O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Strelka va signallarning o’zaro kalitli bog’liqligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə18/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
ПТЭ узб

Strelka va signallarning o’zaro kalitli bog’liqligi


94. Kalitli bog’liqlik qurilmalari nazorat qulflari vositasida strelka va signallarning o’zaro tutashuvini ta’minlashi kerak.
95. Strelka nazorat qulflari quyidagilarni bajarishi kerak:
kalitni faqat qulflangan strelkadan chiqarishga yo’l qo’yish;
ostryakning rama relsiga qattiq yopishib turishi sharti bilan strelkani qulfdan chiqarilgan kalitda ko’rsatilgan holatda qulflash;
bir-biriga yopishgan ostryak va rama relsi orasidagi tirqish 4 mm va undan katta bo’lganda strelkani qulflash imkoniga yo’l qo’ymaslik.
Bir rusumli strelka nazorat qulflarini bir stansiya chegarasida, katta stansiyalarda esa bitta strelka rayoni va unga qo’shni boshqa rayon strelka postlari chegarasida qo’llash taqiqlanandi.


Stansiya blokirovkasi


96. Stansiya blokirovkasi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
postlarning poezdlarni qabul qilish va jo’natish hamda stansiyalar ichidagi marshrutlarning to’g’ri tayyorlaganligini stansiya navbatchisi tomonidan nazorat qilish;
har xil postlardan boshqariladigan strelka va signallarning o’zaro tutashuvi.
Saralash tepaliklarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari


97. Saralash tepaliklarining mexanizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalari, tarkiblarni tarqatishning hisob (loyihaviy) tezligi bilan uzluksiz, to’xtalishlarsiz va xavfsiz tarqatilishini ta’minlashi kerak, bunda har bir tormozlash vaziyatida tormoz vositalarining quvvati ushbu tezlikni amalga oshirishni va vagonlarni xavfsiz saralashni ta’minlashi kerak.
Mexanizatsiyalashtirilgan saralash tepachalarida tarkiblarning saralash yo’llari bo’ylab tarqatilishida qatnashayotgan strelka o’tkazgichlari, tepalikning elektr yoki tepalikning avtomat markazlashuviga kiritilgan bo’lishi kerak.
Tepalik markazlashuvi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
strelkalarni individual boshqarishni;
tarkibning tarqatilishi amalga oshiriladigan harakat yo’nalishidagi strelkalarning, shuningdek harakat tarkibining tarqatish hududiga chiqishini istisno qiluvchi muhofaza strelkalarining elektr tutashuvini;
boshqarish pultida strelkalar holati va strelka seksiyalari bandligini nazorat qilishni.
Tepalik markazlashuvi harakat tarkibining ostida strelkani o’tkazishga yo’l qo’ymasligi kerak.
Strelkalarning tepalik avtomatik markazlashuvi, bundan tashqari, quyidagilarni ta’minlashi kerak:
dastur yoki marshrut ish tartibida ajratilgan vagonlarni tepalikdan tushirish jarayonida saralash tepalikning tarqatuvchi hududi strelkalarini avtomatik boshqarish;
ostryak va romli rels orasida o’tkazish vaqtida to’siq paydo bo’lib qolsa, ajratilgan vagon izolyasiyalangan seksiyaga kirmasidan avval strelkani nazorat holatiga avtomatik ravishda qaytarish;
tarqatish jarayonida strelkalarni individual boshqarishga o’tkazish imkoniyati.
Avtomatlashtirilgan saralash tepalik qurilmalari tepalik avtomat markazlashuviga ega bo’lgan mexanizatsiyalashtirilgan tepaliklarga qo’yilgan talablar bilan bir qatorda quyidagilarni ta’minlashi kerak:
tarkiblarni yaqinlashtirish va tarqatishni nazorat qilish va boshqarish;
ajratilgan vagonlarni tepalikdan tushirish tezligini avtomatik tartibga solish;
tarkibni tarqatish natijalarining nazorati;
saralash stansiyasining axborot-reja tizimi bilan axborot almashish.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə