O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


-bob INSHOOT VA QURILMALARNI KO’RIKDAN



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə24/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
ПТЭ узб

8-bob


INSHOOT VA QURILMALARNI KO’RIKDAN
O’TKAZISH VA ULARNI TA’MIRLASH


Inshoot va qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish


131. Inshoot, qurilma va xizmat-texnika binolarini ko’rikdan o’tkazish bevosita ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan, shuningdek, ushbu qurilma va inshootlar qarashli bo’lgan stansiya, depo, distansiya yoki uchastka boshliqlari tomonidan tegishli nizom va yo’riqnomalar bilan belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llaridagi strelka o’tkazgichlarini, bundan tashqari kamida oyda bir marta stansiya boshlig’i yo’l ustasi va SSB elektrmexanigi bilan birga ko’rikdan o’tkazishi kerak. Ko’rik natijalari va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish uchun kerakli choralar maxsus jurnalga yozib qo’yiladi va bu jurnalda nosozliklarni bartaraf etish va tuzilgan chora-tadbirlarni bajarilish muddatlari ham ko’rsatiladi.
132. DATK boshgaruvi raisi, DATK Markaz, boshqarma, mintaqaviy temir yo’l uzellari, korxonalari rahbarlari va tarmog korxonalar rahbarlari bo’linmalardagi xo’jaliklar ahvoli, mehnat intizomiga rioya qilishni doimiy ravishda tekshirishlari va barcha inshoot va qurilmalarning soz ahvolda saqlanishini, ish texnologiyasining bajarilishini harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur choralar ko’rishlari kerak.
(132 band birinch abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
Inshoot, qurilma va xizmat-texnika binolarini ko’rikdan o’tkazishni qamrab oluvchi bunday tekshiruvlarni amalga oshirish tartibi va ularning davriyligi DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
DATK boshgaruvi raisi yoki DATK boshgaruvi raisining birinchi o’rinbosari tomonidan ko’rik yilda kamida ikki marta, mintaqaviy temir yo’l uzeli boshliq'i tomonidan - yilning har choragida o’tkaziladi.
(132 band uchinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə