O`zbekiston respublikasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə9/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

Arab (fors) tili fani bo‘yicha quyidagi tasavvurga ega bo‘li-shi kerak:
- arab va fors imlosining o‘ziga xos xususiyatlari;
- o‘qish tarzi, so‘z yasalishi qoidalari;
- arab va fors tillari grammatikasi to‘g‘risida.
Quyidagilarni bilishi va foydalana olishi kerak:
- arab va fors imlosida yozishni bilishi;
- so‘z yasalishi va grammatik qoidalarni bilish;
- matnni o‘qishi va tushunishi;
- matnni tarjima qilishda lug‘atdan foydalana bilishi kerak.
Quyidagi tajribaga ega bo‘lishi kerak:
- olgan bilimlari natijasida matnni to‘laligicha o‘qiy bilish;
- matnni to‘liq tarjima qilish;
- arab va fors imlosida xatosiz yoza bilish.
O‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi fani bo‘yicha quyidagi tasavvurga ega bo‘lishi kerak:
- adabiyot tarixining madaniyat tarixidagi o‘rni;
- bakalavr talabalar xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi yozma adabiyot namunasidan og‘zaki ijod namunasini farqlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak;
- adabiyot taraqqiyotining asosiy bosqichlari;
- mumtoz adabiyot janrlarining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti.
Quyidagilarni bilishi va foydalana olishi lozim:
- o‘zbek mumtoz adabiyoti matnlarini tahlil qilish malaka-siga ega bo‘lishi;
- xalq og‘zaki ijodi janrlarini bir-biridan ajrata olishi, har bir janrning o‘ziga xosligini izohlab olishi lozim;
- xalq og‘zaki ijodi asarlarini g‘oyaviy va badiiy jihatdan tahlil eta olishi, obrazlar tizimiga tavsif bera olishi lozim.
Quyidagilardan tajribaga ega bo‘lishi kerak:
- mumtoz adabiyotda tasavvuf yaqinligining asoslarini, poetik san’atlarini bir-biridan farqlay olish;
- og‘zaki ijod asarlarini ilmiy talablarga binoan yozib olishi va uning pasportini to‘ldirishni bilish lozim;
- umumta’lim maktablarining davlat dasturida qayd etilgan og‘zaki ijod namunalarini sinflar bo‘yicha adabiy o‘qitish talablariga binoan o‘qituvchilarga o‘rgatish tajribasini egallashi lozim.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə