O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Poezdning to’g’ri tuzilishiga stansiya xodimlari javobgardirlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə47/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
ПТЭ узб

254. Poezdning to’g’ri tuzilishiga stansiya xodimlari javobgardirlar.
Stansiya xodimlari poezdni jo’natishdan avval stansiyaning texnologik ish jarayoni, texnikaviy-boshqaruv aktlari, harakat grafigi va poezdlarni tuzish rejasiga muvofiq ravishda poezdning to’g’ri tuzilganligi, ochiq harakat tarkibida yukning to’g’ri va mahkam o’rnatilgani, bu yuklarning bus-butunligi to’la ta’minlangani, poezd o’rnatilgan signallarga ega ekanligi va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganini tekshirishlari kerak.
Yuk va yuk-yo’lovchi poezdlarining oxirini ko’rsatuvchi signal uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish, bu poezdlarga signal uskunalarini osish va echib olish vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlari xodimlariga yuklatiladi.
Poezdlarni tekshirish tartibi va stansiyaning tegishli xodimlarining mas’uliyatlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
255. Poezdlar tuzish stansiyalarida har bir yuk vagonlari va yuk-yo’lovchi poezdlari uchun jo’natilish oldidan etakchi lokomotiv mashinistiga DATK tomonidan belgilangan shaklda natura varag’i va eltish hujjatlari muhrlangan holda topshiriladi. Tarkibida eltish hujjatlari bo’lmagan vagonli poezdlarni jo’natish man qilinadi.
Bosh konduktori (poezd tuzuvchisi) bo’lgan poezdlarda natura varag’i va eltish hujjatlari unga topshiriladi. Bu holda bosh konduktor (poezd tuzuvchisi) natura varag’iga binoan mashinistni jo’natilayottan poezdning tarkibi bilan tanishtirib chiqishi kerak.
Yo’nalish bo’ylab vagonlar ulangani yoki uzilganida poezdning natura varag’iga stansiya xodimlari tomonidan tegishli o’zgarishlar kiritilishi kerak. Barcha yo’lovchi (motorvagon poezlardan tashqari) va pochta-bagaj poezdlari uchun poezd natura varag’i yo’lovchi poezdining boshlig’i (mexanik-brigadiri) ga topshiriladi.
256. Stansiya navbatchisi har bir poezdning aniq jo’nash yoki o’tib ketish vaqti, zarur hollarda, poezd tarkibini ifodalovchi boshqa ma’lumotlarni poezdlar harakat jurnalida belgilab qo’yishi kerak va poezd jo’natilgan qo’shni stansiya navbatchisiga va poezd dispetcheriga zudlik bilan xabar berishi kerak. Bundan tashqari, stansiya navbatchisi poezd xaqidagi zarur ma’lumotlarni avtomatik boshqaruv tizimiga uzatilishini ta’minlashi kerak.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə