O`zbekiston respublikasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə12/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

Ilmiy tadqiqot asoslari fani bo‘yicha quyidagi tasavvurlarga ega bo‘lishi lozim:
- ilmiy tadqiqotning tushunchaviy aparati;
- ilmiy tahlil asoslari;
- ilmiy muammoni belgilash;
- ilmiy tadqiqotni yuzaga kelish bosqichlari.
Quyidagilarni bilishi va foydalana olishi lozim:
- ilmiy ishni rejalash;
- ilmiy tahlil uchun material to‘plash va uni tasniflash;
- fikrni dalillash usullari;
- mantiq va ilmiy tahlil;
Quyidagilardan tajribaga ega bo‘lishi lozim:
- ilmiy adabiyot bilan ishlash;
- materiallarni saralash va tartibga solish;
- tezis, maqola va bitiruv ishi yozish.
2.2.4. Ixtisoslik fanlari bloki bo‘yicha talablar
Bakalavr:
Quyidagi tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak:
- filologiya sohasidagi asosiy muammolarni tushunishi;
- o‘z ixtisosligi doirasida muayyan tadqiqot sohasining ob’ektlari bilishi;
- asosiy ob’ekt va jarayonlarga nisbatan shaxsiy ilmiy filologik munosabatini shakllantira olishi;
- filologik muammolar va ularni hal qilish yo‘llarini bilishi.
Quyidagi bilishi va foydalana olishi kerak:
- ixtisoslik fanlarining tushunchaviy apparati;
- ixtisoslik fanlarining metod va usullari;
- ixtisoslik fanlarining ilmiy-tadqiq mavzulari;
Quyidagilar bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi kerak:
- badiiy-lisoniy tahlil usullari;
- poetik tahlil metodlari va usullari;
- o‘zbek tili va shevalari namunalarini yozib olish, to‘plash va nashrga tayyorlash;
- o‘zbek adabiyoti namunalarini o‘qish, tarjima va tahrir qi-lish;
Bakalavr ixtisosiy tayyorgarligiga oid konkret talablar, ixtisoslik fanlari guruhi mazmunidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.


2.2.5. Bitiruv malakaviy ishga qo‘yiladigan talablar
Bitiruv malakaviy ishda talaba barcha bloklar bo‘yicha olgan bilimlarini tadbiq etishni talab etadigan, tugallangan kasbiy masalani hal etadi.
Unda bakalavr quyidagilarni hal etishi lozim;
- hal qilinayotgan masalani tahlil qilishi va sharhlashi;
- ayni sohadagi tilshunoslik, adabiyotshunoslik talablarini ifodalashi, masalani echish variantlarini ko‘rib chiqishi va qulay variantni tanlashi;
- qulay variantning hisob, tekstologik, shaklan va mazmunan echimini keltirishi;
- masala echimi bo‘yicha xulosalar va tavsiyalar berishi hamda ularning mos tarmoqda qo‘llanilish imkoniyatini aniqlashi;
Bitiruv malakaviy ishning mavzusi oliy ta’lim muassasasining ixtisoslik kafedralari tomonidan mutaxassisga buyurtmachi bo‘lgan korxonalar talablari, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasidagi zamonaviy yutuqlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Bitiruv malakaviy ish filologik: tilshunoslik, adabiyotshunoslik yoki shu sohadagi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida bo‘lishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishga topshiriq, odatda, talabaga uchinchi kurs tugaganidan keyin beriladi. U to‘rtinchi kurs davomida-umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘rganish jarayonida, shuningdek, mazkur standartdagi uni bajarishga ajratilgan maxsus vaqt mobaynida bajariladi.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi ixtisoslik kafedrasi tomonidan belgilanadi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə