O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va avtomatik shlagbaumlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə19/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
ПТЭ узб

Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va avtomatik shlagbaumlar


98. Pereezd avtomatik signalizatsiyasi poezdning pereezdga etib kelguniga qadar o’tish joyini transport vositalaridan bo’shatish uchun ketadigan vaqtdan avval avtomobil yo’li tomon to’xtash signalini uzatishi, avtomatik shlagbaumlar esa yopiq holatga o’tishi kerak.
Poezd pereezdni butunlay bo’shatmaguncha kesishma avtomatik signalizatsiya ishlab turishi, shlagbaumlar esa yopiq holatda bo’lishi kerak.


Poezd yaqinlashayotgani xaqida xabar beruvchi avtomatik tizimlar


99. Avtoblokirovkali peregonlar va strelkalari elektr markazlashtirilgan stansiyalar DATK boshgaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan rejalarga binoan, yo’lda ish bajarayotgan ishchilarni poezd yaqinlashayotgani xaqida xabarlovchi avtomatik tizim bilan jihozlanishi kerak.


Qizigan buksalarni avtomat tarzda aniqlash qurilmalari


100. O’tayotgan poezdlarda qizigan buksalarni avtomat tarzda aniqlash qurilmalari quyidagilarni ta’minlashi kerak:
lokomotiv mashinisti va oldinda joylashgan stansiya navbatchisiga poezdda qizigan buksa borligi xaqida ma’lumot etkazishni;
uzatilayotgan ma’lumotni maxsus lentada qayd etishni.
Ko’rsatilgan qurilmalarni joylashtirish, ulardan foydalanish va xizmat ko’rsatish tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi.
Poezd ketib borayotgan marshrutga harakat tarkibining o’z-o’zidan chiqishini oldini olish qurilmalari
101. Qurilmalar: muhofaza berk yo’llari, qo’riqlash strelkalari, tushuruvchi boshmoqlar yoki tushiruvchi strelkalar mazkur Qoidalarning ularni markazlashtirishga kiritish bo’yicha talablariga muvofiq kelishi (muhofaza berk yo’llari uchun - berk yo’lga olib boruvchi strelka), to’sish holati nazoratiga ega bo’lishi va harakat tarkibining poezdlarni qabul qilish, ketib borishi va jo’natish boshqa marshrutlariga va yo’llariga o’z-o’zidan chiqishini istisno qilishi kerak.
Zarur hollarda, tushirish qurilmalari (tushiruvchi boshmoqlar yoki tushiruvchi strelkalar) o’rnatiladigan joylar, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarni signallash bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq ko’rsatkichlar bilan jihozlanadi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə