O`zbekiston respublikasi


Mustaqil ta’limga ham boshqa o‘quv faoliyati turlari singari reyting- nazorat baholash usuli qo‘llaniladi. 5. Bakalavr tayyorlash sifatining nazorati



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə20/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

4.5. Mustaqil ta’limga ham boshqa o‘quv faoliyati turlari singari reyting- nazorat baholash usuli qo‘llaniladi.
5. Bakalavr tayyorlash sifatining nazorati
5.1. Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- ichki nazorat oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha davlat organi tomonidan tasdiqlangan Reyting nazorat tizimi haqidagi nizom asosida o‘tkaziladi;
- yakuniy davlat nazorati oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda o‘quv fanlari bo‘yicha davlat attestatsiyasi va malakaviy bitiruv ish himoyasini o‘z ichiga oladi;
- davlat-jamoatchilik nazorati oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirildi;tashqi nazorat belgilangan tartibda Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
5.2. Oliy ta’lim muassasasi quyidagilar uchun mas’uliyatni to‘la o‘z zimmasiga oladi:
- mazkur standart talablari, oliy ta’lim muassasalari davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi Nizomda ko‘zda tutilgan bakalavr tayyorlash sifatiga amal qilish;
- professor-o‘qituvchilar tarkibi va o‘quv-yordamchi xodimlarning malakaviy talablarga mosligi;
- har bir fanning namunaviy dasturda ko‘zda tutilgan o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan, talabaning mustaqil ta’limi va tayyorlanishi uchun zarur bo‘lgan materiallar bilan ta’minlanganligi;
- o‘quv jarayonining moddiy-texnik ta’minlanganligi.


6. Eslatmalar
6.1. Oliy ta’lim muassasasi:
- talabalar haftalik yuklamasi hajmini oshirmasdan ushbu standartda ko‘zda tutilgan o‘quv materiali zaruriy mazmunini o‘zlashtirishga ajratilgan soatlar hajmini fanlar bloki uchun 5%, blokka kiruvchi fanlar uchun 10% atrofida o‘zgartirishga;
- ixtisoslik fanlari bloki yo‘nalishiga mos ravishda guma-nitar, ijtimoiy-iqtisodiy, matematika va tabiiy fanlarning ayrim bilimlarini o‘qitishning zaruriy chuqurligini belgilashga;
- tegishli bilim sohalaridagi eng yangi yutuqlarni hisobga olgan holda fanlar sonini aniqlashga haqlidir.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə