O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə25/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
ПТЭ узб

Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash


133. Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash harakat xavfsizligi va texnika xavfsizligini ta’minlagan holda, odatda, poezdlar harakat grafigini buzmasdan amalga oshirilishi kerak.
Hajm jihatidan katta bo’lgan ta’mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun poezdlar harakat grafigida «okno»lar ko’zda tutilishi va bu ishlar uchun tezliklarni chegaralashlar hisobga olinishi kerak.
Yo’l, sun’iy inshootlar, kontakt tarmoqlari va SSB qurilmalarini joriy saqlash bo’yicha ishlarni bajarish uchun DATK boshgaruvi raisi belgilagan tartibga ko’ra, poezdlar harakat grafigida ko’zda tutilgan, davomiyligi 1-2 soat bo’lgan «okno»lar, bu ishlarni kompleks mashinalar, maxsus brigada va mexanizatsiyalashgan kolonnalar bilan bajarishda esa 3-4 soatli «okno»lar ajratilishi kerak.
Poezdlar harakat grafigida ko’zda tutilmagan vaqt ichida bajariladigan yo’l, kontakt tarmog’i, SSB va aloqa qurilmalari hamda boshqa inshoot va qurilmalarning ta’mir ishlari, odatda, peregonni berkitmasdan amalga oshirilishi kerak.
Agar bu ishlarni bajarish uchun harakatlarni to’xtatish kerak bo’lsa, bu ishlarning boshlanish va tamom bo’lish aniq muddatlari DATK YaDM boshlig’i tomonidan ishlar rahbari bilan birgalikda va tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i bilan kelishilib, o‘rnatiladi.
Harakatni to’xtatuvchi ishlarni, shuningdek, ishlab chiqarish uchun harakat grafigida «okno»lar ko’zda tutilgan ishlarni bajarish uchun ketadigan vaqt davomida ishlar rahbari poezd dispetcheri bilan doimiy (telefon yoki radio) aloqani o’rnatishi kerak.
Poezdlar harakat grafigida «okno»lar kunning qorong’i vaqtlariga to’g’ri kelgan uchastkalarda, ishlar rahbari ish joyining yoritilishini ta’minlashi kerak.
134. Saralash tepaliklarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari, yo’llar, tepaliklardagi boshqa inshoot va qurilmalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish uchun DATK boshgaruvi raisi tomonidan ko’zda tutilgan tartibga ko’ra 0,7-1,5 soatli texnololgik «okno»lar berilishi kerak.
135. Peregon va stansiyada harakat uchun har qanday to’siq (to’xtashni talab qiladigan joy), shuningdek, tezlikni kamaytirish yoki to’xtashni talab qiladigan harakat uchun xavfli bo’lgan ish bajarish joyi, poezd (manyovr tarkib) kelish-kelmasligidan qat’iy nazar ikki tarafdan signallar bilan to’silishi kerak.
Quyidagilar man etiladi:
harakat uchun xavfli, ishlarni amalga oshirish joyi yoki to’siqning signallar bilan ajratilishidan avval ishga kirishish;
to’siq bartaraf etilmasdan, ishlar to’liq bajarilmasdan, yo’l, kontakt tarmog’i holati va gabaritlarga rioya qilish tekshirilmasdan avval to’siqni yoki ishlar amalga oshirish joyini to’suvchi signallarni olib tashlash.
To’siqlarni va ishlarni amalga oshirish joylarini to’sish tartibi O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallash bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi.
136. Yo’llarda ishlarni amalga oshirish joyini to’suvchi ko’chma signallarni o’rnatish va ularni muhofaza qilish uchun ishlar rahbari brigada xodimlari ichidan tegishli sinovlardan o’tgan signalchilarni ajratadi. Signalchilar temir yo’l transportining boshqa xodimlari uchun qabul qilingan bosh kiyimlaridan o’zgacha bo’lgan bosh kiyimlariga ega bo’lishi kerak.
Yo’lda yoyilib ish bajarayotganda, shuningdek, kichik radiusli egri uchastkalarda, o’ymalar va signallar qiyin ko’riniadigan joylarda, poezdlar tig’iz harakatlanuvchi uchastkalarda ishlar rahbari ish joyini chegaralovchi signallar oldidagi xodim bilan (telefon yoki radio) aloqani o’rnatishi kerak. Signalchilar va ishlar rahbarlari UQT-diapozonli radiostansiyalarni olib yurishi kerak. Ishlarni amalga oshirish joylarini aloqa bilan ta’minlash tartibi DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
137. Stansiya yo’llarida, to’xtash yoki tezlikni kamaytirish signallari bilan to’sib qo’yishni talab qiladigan ishlarni, stansiya navbatchisi ruxsatisiz va yo’llar, strelka o’tkazgichlari, SSB, aloqa va kontakt tarmoqlarini ko’rikdan o’tkazish Jurnalida ishlar rahbari tomonidan oldindan qayd qilinmasdan amalga oshirilishi man etiladi. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida bunday ishlar ko’rsatilgan tartibda, lekin faqat poezd dispetcherining ruxsati bilan bajarilishi kerak. Yo’l va sun’iy inshootlarning butligiga zarar etkazmasdan kuchlanishi o’chirilgan holda kontakt tarmog’ida bunday ishlarni bajarishda, shuningdek, to’satdan paydo bo’lgan nosozliklarni yo’qotish bo’yicha ishlarni bajarishda ishning boshlanishi yoki tamomlanishi xaqidagi yozuv ish jurnalida qayd qilinuvchi ishlar rahbari tomonidan stansiya bo’yicha (markazlashtirilgan dispetcherlik uchaskalarida poezd dispetcheriga) uzatiladigan telefonogramma bilan o’zgartirilishi mumkin.
Ish tamom bo’lganidan keyin qurilmalarni ishga tushirish stansiya navbatchisi tomonidan yo’l, strelka o’tkazgichlari, SSB, aloqa va kontakt tarmoq qurilmalarining ko’rik Jurnalidagi ishlar rahbarining yozuvi asosida yoki shu jurnalda qayd qilinadigan (keyinchalik ishlar rahbarining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadigan) stansiya navbatchisiga uzatiladigan telefonogramma asosida amalga oshiriladi.
138. Ishlarni bajarish uchun bir yo’lli uchastkalarda peregonni va ikki yo’lli uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’llarni yopish, agar bu qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarining o’zgarishiga olib kelmasa, DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i bilan kelishilgan holda DATK YADM ruxsati bilan amalga oshiriladi. Agar yo’llarni yopish qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarini o’zgartirishga olib kelsa, bu qo’shni temir yo’l rahbariyati bilan kelishilgan holda DATK boshgaruvi raisi ruxsati bilan bajariladi.
Poezdlarning kompaniya boshqa uchastkalari bo’ylab aylanma yo’llardan harakatlanishiga olib keladigan peregon va yo’llarni yopish DATK ruxsati bilan amalga oshiriladi.
139. Bir yo’lli uchastkalarda peregonning, ikki yo’lli va ko’p yo’lli uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’lning yopilishi xaqida DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i kamida bir kun oldin tegishli ishlar rahbarlarini ogohlantiradi.
Peregon va yo’lning ochilishi va yopilishi, ishlarning boshlanishidan avval va tamom bo’lgandan keyin, poezd dispetcherining buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
Ishlar rahbari peregon va yo’llarning yopilgani va ish joyining signallar bilan to’silgani xaqida poezd dispetcherining (bildirishnoma, telefonogramma yoki telegramma shaklidagi) buyrug’ini olmasdan avval ishga kirishishi taqiqlanadi.
(132 band birinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
140. Ishlarni qaysi tashkilot bajarganidan qat’iy nazar, yo’l ishlari yoki sun’iy qurilmalardagi ishlarning tugagani, poezdlarning to’xtovsiz va xavfsiz harakatlanishi uchun to’siqlar bartaraf etilgani xaqida yo’l distansiyasi boshlig’i yoki u vakil qilgan, lavozimi yo’l ustasinikidan kichik bo’lmagan xodimning yozma bildirishnomasi, telefonogramma yoki telegrammasi olinganidan keyin, peregon yoki yo’llarning ochilishi amalga oshiriladi.
Amaldagi SSB va aloqa qurilmalarinig faoliyatini tiklash, SSB va aloqa katta elektrmexanigidan, elekt ta’minoti qurilmalari uchun esa energodispetcherdan bildirishnoma olinganidan so’ng amalga oshiriladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə