O`zbekiston respublikasi


Umumkasbiy fanlar bloki bo‘yicha talablar



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə7/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

3.Umumkasbiy fanlar bloki bo‘yicha talablar.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo‘yicha quyidagi tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak:
-o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiyot qonuniyatlari;
- o‘zbek tilining asosiy shevalari;
- til sathlarining tarkibi, imlo qoidalari;
-hozirgi o‘zbek adabiy tili morfemikasi, so‘z yasalishi, semosiologiyasi, fonetikasi, leksikologiyasi, morfologiyasi, sin-taksisi.
Quyidagilarni bilishi va foydalana olishi kerak:
- hozirgi o‘zbek adabiy tilining tushunchaviy-terminologik aparati;
- o‘zbek tili sathlarining asosiy xususiyatlari;
- o‘zbek tili grammatikasini ilmiy tadqiq paradikmasi;
- nutq variatsiyasi va sinonimiyasi.
Quyidagilar bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi kerak:
- til materialini tahlil eta olish;
- adabiy til meyorlari va uslublarini farqlash;
- hozirgi o‘zbek tili imkoniyatlaridan ijodiy foydalana olish;
- mustaqil ravishda matn yaratish va uni o‘zgartirish usullarini egallash.
O‘zbek tili tarixi fani bo‘yicha quyidagilar bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi lozim:
- qadimgi turkiy til va uning asosiy manbalari
- qorahoniylar davri adabiy tili va manbalari
- chig‘atoy adabiy tili va manbalari
- XIX- XX asr o‘zbek adabiy tili va manbalari.
Quyidagilarni bilishi va foydalana olishi lozim:
- “Devonu lug‘otit turk”ning qiyosiy turkiyshunoslikdagi o‘rni;
- Xorazm yodnomalarining til taraqqiyotidagi roli;
- Alisher Navoiy-o‘zbek adabiy tilining asoschisi;
- Navoiy izdoshlarining adabiy til rivojidagi o‘rni.
Quyidagilar bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi lozim:
- qadimgi run, arab yozuvidagi manbalarni farqlash;
- arab alifbosidagi matnlarni o‘qish;
- manba matnlarini transkripsiya qilish;
- arab alifbosida yozish.
O‘zbek dialektologiyasi fani bo‘yicha quyidagi tasavvurga ega bo‘lishi kerak:
- o‘zbek shevalarining tarqalishi va tasnifi;
- o‘zbek shevalarining fonetik- grammatik xususiyatlari;
- sheva va adabiy til munosabati.
Quyidagilarni bilishi va foydalana olishi lozim:
- shevalarni tasniflash tamoyillari va usullari;
- o‘zbek shevalarining lingvistik geografiyasi;
- shevalarning ilmiy tadqiqi.
Quyidagilar bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi kerak:
- sheva materiallarini to‘plash, saralash va tahlil qilish;
- shevaga xos matnning fonetik-grammatik belgilarini farqlash;

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə