O`zbekiston respublikasi


Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə22/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga
qo‘yiladigan talablar

«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasidabakalavr:


-«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari va metodlari; turkiy tillar fonetikasi, grammatikasiga oid nazariy va amaliy masalalarni hal qilish; turkiy tillar oilasiga mansub tillar va ularning hududiy tarqalishi, fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini qiyoslash kabi masalalarnibilishi kerak;
-qiyosiy-tarixiy metod; diaxronik va sinxronik, komponent tahlil, glottoxronologiya, bevosita tarkiblarga ajartish metodlarini amalda qo‘llay bilish; morfologik qayta bo‘linish; etimologik tahlil; nazariy ma’lumotlarni umumlashtirishko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
-«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanining turkiy tillar shakllanishi va keyingi taraqqiyotini tahlil qilishdagi ahamiyatini asoslash,til birliklari va nutq birliklarining turkiy tillarga xos munosabatini tahlil qilish, qadimgi davrlarga xos tarixiy grammatik shakllarning hozirgi turkiy tillardagi ko‘rinishlarini, leksik birliklarningshakliy va semantik strukturasidagi farqli semalarni tahlil qilishmalakalariga ega bo‘lishi kerak.


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 8-semestrda o‘qitiladi. «Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan “Tilshunoslik nazariyasi”, “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”, “Sotsiolingvistika”, “Til tarixi” fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.




Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini, morfologik, tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, turkiy tillarning umumtaraqqiyot va xususiy taraqqiyot bosqichiga oid xususiyatlarning hozirgi turkiy tillardagi ifodalanish darajasini belgilash; turkiy tillar taraqqiyotidagi tashqi va ichki omillarning o‘rnini tahlil qilish til taraqqiyotiga xos xususiyatlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.


«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fani turkiy tillardan biri hisoblangan o‘zbek tili tabiatini, fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini yoritishda, o‘zbek tili masalalarini o‘rganishga qaratilgan fanlar asoslarini o‘zlashtirishda ham ahamiyatlidir.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə