O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi va avtostoplar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə17/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
ПТЭ узб

Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi va avtostoplar


92. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyada lokomotiv svetoforlari poezd yaqinlashib kelayotgan yo’l svetoforlari ko’rsatkichlariga mos keladigan ko’rsatkichlarni uzatishi kerak.
Faqatgina lokomotiv svetoforlari ko’rsatkichlari bo’yicha harakatlanishda bu svetofor oldinda yotgan blok-uchastkalarning bo’shligi yoki bandligiga ko’ra tegishli ko’rsatkichlar uzatishi kerak.
Lokomotiv svetoforlari lokomotiv (motorvagon poezd) larning boshqaruv kabinasida o’rnatilib, signal ko’rsatkichlarini bevosita mashinist va mashinist yordamchisiga etkazadilar.
Lokomotivlar, motorvagon poezdlari va o’ziyurar harakat tarkibidagi lokomotiv signalizatsiyasi: harakatning belgilangan tezliklarini, poezdning o’z-o’zidan ketib qolishi va mashinist hushyorligini vaqti-vaqti bilan tekshirish nazoratlarini ta’minlovchi xavfsizlik qurilmalari bilan to’ldirilishi kerak. Lokomotiv, motorvagon poezdi, maxsus o’ziyurar harakat tarkibini boshqarish qobiliyatini mashinist, drezinada esa – drezina haydovchisi yo’qotgan hollarda ko’rsatib o’tilgan qurilmalar poezdni taqiqlovchi ko’rsatmali svetofor qarshisida avtomat tarzda to’xtashini ta’minlashlari kerak.
Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomat yoki yarim avtomat lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda asosiy yo’llar, yo’lovchi poezdlarni qabul qilish-jo’natish yo’llari, shuningdek, poezdlarning to’xtovsiz o’tib ketishi uchun qabul qilish-jo’natish yo’llari avtomatik signalizatsiyaning yo’l qurilmalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Ayrim stansiyalarda avtomatik lokomotiv signalizatsiya qurilmalarining mavjud emasligiga faqat DATK boshgaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.
Yarim avtomatik blokirovkada avtomatik lokomotiv signalizatsiya qurilmalari bilan stansiyalarning yaqinlashish uchastkalari va asosiy yo’llari jihozlanadi.
93. Avtostoplar poezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to’xtatishi kerak.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə