O`zbekiston respublikasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə19/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

Ilmiy tadqiqot asoslari
Ilmiy-tadqiqot paradigmasi va unga xos aksiomatika haqida ma’lumot. Ilmiy tadqiqning asosiy tushunchalari. Ilmiy bilish. Ilmiy masalani belgilash. Ilmiy tahlil uchun material yig‘ish va uni tartibga keltirish. Ilmiy tahlil va mantiq. Abstraktlash. Analiz. Sintez. Induksiya. Deduksiya. Refleksiya. Fikrni dalillash usullari. Ilmiy ish rejasi. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash. Faktik materialni saralash. Referatlash. Empirik va nazariy bilim.
3.6.4. Ixtisoslik fanlari
Bakalavr tayyorlashning mazkur yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslik fanlarining tarkibi va mazmuni oliy ta’lim muassasasi tomonidan kadrlar iste’molchilar talablarini hamda fan, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasidagi zamonaviy yutuqlarni inobatga olgan holda belgilanadi.
3.6.5. Malakaviy amaliyotlar
Tanishuv amaliyoti
Kirish anjumanida ishtirok etish. Ta’lim tizimi bilan tanishish. Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalarini belgilab olish. Dars kuzatish va tahlil qilish yo‘llari. O‘quvchi va talabalarning jismoniy, ruhiy hamda aqliy taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni to‘plash, tizimga solish, tahlil qilish.
Ishlab chiqarish amaliyoti
Belgilangan sinf va kurslarda tegishli fanlardan dars o‘tish va uning tahlilida ishtirok etish. Bir o‘quvchi yoki talabaga atroflicha tavsifnoma yozish. YAkuniy anjumanni tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok qilish.
4. Ta’lim dasturini amalga oshirish
4.1. 5220100 - Filologiya (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlashning ta’lim dasturi shu yo‘nalishda akkreditatsiya qilingan oliy ta’lim muassasalarida rivojlanayotgan ta’lim texnologiyalari, axborotli texnologiyalar va o‘qitishning zamonaviy texnik vositalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi kerak.
4.2. Ushbu ta’lim dasturi asosida o‘quv rejasi, o‘quv jarayonini tashkil qilishning yangi tamoyillari, reyting nazorati usullari ishlab chiqilishi kerak.
Reyting nazorati talabalar bilimini joriy, oraliq va yakuniy baholash bilan amalga oshiriladi.
O‘qish davomida talaba kamida ikkita (gumanitar fanlar va chet tili bo‘yicha) davlat imtihonlarini topshiradi va malakaviy bitiruv ish bajaradi.2 Davlat imtihonlari tegishli fanlar bo‘yicha o‘quv jarayoni tugagach topshiriladi.
4.3. Malakaviy amaliyotlar talabalarni amaliyot dasturlarida ko‘zda tutilgan ish o‘rinlari bilan ta’minlay oladigan zamonaviy korxonalarda, tashkilotlarda va ITIlarda o‘tkaziladi.
4.4. Mustaqil ta’lim u yoki bu fanning dasturiy materiali asosida kafedra tomonidan aniqlanadi va tegishli fan bo‘yicha nazariy va (yoki) amaliy (uyga vazifa, kurs ishi va uning bir qismi va shu kabilar) shaklida bo‘ladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə