko'rib chiqadi va DTYKGning faol qismlari bo'limlarini joylashtirish tarkibi haqida qaror qabul qiladi.

Joylashish yerini tanlash chog'ida tibbiy nazorat guruhi quyidagi talablarga asoslanib ish ko'radi:



  1. DTYKG radiofaol moddalar bilan zararlanmagan joylarda yoki ionlovchi nurlanish dozasining quvvati 0,5 rentgendan oshmagan yerlarda o'z faoliyatini tashkil qilishi mumkin.

  2. DTYKG shahar qurilmalari kuchsiz vayron bo'lgan joylarda (ortiqcha bosimi 10-20 kPa o'choqdan tashqarida) chodirlarga ega bo'lmay, saqlanib qolgan imoratlar va qurilmalarda joylashadi. Imqoniyat mavjud hollarda, ushbu maqsadda saqlanib qolgan -davolash muassasalari va ular yaqinidagi binolardan foydalaniladi;

  3. joylashish maskani qutqaruv ishlari olib borilayotgan inshootlardan shikaslanganlarni ko'chirish yo'nalishi bo'yicha bo'lishi kerak. Imqoniyat bor joylarda DTYKG suv manbalariga yaqin bo'lgani yaxshi. Ammo bu talab asosiylar qatoriga kirmaydi.

DTYKGni joylashtirish vaqtida shaxsiy tarkib va shikastlanganlarni dushman tomonidan qayta qo'llaniladigan shmmaviy qirg'in qurollari (OQQ) ta'siridan himoya qilish tadbirlarini oldindan ko'ra bilishi talab qilinadi.

DTYKGga quyidagi vazifalar yuklatiladi:



  1. shahardan tashqarida DTYKG joylashgan maskanda harakat yo'nalishi va zararlangan o'choqda tibbiy nazoratni olib borish;

  2. shikastlanganlarga qisman sanitar ishlovini berish va ularning kiyimlari va poyabzallarini qisman dezaktivatsiya qilish;

  3. shikastlanganlarni qabul qilish va ularni tibbiy jihatdan saralash;

  4. shikastlanganlarga dastlabki shifokor va imqoniyat mavjud hollarda hayot-mamot masalasi hal etilayotgan vaqtda kechiktirib bo'lmaydigan jarrohlik amalini bajarish;

  5. o'zi yura olmaydigan og'ir bemorlarni vaqtinchalik shifoxonaga yotqizish;

  6. yuqumli kasalliklar bilan og'rigan asabi keskinlashgan kishilami vaqtinchalik alohidalash;

  1. shikastlanganlarni shahar tashqarisidagi joylarga davolash-muhofaza muassasalariga ko'chirish maqsadida tayyorlash;

  2. oddiy tahlil izlanishlari va dozimetrik nazoratni amalga oshirish;

  3. DTYKG belgilagan inshootlarda faoliyat ko'rsatayotgan joyga SGni tibbiy anjomlar bilan ta'minlash;



  1. DTYKGda bo'lgan shikastlanganlarning ovqatlanishini tashkil qilish;

  2. tibbiy hisobot olib borish.

DTYKGning asosiy maqsadi shikastlanganlarga dastlabki shifokor yordamini berishdan iborat. Dastlabki shifokor yordami bajaradigan muolajalari quyidagilardan iborat bo'ladi:

1) jarohat infeksiyasi oldini olish (muhofaza zardoblarini.


antibiotiklar vab.);

2) qon oqishini mutlaq to'xtatish;

3) karaxt holatiga qarshi (shikastlanganlar tanasini ichki va tashqi
tomondan isitish, venaga dorivor moddalar, qon o'rnini bosuvchilar,
navokain to'sig'i - blokadasi, og'riq qoldiruvchilar, nafasni
rostlovchilar, yurak-qon tomir va asab tizimlari faoliyatini me'yorga
keltiruvchilar va b.) (101 -102, 103-rasmlar);





102-rasm. Travmatik shok holatidagi bemorga birinchi yordam ko'rsatish.




103-rasm. Bir marta ishlatiladigan shpris-tyubikning ko'rinishi va undan foydalanish tartibi:

a - umumiy ко 'rinishi: 1 - korpusi; 2 - ignali kanyulasi;

3 - himoya qalpoqchasi.

b - ishlatilishi:

1 - kanyulani tiralguncha burab, korpusidagi meptbranani teshish;

2 - ignadan qalpoqchasini olish; 3 - igna sanchilganida shunday

tutiladi.


  1. bog'lov va taxtakachlarni qo'yish yoki to'g'rilash yoxud yangilash;

  2. asfiksiya (bo'g'ilib qolish. tanada kislorod yetishmay karbonat angidgidrid - is gazi ko'payib ketishi oqibatida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan holat)ni oldini olish yoki kurashish;

  3. kateterizatsiya - po'latdan yoki rezinadan yasalgan maxsus naychani kiritish;

7) teri-mushak parchasida osilib qolgan qo'1-oyoqlarni
amputatsiya qilish yoki zaruriyat va sharoitdan chiqib ularga
dastlabki sanitar ishlovini berib, mo`zlatishning turli usullarini
qo'llab ehtiyotkorlik bilan shifoxonaga jo'natish lozim, chunki
hozirgi paytda jarrohlik sohasidagi yutuqlar ba'zi hollarda ijobiy
natijalarga olib kelishi mumkin. Bunga misol qilib Rossiya
televideniyasi orqali 5-6 yoshli oyog'i o`zilib ketgan qizchaga
tegishli jarrohlik amallari vaqtida o'tqazilgach uning oyog'i bitib
ketgani va qizchaning sog'ayib ketganligi haqida axborot
berilgannini ko'rsatish mumkin.

Dastlabki shifokor yordami shikastlangan odam ahvoliga, uning hayotiga mazkur holat qanchalik xavf solishi mumkinligini hisobga olib 2 ga ajratilishi mumkin:



  1. zudlik bilan, kechiktirib bo'lmaydigan;

  2. sabrlik bilan beriladigan.

Zudlik bilan beriladigan dastlabki shifokor yordamiga quyidagi amallar kiradi:

1) nafas olish jarayonini yaxshilash;

2) o'pkalargacha borgan ko'krak qafasi jarohatlariga zich bog'lovni
qo'yish;

3) karaxtga qarshi chora-tadbirlarni o'tqazish;

4) yumshoq to'qimalar va osilib qolgan qo'1-oyoqlarni kesib
tashlash;

5) to'xtagan peshobni naychalar orqali chiqarish;

6) shok holatiga tushganlarga transport immobilizatsiyasini
amalga oshirish;

7) radiatsiyaviy zararlanishlarga qarshi amallar o'tqazish


Sabrlik bilan o'tqaziladigan dastlabki shifokor yordami:

1) ochiq jarohatlanish va kuyish hollarida mikroblarga qarshi


dorilarni berish;

  1. qoqsholga qarshi emlash:

  2. qo'1-oyoqlar shikastlanganda og'riqqa to'siq qo'yish;

4) karaxt holati avjiga chiqayotganida transportli
immobilizatsiyasiyalash kamchiliklarini yo'qotish;

5) shikaslanganlar hayoti uchun xavfli bo'lmagan kasallik


alomatlariga barham berish.

DTYKG qilinadigan amallar hajmi muqim emas. U mohiyat jihatidan kengaytirilishi yoki toraytirilishi mumkin. Bunday holat joriy vaziyatdan kelib chiqishi ko'p hollarda ko'rsatiladigan yordam hajmi kelayotgan shikastlanganlar soni va kelish jadalligiga bog'liq bo'ladi.

DTYKG faoliyatini amalga oshirish chog'ida shikastlanganlarni 2 ta oqim bo'yicha kelishi e'tiborga olinadi: l)o'zi yuradiganlar:

2) zambilda yetkaziladigan shikastlangan bemor kishilar.

Ishlashi belgilangan joyga yetib kelgan DTYKG quyidagi bo'limlarni ochadi (7-chizma):

DTYKG o'z faoliyatini kengaytira borar ekan, guruhning rahbari inshootlarda mavjud transportlarni qutqaruv ishlarini bajarishiga va shikastlanganlarni olib kelish jarayonlariga qatnashtiradi.

DTYKGdan tashqari inshoot tuzilmalariga tegishli transportlardan ham foydalanish man etilmaydi. Ular asosan 4 ta katta bo'limdan iborat bo'ladi:


  1. saralaslbko'chirish;

  2. jarrohlik bog'lov;

  3. shifoxona bo'limi;

  4. qisman sanitar ishlovini amalga oshirish bo'limi; Saralash-ko'chirish bo'limi. O'z navbatida 2 ta kichik bo'limlarga

ajratilib (qabul-saralash va saralash ko'chirish) o'zi yuradigan va zambildagilarga mo'ljallanadi.

Saralash-ko'chirish bo'limi qoshida taqsimlash kichik guruhi ochiladi. Ushbu bo'lim tarkibida saralash maydonchasi tashkil etiladi.



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə