111100, Keles sh., Keles yo‘li k. 8, tel: (71) 203-55-22, e-mail: toshkenttumani@exat.uz
20___-yil____ - _____________ __________-son Keles sh.
Toshkent tumani Davlat soliq inspeksiyasiga
14.07.2022-yildagi 12-09000-sonli murojaatga
Toshkent tumani hokimligi Sizning 14.07.2022-yildagi 12-09000-sonli Davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy binosiga muqobil energiya bilan ta’minlovchi quyosh elektr energiyasi panelini o‘rnatish uchun tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratishni so‘rab yozgan xatingizga javoban quyidagilarni ma’lum qiladi.
Toshkent tumani Davlat soliq inspeksiyasiga quyosh panellari sotib olish uchun zarur mablag‘ ajratish masalasi mahalliy byudjet daromadlari 2-chorak rejasining orttirib bajarilgan qismi ijrosi yuzasidan zaruriy xarajatlar ro‘yxatiga olingan.
Tuman hokimining
birinchi o‘rinbosari S.Ergashev
Ijr: Tuman hokimligi Moliya bo‘limi (B.Abdurahmonov).
HOKIMINING BIRINCHI O‘RINBOSARI
|
111100, Keles sh., Keles yo‘li k. 8, tel: (71) 203-55-22, e-mail: toshkenttumani@exat.uz
20___-yil____ - _____________ __________-son Keles sh.
“Toshkent tumani dehqon bozori” MChJga
03.06.2022-yildagi 65-sonli murojaatga
Toshkent tumani hokimligi Sizning 03.06.2022-yildagi 65-sonli “Toshkent tumani dehqon bozori” MChJ Zangiota tumanlararo Iqtisodiy sudining 26.08.2021 yildagi 4-1101-2101/2031-sonli Qarori bilan bankrot deb e’lon qilinganligi, korxonani tugatish jarayonida kreditorlar tomonidan korxonaga tegishli mol-mulk mavjud qarzdorlikni qoplash uchun qabul qilinmaganligi sababli “Toshkent dehqon bozori” MChJga tegishli mol-mulkni tuman hokimligi balansiga olishni so‘rab yozgan xatingizga javoban quyidagilarni ma’lum qiladi.
Sizdan Toshkent tuman hokimligi balansiga o‘tkazish so‘ralayotgan “Toshkent tumani dehqon bozori” MChJga tegishli mol-mulklarning aniq ro‘yxati, ularning balans qiymati to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim qilishingizni so‘raymiz.
Dostları ilə paylaş: |