O‘zbekiston respublikasi


Mahg`itlar davrida qo`shinning ahvoli va Nasrulloxon davrida



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix11.02.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#100636
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Бухоро хонлиги укув кулланма 05 01 2019

 
Mahg`itlar davrida qo`shinning ahvoli va Nasrulloxon davrida 
harbiy islohotlar 
3.
 
Qo`shin tarkibi 
 
Shayboniylar va ashtarxoniylar davrida harbiy ish. 
Dashti 
Qipchoqda 
Abulxayrxon 
(1428-1468) 
boshchiligidagi 
davlatning 
parchalanishi tufayli tarqalib ketgan harbiy qo‘shinlar o‘zaro urushayotgan 
temuriylarga katta mablag‘ yoki mukofot evaziga yordam berishga tayyor 
edi. Bu harbiy qo‘shinlarga Dashti Qipchoq sultonlari boshchilik qildilar. 
Ular o‘z harbiy kuchlari bilan Movarounnahrdagi temuriylarga 
yollanib, o‘zaro kurashlarni yanada avj oldirdilar. Masalan, 
Abulxayrxonning amakivachchasi Baxtiyorning o‘g‘illari – Hamza Sulton 
va Mehdi Sulton o‘z harbiy guruhlari bilan avvaliga andijonliklarning 
Samarqandga yurishida yosh Boburga, keyin esa boshqa temuriyzoda – 


66 
Boysunqur Mirzoga, undan keyin esa yana o‘sha davrda kuchayotgan 
Dashti Qipchoqdagi Shayboniyxonga xizmat qilganlar. Umuman Dashti 
Qipchoqdan Movarounnahrga kirib kelgan boshqa ko‘plab yollanma 
qo‘shinlar keyinchalik Shayboniyxonning Movarounnahrga qilgan harbiy 
harakatlarida faol qatnashib, unga katta yordam berganlar.
Ko‘chmanchi qo‘shinlar o‘ziga xos jang olib borish taktikasini ishlab 
chiqqan edilar. “Dushmanni o‘rab olish” ularning urush olib borishdagi 
strategik usullaridan biri edi. “Dashti Qipchoqlarning buyuk harbiy 
san'atlaridan biri “o‘rab olish” edi, - deb xabar beradi Bobur, - ularning 
biror bir muhorabasi o‘rab olishsiz bo‘lmaydi”. Chekinganda esa, 
qo‘shinlar turli tomonlarga tarqalib ketganlar va shu yo‘l bilan ta'qib 
qilayotgan dushmanni to‘zitib yuborishga erishganlar. 
Yollanma harbiy qo‘shinning yetakchisi o‘z sarkardasini ilk 
mag‘lubiyatidayoq almashtirishi va kelajakda yangi lashkarboshi qo‘l 
ostida xizmatni davom ettirishi mumkin edi.
Yozma manbalarda qayd etilishicha, eng asosiy jang qurollari o‘q va 
kamon bo‘lgan. Oddiy kamon yoy shaklida egilgan yog‘ochning ikkala 
uchini mustahkam ip bilan tarang qilib bog‘lash orqali yasalgan. Bu 
davrda kamonning asosi tashqi tomondan chandir, ichki tomondan silliq 
muguz yopishtirilgan yog‘ochdan iborat bo‘lgan. Ba'zida tutqichining 
o‘rtasi va oxiri suyak bilan qoplangan. Bu kamonning o‘qi uzoqqa 
otiladigan alohida, murakkab turi edi. Shu bilan birga, murakkab tuzilishga 
ega kamonlarning turlari ham turlicha bo‘lgan.
Siyosiy qudrati ko‘p jihatdan qurolli kuchlarga bog‘liq bo‘lgan 
Shayboniylar davlatining poytaxt hisoblangan Samarkandda XVI asrning 
birinchi yarmida qurol-yarog‘ yasash ishlari sezilarli darajada rivojlangan. 
Qo‘shin va harbiylashgan qismlar uchun qilichlar, xanjarlar, oyboltalar, 
jangovar boltalar, sovutlar, dubulg‘alar, qalqonlar va turli xildagi qurol-
yarog‘lar tayyorlangan.
Shayboniylarning hokimiyat tepasiga kelishi bilan qo‘shinda 
ko‘chmanchilarga xos unsurlar yetakchilik qila boshlaydi, chunki ular 
qo‘shinining o‘zagini ko‘chmanchilar tashkil qilar edilar. Otliq qo‘shin 
tarkibining negizi bo‘lgan jangchilar, odatda lashkarlikka qurollangan 
holda kelishlari kerak edi. XVI asr boshlarida ikki siyosiy dushman 
temuriylar va shayboniylar qo‘shini o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni yoritgan 
har ikki tomonga mansub muarrixlar o‘z asarlarida ular orasida alohida 
tafovutlar mavjudligini qayd etishmaydi. Har ikki qo‘shin ham kamon va 


67 
o‘q, qilich va qalqonlar bilan qurollangan. Tanasining turli qismlari 
sovutlar bilan muhofaza qilingan.
Qurol-aslahalar odatda, mahalliy ustalar tomonidan yasalgan, 
shuningdek, boshqa, mamlakatlardan ham keltirilgan. Hofiz Tanish 
Buxoriyning qayd etishicha, Darbanl qurol-aslahalari ortilgan bir necha 
tuya Moskvadan Buxoroga kelgan.
Yozma manbalarda XVI asr oxirida Samarqandda qurol-aslahalar 
tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator ustalar tilga olinadi. Bolalarni usta 
hunarmandlarga shogird tushish munosabati bilan tuzilgan “Majmuai 
vasoyiq” deb atalgan bitimlar to‘plamida jibatob usta va shogirdlar orasida 
tuzilgan shartnomalar mavjud. Bu bitimlar Samarqandda imzolangan 
Mazkur bitimlarning biriga muvofiq, Mulla Temur Mulla Jonmuhammad 
o‘g‘li o‘z ukasi Ibodullani ikki yil ichida shu soha mutaxassislari uning 
muvaffaqiyatlarini e'tirof etadigan darajadagi “yarog‘ aslaha tayyorlash 
san'ati”ni o‘rganishi uchun Ustoz Muhammad Mo‘min jibatobga 
shogirdlikka beradi. Ikkinchi bitimga muvofiq, Ustoz Navro‘z jibatob to‘rt 
yil ichida o‘z hunarini Shohmuhammad Ustoz Ramazon o‘g‘li degan 
bolaga o‘rgatishi kerak edi. Samarqandlik jibatoblarning mahsulotlari 
mahalliy aholining badavlat toifasiga mansub harbiylar, shuningdek, 
boshqa shaharlar aholisi tomonidan sotib olingan.
Harbiy anjomlar sifatida ko‘rsatish mumkin bo‘lgan aslahalardan biri 
harbiylarning boshini himoya qiladigan dubulg‘ani sanash mumkin. 
Dubulg‘a turli shaklda, kigizdan tikilgan, shuningdek, sovut to‘ri osilgan 
yoki osilmagan metalldan yasalgan bo‘lishi mumkin.
Lashkar yo‘lboshchilari jangovar otlarining tanasi zirh bilan himoya 
qilingan. Ularning bir qismi O‘rta Osiyoga yevropadan keltirilib, 
“farangiy” – “yevropalik” deb yuritilgan. Metallga o‘ralib, yevropacha zirh 
yopilgan otga askar viqor bilan o‘tirgan.
O‘tochar qurollarning keng yoyilishi va takomillashuvi bilan 
chopadigan va otadigan qurollarning xususiyati ham o‘zgarib bordi. O‘q 
kiyim-boshni nisbatan oson teshib o‘tgani tufayli uning shakli bir necha 
marta o‘zgargan. Lekin XVI asrda ham oldingi asrlarda ma'lum bo‘lgan 
qurol va qalqonlardan foydalanishda davom etganlar. Yoy-andozlar esa, 
miltiq qo‘llanila boshlagandan keyin ham qo‘shinning asosiy tayanchi 
bo‘lib qolavergan.
Jangda, shuningdek, zarba berish uchun qo‘llaniladigan qadimiy 
qurol-cho‘qmordan ham foydalanilgan. U bir uchida tasma yoki zanjir 


68 
bilan osilgan metall soqqa, ikkinchi uchida qo‘lga taqiladigan ilmoq 
bo‘lgan qisqa tayoq shaklida edi.
Nayza-yog‘ochdan yasalgan uchlik uzun qurol, tarqoq va zich hujum 
vaqtida qo‘llanilgan. Nayzalar uzun va qisqa dastali bo‘lgan. Otliq 
nayzabardorning harakati ko‘p jihatdan otning kuchiga bog‘liq edi.
Harbiy janglarda, yurishlarda otlar va otliq qo‘shin muhim rol 
o‘ynagan. XV asr oxiri XVI asr boshiga mansub mualliflar so‘nggi 
temuriylar hukmronligi davridagi ba'zi bir amirlarning ko‘plab “zotli”, 
“xonzodi” otlari bo‘lganligi to‘g‘risida xabar beradilar.
Janglarda qilichning ahamiyati katta edi, shu bilan birga yaqin 
masofadagi jangda jangovar boltadan ham foydalanilgan. “Tarixi guzidai 
nusratnoma” asarida yozilishicha, Shyboniyxon o‘g‘li Muhammad 
Temurga bolta olib, kofirlarga qarshi urushga otalanishni buyugan.
XVI asr birinchi choragidagi ko‘plab harbiy to‘qnashuvlarning 
ishtirokchisi va qahramoni Zahriddin Boburning ma'lumotlariga qaraganda 
o‘tochar qo‘l quroli – to‘fang o‘sha paytda Bajour (Afg‘oniston) aholisiga 
ma'lum bo‘lmagan. Ular bunday qurolni hech qachon ko‘rishmagan va 
jang boshlanganda, to‘fang ovozini eshitib ham parvo qilmay, o‘qning 
ro‘parasida turishda davom etgan. Faqat Ustoz Ali Quli va boshqa ba'zi 
jangchilar to‘fangdan o‘t ochib, o‘nga yaqin bajourliklarni yer 
tishlatganidan keyingina, boshqalar dushman ochayotgan o‘tdan o‘z 
boshlarini qutqarish payiga tushadilar. Afg‘onistonning ba'zi joylarida 
to‘fang faqat 1519 yilda Bobur qo‘shini bilan birga paydo bo‘lganligidan 
kelib chiqsak, mazkur o‘q otar qurol bu yerda keng tarqalmaganligi 
ma'lum bo‘ladi.
O‘rta Osiyoda harakat qilgan lashkarlarning to‘fangni doimiy 
ravishda qo‘llashi XVI asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Shunga ko‘ra, bu 
davrga kelib, stvoli misdan qilingan to‘fanglar haqida ma'lumotlar beriladi. 
Masalan, Buxorodagi viloyat hukmdorlaridan Said Burxon lashkari 
otryadlaridan biri shunday to‘fanglar bilan qurollangan edi. Manbalarda 
shu davrga oid temir alvonli to‘fanglar haqidagi ma'lumotlar mavjud 
bo‘lib, ularga ko‘ra, bunday qurollar bilan “rumiylar” qurollangan edilar.
XVI asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran qo‘lda olib yuriladigan o‘q 
otish qurollarini texnik jihatdan takomillashtirish qo‘shinni, shu jumladan, 
yollanma lashkarlarni ham qurollantirishda ham muhim rol o‘ynay 
boshladi. Jumladan, Samarqand hokimi bo‘lib turgan Shayboniy Navro‘z 
Ahmadxon (Baroqxon), shuningdek, uning o‘g‘li Bobo Sulton qo‘shinlari 


69 
tarkibida miltiqdan o‘t ochuvchilardan tashkil topgan yollanma askarlar 
guruhi xizmat qilgan.
To‘fangdozlar otgan o‘q qalqon, sovut, ba'zida qalqon va sovutni 
ham baravariga teshib o‘tgan. Boburning jang sharoitida alohida ajralib 
turadigan ba'zi bir zamondoshlari, jumladan, zambarak yasash bo‘yicha 
usta-ustoz Ali Quli to‘fangdan yaxshi otgan.
Keyinchalik o‘q otar qurollarning takomillashishi va keng tarqalishi 
bilan urushda asosiy jang vositasi bo‘lgan kamon faqat ba'zi 
mintaqalardagina ikkinchi o‘ringa o‘tgan. 
 
O‘rta Osiyo xonliklari qurolli kuchlari tarkibida kamonchilar 
mavqyei keyinchachlik ham salmoqli bo‘lgan. XVII asrda ham kamon 
yengil otliqlarning ot ustida turib nishonga uruvchi tezotar qulay qurol 
bo‘lib qolavergan.
Xulosa qilib aytganda, XVI-XVII asrlarda harbiy ish va qurol-
yarog‘lar holatida Amir Temur davridagi an'analar saqlanib qolindi. Ayni 
paytda Dashti Qipchoqdan ko‘chib kelgan ko‘chmanchi harbiylar taktikasi 
o‘zlashtirildi, shuningdek, ayrim yangi qurollar – to‘p, zambaraklar paydo 
bo‘lib, 
qurol-yarog‘ 
yasash 
hunarlari 
takomillashdi. 
Ammo, 
markazlashgan davlatning barbod bo‘lishi tufayli izchil harbiy islohotlar 
amalga oshirilmadi. Siyosiy tarqoqlik va ichki nizolar tufayli mustahkam 
muntazam qo‘shin tuzish imkoni bo‘lmadi, vaqtinchalik yollanma 
qo‘shindan foydalanishga zo‘r berildi. Bu holat Amir Temur davrida 
rivojlangan harbiy an'ana va tartiblarni izchil davom ettirishga imkon 
bermadi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə