O`zbekiston respublikasi


Bakalavr quyidagilarga tayyor bo‘lishi kerak



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə3/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

1.3. Bakalavr quyidagilarga tayyor bo‘lishi kerak:

- ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga;
- tegishli bakalavriat yo‘nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;
- kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olishga.
1.4.5220100 - Filologiya (O‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyat sohalari va ob’ektlari tavsifi


1.4.1 Yo‘nalishning gumanitar fanlar tizimidagi o‘rni
O‘zbek filologiyasi - gumanitar fanlar tizimida o‘zbek tili vositalarining shakliy-mazmuniy tuzilishi va xususiyatlari hamda o‘zbek adabiyoti materiallarini tizimli suratda o‘rganish, o‘zbek tili boyligi, sintaktik qurilishi imkoniyatlaridan badiiy ijod sohasida foydalanish, badiiy asar yaratish va uni tahlil qilish jarayonini o‘z ichiga oladigan yo‘nalish.
1.4.2 Kasbiy faoliyat ob’ektlari
5220100 -Filologiya (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining ob’ektlari o‘zbek tilida yaratilgan badiiy matnlar; fikr ifodalashda potensial yasovchi materiallar; nutqning yaratilish jarayoni; muloqot birliklari; badiiy-estetik kommunikatsiya; matn talqini, tushunish va idrok etish.
1.4.3. Kasbiy faoliyat turlari
5220100 - Filologiya (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr o‘z fundamental, umumkasbiy va ixtisosiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbiy faoliyat turlarini bajarishi mumkin:
- ilmiy-tadqiqot ishlari-o‘zbek filologiyasi sohasida ilmiy tekshirish institutlarida ilmiy xodim, tadqiqotchi;
- pedagogik faoliyat: o‘rta umumiy, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyotidan dars berish va o‘quv-metodik ishlarni olib borish;
- ommaviy axborot vositalari sohasida muxbir, muharrir, tarjimon va sh.o‘.;
- nashriyot va tahrir sohasida muharrir, musahhih;

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə