O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Temir yo’l transportining ma’lumot-hisoblash tizimi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə21/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
ПТЭ узб

Temir yo’l transportining ma’lumot-hisoblash tizimi


108. Ma’lumot-hisoblash tizimi: ma’lumotlarni kiritish, uzatish, qayta ishlash va asrash imkoniyatini, belgilangan muddatlarda iste’molchilarga hisob natijalarini berish, temir yo’l transportining barcha sohalarida rejalashtirish, tezkor boshqaruv, hisoblash, statistika masalalarini echish imkonini ta’minlashi kerak.
Texnika va programma vositalari doimo ishga tayyor va faol holatda turishi, talab qilinadigan ishonchlilik va aniqlikni ta’minlashi kerak.
Temir yo’l transporti ma’lumot hisoblash tizimiga terminal va boshqa moslamalarning ulanishi DATK ning signalizatsiya va aloqa Markazi hamda statistika, ma’lumot va hisoblash texnikasi Markazi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshirilishi kerak.


SSB va aloqa liniyalari


109. SSB va aloqa kabel liniyalari, qoidaga ko’ra, peregonlarda tuproq ko’tarmasidan tashqarida ajratma yo’lida o’tkazilishi kerak. Alohida hollarda, kabel liniyalarini amaldagi qoidalarga rioya qilgan holda, tuproq ko’tarmasi orqali o’tkazilishiga yo’l qo’yiladi. Tolasimon-optik kabellar asosidagi aloqa liniyalari, kontakt tizimi yoki avtoblokirovka liniyalari tayanchlarida osma uslubda o’rnatilishi mumkin.
Osma uslubda o’rnatilgan aloqa liniyalari kabellari maksimal osilib turishida quyidagi o’lchamlardan kam bo’lmagan balandlikda joylashishi kerak:
5,0 m – erdan aholisiz joyda;
6,0 m - erdan aholili joyda;
4,5 m – yo’lovchi platformalari sathidan;
7,0 m – temir yo’l kesishmalaridagi avtomobil yo’llari sathidan.
SSB va aloqa havo liniyalari osilishi maksimal osilib turishida quyidagi o’lchamlardan kam bo’lmagan balandlikda joylashishi kerak:
2,5 m – erdan aholisiz joyda;
3,0 m – erdan aholili joyda;
5,5 m – kesishuvchi avtomobil yo’llari sathidan;
7,5 m – kesishuvchi elektrlashtirilmagan temir yo’llarning rels kallagi sathidan.
Elektrlashtirilgan temir yo’llarning kesishuvlari faqat kabel bilan bajariladi.
110. SSB va aloqa liniyalarining ishdan chiqishida ularni tiklash quyidagi tartibda amalga oshirilishi kerak:
poezd dispetcherlik aloqa simlari;
magistral aloqasi simlari;
elektrta’minot uskunalarini televizion boshqarish simlari;
energodispetcherlik aloqasi;
elektrjezl sistemasi;
stansiyalararo va strelkali aloqa simlari;
yo’l blokirovkasi simlari;
SSB va aloqaning boshqa simlari.
111. SSB va aloqa inshoot va qurilmalari tortish tokining, elektr uzatish liniyalari va momaqaldiroq razryadlarining xalaqit beruvchi va xavfli ta’siridan himoyalangan bo’lishi kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə