Mang`itlar
hukmronligi
davrida
davlat
boshqaruvi
va
mansablar.
Markaziy davlat boshqaruvini bir qator idoralar majmuasi
tashkil etib, davlatning oliy boshqaruv organi – oliy davlat mansabi
hisoblangan qushbegi tomonidan boshqariladigan davlat devonxonasi
(qushbegi devonxonasi) hisoblangan. Qushbegi mansabi ilgaridan mavjud
bo‘lgan bo‘lsada, XVII asrga kelib “otaliqlik” unvoniga nisbatan uning
ahamiyati va vakolat doirasi ancha toraygan.
XVIII asrning o‘rtalariga kelib qushbegi mansabi yetakchi o‘ringa
chiqib, u davlat apparatining asosiy bo‘g‘ini sifatida barcha boshqaruvning
asosiy funksiyalarini o‘z qo‘lida to‘play borgan. Qushbegi mahalliy beklar
orqali markaziy davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir qatorda, chet
mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan olinadigan boj to‘lovlari
ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Qushbegi lavozimiga davlatning tajribali, ishbilarmon, siyosatdon
kishilaridan tayinlanib, nomzod avval devonbegi mansabida faoliyat
yuritgan bo‘lishi lozim bo‘lgan. U saroydagi eng yuqori unvon egasi
sifatida davlatda amirdan keyin turgan. Turklardagi ulug‘ vazir yoki
55
Yevropadagi davlat kansleri singari, qushbegi amirning eng yaqin
maslahatchisi va ishonchli kishisi bo‘lgan. Qushbegi bir vaqtning o‘zida
amirning shaxsiy muhrini saqlash, boshqa davlatlar bilan aloqalarni
nazorat qilish, shuningdek moliya ishlarini boshqarish kabi mas'ul
vazifalarni ham amalga oshirgan.
Buxoro xonligida savdo-sotiqdan olinuvchi barcha bojxona to‘lovlari
boshqaruvi ham qushbegi qo‘lida bo‘lishi bilan bir qatorda, u yer solig‘ini
yig‘ish va yer-mulklarni berishni ham nazorat qilgan. Bulardan tashqari
unga amir saroyi xavfsizligini nazorat qilish vazifasi ham yuklatilgan.
Aynan mana shuning uchun ham amir shahardan boshqa joyga ketgan
paytda u saroy darvozaxonasining unga maxsus qurilgan joyida amir
shaharga qaytguncha kutib o‘tirishga majbur bo‘lgan. Har kuni kechqurun
shaharning kechasi qulflanadigan darvozasi kaliti qushbegiga olib kelib
berilgan va ertasiga ertalab esa kalitlar yana darvozabonlar boshlig‘iga
qaytarilgan. Shuningdek, qushbegi Buxoro shahar hokimi bo‘lish bilan
birga, barcha beklarning oliy boshlig‘i ham edi. Uning mahkamasidan
markaziy hokimiyatning ko‘rsatmalari va qarorlari chiqib turgan.
Qushbegi barcha ishlarni bevosita amirning roziligi bilan qilgan va har
kuni qilingan va qilinayotgan ishlar to‘g‘risida amirga yozma yoki og‘zaki
axborot berib turgan.
Otaliq – amirlik markaziy boshqaruvida o‘ziga xos vakolatga ega
bo‘lgan, mang‘it hukmdorlarining tayanchi hisoblangan va ularning
hurmatiga sazovor bo‘lgan mansab egasi. Unga Buxoro shahri va
Samarqanddan Qoraqo‘lgacha bo‘lgan hududlarda suv taqsimotini nazorat
qilish vazifasi yuklatilgan. O‘z navbatida otaliq Shohrud kanali mirobligi
vazifasini ham bajargan.
Buxoro xonligida ahamiyati bo‘yicha uchinchi pog‘onada moliya
idorasi
–
moliyaviy devonxona turgan, ushbu davlat idorasini oliy
moliyaviy amallardan biri sanalmish devonbegi boshqarib, u davlat
boshqaruv tizimida ikkinchi mansabdor shaxs hisoblangan. Devonbegi
davlat xazinasi, zakot (xorijiy mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan
tashqari) hamda soliqlarga nisbatan umumiy davlat boshqaruvini amalga
oshirgan.
Amirlikda markaziy idoralardan biri mudofaa va harbiy masalalar
bilan shug‘ullanuvchi vazirlik bo‘lib, ushbu idora bevosita to‘pchiboshiyi
lashkar (harbiy vazir) tomonidan boshqarilgan. To‘pchiboshiyi lashkar
davlatdagi barcha otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan qo‘shinni
56
boshqargan. U mahalliy hududlarni harbiy masalalarda amalda yordam
beruvchi maxsus vakillari orqali nazorat qilgan.
O‘z navbatida amirlik markaziy boshqaruvida boshqa bir qator
mansab va unvonlar bo‘lib, ulardan to‘rtta asosiy va yuqori darajadagi
lavozim egalari hukumatga aloqasi bor shaxslar hisoblangan. Jumladan,
Birinchisi, shayx ul-islom – diniy unvonlardan biri bo‘lib, diniy
ishlarni boshqargan va nazorat qilgan. Qozi askar – harbiy masalalar va
harbiy jinoyatlarni ko‘rib hal qiluvchi mansabdor;
Ikkinchisi, a'lamlar – davlatda fiqhiy masalalar bo‘yicha fatvo
chiqaruvchi shaxslar. Harbiy muftiylar – harbiylar uchun fatvo tuzuvchi,
ayniqsa, davlat boshlig‘ining boshqa bekliklarga safari chog‘ida va harbiy
yurishlari paytida harbiylar uchun fatvo chiqaruvchi vakil hisoblangan;
Uchinchisi, muhtasib – aholini shariat ta'qiqlagan harakatlardan
tiyilib turishiga va yaxshilikka oid harakatlarni qilishiga undash bilan
shug‘ullangan.
To‘rtinchisi, tarbiyachi-mudarrislar – ushbu mansab egalariga
amirlikda katta e'tibor berilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi talabalarga
ilm berish va ularni shariat yo‘li asosida tarbiyalash bo‘lgan. Shuni alohida
ta'kidlash joizki, bo‘lajak qozilar, beklar va boshqa mansabdor shaxslar
ularning tarbiyasini va ilmini olishi shart bo‘lgan. Undan tashqari yana
to‘rt mansab mavjud bo‘lganki, ularni amir bevosita saidlik obro‘-
e'tiboriga ega bo‘lgan fuqarolarga in'om etgan.
Davlatda yana to‘rt turdagi lavozim mavjud bo‘lib, maxsus tayinlov
asosida faoliyat yuritmasdan, balki ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar ushbu
mansablarga har qanday shaxs tayinlanishi mumkin bo‘lgan. Aniqrog‘i,
amirga ma'qul bo‘lgan olimlar, saidlar, xojalar, o‘zbeklar va boshqalardan
biriga topshirilgan mir asad, fayzi, sadr va sudur deb nomlangan
lavozimlar.
Agar fayzi olim yoki said bo‘lsa, unga muqaddas Buxoro shahrining
tashqi qismi muxtasibligi topshirilgan. Agar mirasad olim yoki said bo‘lsa,
unga saidlar o‘rtasida rabot(kichik shaharcha)da bir farsang oralig‘ida
muxtasiblik vakolatini amalga oshirish yuklatilgan. Sadr – Buxoro shahri
rabot ichidagi bir farsang masofada joylashgan vaqflar hisob-kitobini
yuritgan bo‘lsa, sudur rabot tashqarisidagi vaqflarni boshqarish masalasi
bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Amirlik markaziy boshqaruvida davlat boshlig‘ining tashkiliy-
ijrochilik ishlarini olib boruvchi bo‘limi mavjud bo‘lib, unda quyidagi to‘rt
asosiy mansabdor shaxs o‘ziga belgilangan vakolatni amalga oshirgan.
57
Jumladan, devonbegi – tanxo masalalarini qayd etuvchi daftarni yuritish
mudiri; mushrif – hukmdor tomonidan taqdim etilgan ashyolar, kiyim-
kechaklar, qalqonlar, sovutlar va boshqa sovg‘alarni yozib qoldirish ishlari
bilan shug‘ullangan; daftardor – tanho yoki suyurg‘oldan foydalanish
bo‘yicha tasdiqlangan yoxud rad etilgan shaxslarning ma'lumotini
yuritgan; tanobchi devon – bahor va kuz oylarida xiroj yerlaridan
tushadigan tushumlarni yurituvchi lavozimda xizmat qilgan.
Davlat boshlig‘i mahkamasining ikki asosiy maxsus xodimi bo‘lib,
ular amirning kundalik ish yurgizish masalalari bilan bevosita mashg‘ul
bo‘lgan. Parvonachi – amir farmonlari va boshqa qarorlarini beklarga
hamda boshqa mansabdor shaxslarga yetkazish masalalari bilan
shug‘ullangan. Dodhoh – davlat boshlig‘iga turli masalalar bo‘yicha kelib
tushadigan ariza va shikoyatlarni qabul qilib, unga yetkazish hamda
berilgan javoblarni o‘z egalariga qaytarish vazifasi yuklatilgan.
Markaziy boshqaruvida boshqa bir qator mansablar ham mavjud
bo‘lib, ular asosiy vazifa bilan birga qo‘shimcha vakolatlarga ham ega
bo‘lgan. Masalan, to‘qsabo – amir majlisi dasturxonini nazorat qilish bilan
birga, Xarkanrud tumanining hokimligi va mirobligi ham uning qo‘lida
edi. Shu bilan birga, to‘qsabo harbiy harakatlar chog‘ida amir bayrog‘ini
ko‘tarib yurgan. Eshikog‘aboshi esa, davlat boshlig‘i o‘z saroyida bo‘lgan
vaqtda uni qo‘riqlash bilan bir qatorda Shofirkon tumanini boshqarish va
bu hududlarda suv taqsimotini nazorat qilgan.
Miroxur – amir otxonasida ishni tashkil etish bilan birga Komi Abu
Muslim tumani mirobligi va obodonlashtirish masalasi bilan shug‘ullanar
edi. Yana uchta mansab mavjud bo‘lib, ushbu mansablar harbiy-ma'muriy
xarakterga ega edi. Ulardan birinchisi, qo‘rchiboshi deb atalib, amir
miltig‘i va boshqa quroli sozligi uchun javobgar bo‘lgan. Udaychi esa,
harbiy harakatlar jarayonida naqibning ko‘rsatmasiga binoan navkarlar va
qo‘shinning taqsimlanishi va joylashuvini kuzatish vazifasini bajargan.
Qorovulbegi
–
soqchilar va qorovullar boshlig‘i sanalib, davlatning asosiy
ichki va tashqi xavfsizligi masalalarini nazorat qilib turgan.
Amirlikda shig‘ovul, miroxo‘rboshi, mirshab kabi amallar bo‘lib,
ular ham o‘ziga xos ravishda tegishli vazifalarni ado etganlar. Masalan,
shig‘ovul – davlat vakillari va elchilarni qabul qilib, ularning faoliyatini
nazorat qilish bilan shug‘ullangan. Miroxo‘rboshi – hukmdorga tegishli
bo‘lgan otlarga yem-xashak yetkazish masalasini tashkil qilib, nazorat
ostiga olgan. Mirshab esa, shaharni qo‘riqlash vazifani bajargan.
58
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, markaziy boshqaruvda o‘sha
davrda o‘zga davlatlarda amalda mavjud bo‘lmagan tartib, ya'ni harbiy
yig‘inlar paytida mahalliy boshqaruv vakillari markaziy boshqaruvda
bevosita ishtirok etganlar. Chunonchi, chandavul, qorovul, yo‘lchi va josus
kabi.
Davlat mahkamasida boshqa bir qator xizmatchi xodimlar bo‘lib, ular
faqatgina tegishli xizmat vazifalarini bajarganlar. Ular qatoriga jibachi,
sadaqko‘rchi, qilichko‘rchi, mo‘zabardor, oftobachi, ro‘ypokbardor,
qurutbardor, tarkashbardor, gulobi, mufarrix, dastorband, jig‘oband,
tamakisoz, otashbardor, to‘g‘bichi, shukurchi, nayzabardor, jilovchi
kabilar. Masalan, jibachi harbiylar uchun maxsus kiyim tiksa, mo‘zabardor
amirning oyoq kiyimlarini saqlagan.
Markaziy boshqaruvda har bir sohani, aniqrog‘i savdo-sotiq, hunar-
mandchilik, ishlab chiqarish kabi masalalarni boshqarib turuvchi vakillar
tayinlangan. Masalan, sharbatdor amirlikda turli ichimliklarni tayyorlash
va yetkazishni tashkil etgan bo‘lsa, zargarboshi zargarlar faoliyatini
nazorat qilib turgan. Me'morboshi esa, shaharning bosh me'mori
hisoblanib, shaharni bezash va qurilish ishlariga umumiy rahbarlikni
amalga oshirgan.
O‘z o‘rnida ta'kidlash lozimki, amirlikda fuqarolarning xavfsizligini
ta'minlashga doir bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, fuqarolarni
yo‘llarda o‘g‘ri, talonchi, bosqinchi va turli isyonchilar hujumidan himoya
etish maqsadida bir qator mansablar joriy etilgan edi. Ular qatorida
zindonband, jilband, jallod va bandiband kabi amaldorlarni sanab o‘tish
mumkin.
Amir yoki uning vakolati doirasida tayinlangan mansabdor shaxslar,
ya'ni amirning joylardagi vakili, mahalliy boshqaruvchilar hamda beklar
davlatning mahalliy boshqaruv organlari hisoblangan. Beklar yuqori
tabaqa vakillaridan bo‘lib, asosan yirik yer egalari orasidan tayinlangan.
Qoida bo‘yicha mansablar qarindoshlik asosida berilgan, ammo shuni
alohida ta'kidlash joizki, oddiy fuqaro ham bek bo‘lishi yoki aksincha bek
oddiy fuqaroga aylanib qolishi mumkinligi o‘z navbatida beklik
boshqaruvini mas'uliyatli vazifa ekanligidan dalolat beradi.
Mahalliy boshqaruvni amalga oshirgan beklar ko‘p hollarda
boshqaruv masalasida markaziy boshqaruv tartibini joriy etishga harakat
qilar edilar. Shuning uchun amirlikning ayrim hududlarida vaqti-vaqti
bilan mavjud hokimiyatni tan olmaslik holatlari kuzatiladi. Har qaysi bek
o‘zining saroyiga, mansab va unvoniga ega bo‘lgan. Beklarning ishlarni
59
boshqarish va tashkillashtirish bo‘yicha kotiblari bo‘lib, hududlardan
tushadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni nazorat qilgan. Xo‘jalik
ishlarini dasturxonchi deb nomlangan xazinabon boshqargan.
Buxoro xonligida bekliklar huquqiy maqomi bo‘yicha bir-biridan
farq qilgan. Masalan, Samarqand bekligi nufuzliligi, Qarshi bekligi ko‘p
hollarda davlat boshlig‘i merosxo‘ri hokimligi bilan, Chorjo‘y bekligi esa
urug‘ davomchilariga, Buxoro bekligi esa qushbegining o‘zi tomonidan
boshqarilganligi tufayli keng imtiyozlarga ega bo‘lgan. Umuman olganda
bekliklarning maqomi ularning davlat va jamiyatga keltiradigan foydasi
miqdoriga bog‘liq bo‘lgan. Beklar asosan rentadan daromad olganlar,
chunki ular amirdan hech qanday moyana haqi olmaganlar, o‘z navbatida
ular aholidan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish ishlariga bosh-
qosh bo‘lganlar. O‘z o‘rnida beklar amirning amaldorlari sanalib, amir
tomonidan farmon asosida tayinlanganlar hamda amirga hududiy birliklar
bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalar yuzasidan hisob berib
turganlar. Yuqoridagi xususiyati bilan beklar ilgarigi, ya'ni xonlik
davridagi bek-amir lavozimidan keskin farq qiladi. Beklik mansabi Buxoro
xonligi tomonidan belgilab qo‘yilgan “Unvonlar ro‘yxati” bo‘yicha
mansablik unvoni tizimida 9 (to‘qqiz) darajadagi unvonlar toifasiga
kirgan.
Biz ko‘rib chiqayotgan davrda amirlik ma'muriy-hududiy jihatdan 27
ta beklik (viloyat) va 11 tumanga bo‘lingan bo‘lib, har bir beklik, o‘z
navbatida amlokdorliklarga bo‘lingan va bek tomonidan tayinlanadigan,
lavozimidan
ozod
etiladigan
amlokdor
tomonidan
boshqarilgan.
Amlokdorliklar esa, bir necha qishloqlardan tashkil topgan, ularni
qishloqning yoshi ulug‘ va tajribali oqsoqollari boshqargan. Har bir
amlokdorlik uch asosiy mansabdor, ya'ni mirob, zakotchi va
dorug‘aboshilar orqali boshqarilgan. Mirob – hududning sug‘orish tizimini
kuzatish va suvni taqsimlash vazifasini bajargan bo‘lsa, zakotchi soliq va
yig‘imlarni nazorat qilib turgan.
Beklik lavozimi meros tariqasida qolmasdan, balki har qanday
holatda amir tomonidan almashtirilishi yoki lavozimidan ozod etilishi
mumkin bo‘lgan. Bek vafot etgan holatlarda uning barcha mol-mulklari
davlat xazinasiga topshirilib, uning merosxo‘rlari qolgan merosga nisbatan
hech qanday egalik huquqiga ega bo‘lmay, balki keyinchalik markaziy
boshqaruvda xizmat qilgan. Bekliklarda yuzaga kelib turadigan
kelishmovchiliklarni
bartaraf
etish
maqsadida
ayrim
hududlarni
60
birlashtirishga yoki aksincha ajratish hollariga ham to‘g‘ri kelgan. Beklik
boshqaruvi saroyida ko‘plab mansab egalari mavjud bo‘lgan.
1890 yillarga kelib Darvoz bekligi ma'muriy-hududiy jihatdan 11 ta
amlokdorlikka bo‘lingan bo‘lib, beklik Darvoz asoschisi Xudoynazar-
Otaliqning nevarasi Muhammad Nazarbek tomonidan idora etilgan. U har
yili amirga belgilangan tartibda sovg‘a-salom qilib turishi lozim edi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, beklik mahalliy boshqaruvida 5 biy, 5
eshikog‘asi, 3 to‘qsabo, miroxo‘rlar, qorovulbegi, jevachi, mirzaboshi,
chiroqog‘asi va navkarlar ishtirok etishgan.
Sharqiy Buxoro hududidagi Hisor bekligi mahalliy boshqaruvida
amal qilgan ma'muriy tuzilishini tahlil etish barobarida Buxoro xonligidagi
mahalliy boshqaruv tizimini o‘rganib chiqadigan bo‘lsak, ushbu hududda
qoidaga binoan bek lavozimini amirning yaqin qarindoshlaridan biri, ya'ni
amir Abdulahadning tog‘asi Ostonaqulibek egallagan edi. Hisor bekligi
Buxoro xonligining eng boy hududlaridan biri va bek amirning yaqin
qarindoshi sanalganligi sababli unga o‘lim jazosiga mahkum etish huquqi
berilgan edi.
Ostonaqulibek ixtiyorida bir qator mansabdor shaxslar bo‘lib, bu
hududda ham barcha amaldorlar o‘zga bekliklar kabi mahalliy aholidan
yig‘iladigan soliqlar hisobiga yashaganlar. Bek tomonidan beriladigan
moyana amaldorlar daromadining ma'lum bir qismini tashkil etgan.
Ostonaqulibek beklikni o‘zining qushbegisi va katta yasovulboshisi orqali
boshqargan. Undan tashqari beklikda maxsus devonxona bo‘limi mavjud
bo‘lib, ushbu bo‘lim yetti kotib tomonidan idora etilgan. Shu bilan birga,
mahalliy boshqaruvda turli vazifalarni bajaruvchi 25 ta yasovul ham
ishtirok etgan.
Hisor bekligida boshqaruvni qulay yo‘lga solish maqsadida beklik
amlokdorlar tomonidan boshqariladigan 23 ta amlokdorlikka bo‘lingan
edi. Amlokdorlar bekning qarindoshlaridan tayinlansada, lekin hech
qanday moyana haqi olmaganlar. Ular asosan qishloqlardan yig‘iladigan
daromadlar hisobiga yashar hamda hududdagi aholidan jarimalarni qabul
qilib olar edilar.
Har bir amlokdor 10 tadan 200 tagacha navkarga ega bo‘lib, ular
asosan harbiy xizmatni o‘tash, bek va amlokdor saroyini qo‘riqlash hamda
qamoqqa mahkum qilinganlarni nazorat qilib, qamoqxonalarga yuborish
vazifasini bajarganlar. Navkarlarning ijtimoiy tarkibi turli-tuman bo‘lib,
hatto navkarlik xizmatiga ayrim yirik yer egalari ham qabul qilingan.
Navkarlarning mansab darajasi ularning mulkiy holatiga qarab
61
belgilangan. Undan tashqari xizmat vazifasini a'lo darajada bajargan
navkarlarga bek tomonidan qo‘shimcha ravishda ayrim qishloqlardan
to‘lovlarni qabul qilib olish huquqi berilgan.
Amlokdorliklarda navkarlarning soni bir xil bo‘lmagan. Masalan,
Esonxo‘ja amlokdorligida 195 ta, Bodroqlida – 90, G‘ozimalikda – 80,
Qoratog‘ va Regarda 25 tadan, Xonakida – 24, Sarijo‘yda – 18,
Sho‘rkonda – 13, Dashnobodda – 11, Sariosiyoda – 8, Hisorda – 7 tadan
navkar bo‘lgan.
Ko‘lob va Qorategin bekliklarida mahalliy boshqaruvga aloqasi
bo‘lmagan doimiy qurollangan zambarak otuvchi qo‘shinlar mavjud edi.
Denov va Qo‘rg‘ontepa bekliklarida esa, amirning doimiy armiyasi
bo‘lmay, balki beklar boshqaruvni mahalliy harbiy kuchlarga tayanib
amalga oshirganlar.
Bekliklarda mahalliy boshqaruv tashkil etishda diniy-huquqiy
masalalarni hal etuvchi qozi, rais, muftiy va mirshab kabi amaldorlar
ishtirok etganlar.
Bekliklar qozilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Buxorodan tayinlangan va o‘z
faoliyatida bekdan mustaqil bo‘lganlar. Ular odatda bekning harakatlari
haqida maxfiy ravishda Buxoroga xabar berib turganlar. Diniy amaldorlar
mamlakatdagi sud hokimiyatini, shuningdek, ta'lim va tarbiya maskanlari
bo‘lgan madrasalar, boshlang‘ich maktablarni, kundalik hayotda katta
o‘rin tutgan masjidlar va boshqa shu turdagi ijtimoiy muassasalarni o‘z
nazoratlari ostiga olgan edilar.
Shahar jamoat tartibini saqlash mirshablarga topshirilgan. Buxoro
shahri mirshabboshisiga bir vaqtning o‘zida amirlikdagi boshqa barcha
shaharlar mirshablari ham bo‘ysungan. Hukumatga tegishli vazifalar mir
rasas, ya'ni mirshab qo‘lida bo‘lib u shahar muhofazasining ma'muri
hisoblangan. Davlatning mahbuslari uning ixtiyorida bo‘lib, amirning
shig‘ovullari, xudaychilari (udaychilar) o‘z ixtiyorlari bilan biror ishni
qilmaganlar, faqat amir buyrug‘iga bo‘ysunganlar.
Tarixchi R. Xoliqovaning ma'lumotlariga ko‘ra, “Buxoro shahri ikki
dahaga, dahalarning har biri esa olti jaribga bo‘lingan. Har bir dahani
dahaboshi boshqargan. Jaribni esa bobo boshqargan bo‘lib, uning
mahkamasi boboxona
deyilgan. Uning ixtiyorida faqat tunda ishlaydigan
maxsus qo‘riqchilar bo‘lib, ular shabgardlar deb atalgan. Shabgardlar
(tunda kezuvchi) – fors-tojik tilidan olingan bo‘lib, “shab” – kechqurun,
tun va “gard”- kezmoq, kezuvchi ma'nolarini anglatadi”.
62
Shabgardlarning asosiy vazifasi tunda shaharni kezib yurish va
barcha shubhali shaxslarni aniqlash bilan bir qatorda ehtiyojsiz ravishda
shaharda yurgan shaxslarni ushlab tegishli tartibda chora ko‘rish bo‘lgan.
Ushlangan shaxslar dini va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, shahar
ko‘chalari va hammomlarni tozalash ishlariga jalb qilingan.
Buxoro xonligi mahalliy boshqaruvi tizimida o‘ziga xos o‘rinni rais
mansabi
egallardi. Ushbu amal yarim diniy, yarim tartibotchi usulda
bo‘lib, raisning majburiyatiga eng avvalo, aholining yurish-turishi va
hulqini nazorat qilish kirgan.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, Buxoro xonligi 11 tumandan tashkil
topib, barcha tumanlar Buxoro shahri atrofida joylashgan edi. Bulardan
ikki asosiy tuman – Shohrud kanali atrofida bo‘lib, ushbu tumanlarning
qolgan 9 tumandan asosiy farqi shunda ediki, tumanlarning ma'muriy
markazi mavjud emas edi. Shimoliyi Rud va Janubiyi Rud tumanlaridan
soliq yig‘ish vazifasini Buxoro shahar sadr-rais xizmatchilari amalga
oshirganlar. Qolgan 9 ta tumanni ma'muriy jihatdan tuman qozilari
boshqargan. Ko‘pgina tumanlar aholi zich joylashgan tuman markazlari-
ning nomi bilan ham ikkinchi nom sifatida yuritilgan. Masalan, Xarkan
Rud
yoki
G‘ijduvon tumani kabi. Undan tashqari A. R.
Muhamadjonovning ma'lumotlariga qaraganda, Kamat tumani Vobkand,
Somejon tumani Romitan deb atalgan.
Amirlikda barcha bekliklar ma'muriy markazi bir xil nom bilan
atalgan. Aholi yashash joylari sonining ko‘pligiga qarab sharqiy bekliklar
yuqori mavqega ega bo‘lgan. Masalan, Boljuvonda 1420, Hisorda 1200,
Qorateginda 700, Ko‘lobda 635 taga yaqin aholi yashash joylari mavjud
edi. Hozirgi Turkmaniston hududidagi bekliklarda esa, aholi yashash
joylari soni eng kam darajada, ya'ni O‘stida 15, Burdaliqda 14, Kelifda esa
24 tadan aholi yashash joylari bo‘lgan.
Buxoro xonligida bekliklar va tumanlar ma'muriy-hududiy jihatdan
turli xil shaklda bo‘lingan. Ko‘pgina bekliklar bir necha qishloqlardan
iborat bo‘lgan amloklardan iborat bo‘lgan. Bir qator tuman va bekliklar
mavzelarga bo‘lingan. Masalan, Dexnav, Pirmast, Xutfar, O‘sti va boshqa
hududlarda. Xususan, Xutfar tumanidagi mavzelarga kiruvchi bir qator
qishloqlar mavjud bo‘lgan. Shu bilan birga, u yoki bu tuman va
viloyatning hududi amlok, mavze, guzar va masjid deb atalgan. Har bir
mavze 10 dan ortiq masjid deb nomlangan hududiy birliklardan iborat
bo‘lgan.
63
Karki bekligi bir necha mavzedan iborat bo‘lgan bo‘lsa ham, lekin
ular bekcha deb nomlangan hududiy birliklardan tashkil topgan.
Nurato bekligi guzarlarga, guzarlar esa qishloqlarga bo‘lingan. Shu
bilan bir qatorda, Qorategin bekligi rabovlarga, ular esa mavze va
qishloqlardan iborat bo‘lgan. Sho‘g‘non va Ro‘shon bekligi hududlari
oqsoqolliklarga bo‘lingan. Undan tashqari Boljuvon bekligining 60 dan
ortiq, Qorategin bekligining 30 dan ortiq va Ko‘lob bekligining 22 dan
ortiq aholi yashash joylari daha deb nomlangan hududiy birliklardan iborat
bo‘lgan.
Buxoro xonligi davlatchiligi masalalari bilan shug‘ullangan xorijlik
olimlar amirlik markaziy va mahalliy boshqaruvi massalasida deyarli bir
xil fikr bildiradilar. Xususan, J.Kunits bu haqda, “amirning hokimiyati
mutloq edi. Turli muassasalar boshliqlari, hokimlar u tomonidan tayinlanar
va faqat unga mas'ul edi”, - deb yozadi.
Bundan tashqari, muallif mamlakat ma'muriy birlashmalar –
viloyatlar, tumanlar va qishloqlarga bo‘linishini hamda ma'muriy
amaldorlar beklar, amlokdorlar, oqsoqollar deb atalishini ham ta'kidlab
o‘tadi. Yana “Islom odatiga ko‘ra har bir beklikda raislar va unga itoat
etuvchilar mavjud edi. Moliyaviy bo‘lim esa zakotchilar – markaziy va
mahalliy soliq yig‘uvchilar tomonidan boshqarilardi. Har qaysi beklik
o‘zining sud apparatiga ega bo‘lib, u bosh qozi va unga bo‘ysunuvchi
qozilardan, shuningdek muftidan iborat edi. Hamma idoralar amir nazorati
ostida edi”, - deb ta'kidlaydi.
Angliyalik olim Meri Xoldsvort Buxoro xonligining siyosiy ahvoli,
markaziy va mahalliy boshqaruv masalalariga alohida to‘xtaladi.
M.Xoldsvort “Buxoro va Qo‘qonda amirlik yoki xonlik bekliklardan iborat
bo‘lib, ular viloyatlar deb nomlangan hamda xon yoki amir oilasi bilan
qarindosh hokimlar yoki beklar tomonidan boshqarilardi. Viloyatlar
Buxoroda tumanlarga, Qo‘qonda esa bekliklarga bo‘linib, har qaysisi
mahalliy hukmdor oilalaridan chiqqan beklar qo‘l ostida edi. Oqsoqol yoki
miroblar mahalliy amaldorlar bo‘lib, ular ijro etuvchi shaxs edilar”.
Yana bir ingliz olimi G. Uiler Buxoro xonligida markaziy va
mahalliy boshqaruv masalalariga oid quyidagi ma'lumotlarni beradi:
“Buxoro xonligining ma'muriy tizimi temuriylar va abbosiy xalifalik qo‘l
ostida bo‘lgan Movarounnahrning eron-arab ma'muriyatidan meros
qolgan”. G. Uiler ma'muriy boshqaruv masalasida boshqaruv oddiy va
erkin bo‘lib, ko‘proq soliq va o‘lponlar undirishga asoslangan edi, - deb
ma'lumot beradi.
64
Shu bilan birga, Tojikistonlik olim B.Shamsoning mang‘it urug‘i
vakillarini ko‘chmanchi xalq sifatida va amirlik boshqaruvining Safaviylar
boshqaruvi tizimiga o‘xshab ketadi hamda mang‘it vakillari faqatgina
boshqaruvda ayrim turkiy atamalarni qo‘llaganlar degan xulosalariga
qo‘shilib bo‘lmaydi. Safaviylar davlatida sadr lavozimi shariat sudi
qaroriga ko‘ra barcha vaqflarni boshqarish, saidlar, ulamolar, shayx ul-
islom va mudarrislarga umumiy rahbarlik qilgan. Devonbegi nomusga
tegish va tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq ishlarni tergov qilgan.
Mutavalliy esa, kutubxona, dorixona, oshxona, mexmonxona va boshqa
xizmat ko‘rsatish sohasini boshqargan.
“Tuhfat ul xoniy”da belgilanishicha, davlat mansablariga eng
avvalo, mang’it, xitoy-qipchoq, bahrin, saroy, kenagas, jaloir, o’tarchi
urug’larining vakillari tayinlanardi. Muhammad Rahimxon davrida
Davlatbiy mang’it (xonning tog’asi) Buxoroning parvonachisi;
Xo’jamyorbiy (xitoy qipchoq) xonning otalig’i va bosh amiri (amir al
umaro); G’aybulla biy bahrin - Miyonqoldagi ettita urug’ning vakili -
devon begidir Doniyolbiy mang’it - (xonning katta tog’asi) Mirasadni (xon
maslahatchisi), Jahongirbiy-xon jibachisi (moliya va xazina ishini
boshqaruvchi),uning o’g’li-Ulug’ o’roqchi (hosilning bosh yig’uvchisi);
Barotbiy mang’it - (xonning akasi) Samarqand va viloyat hukmdori,
Imomquli mang’it-YAkkabog’ hukmdori va parvonachi; Nizomiddin
Ma`sud- bosh hushbegi; Xudoyor kenagas- Buxoro dodhosi (shahar
boshlig’i) etib tayinlandilar va hokazo.
Diniy mansablar quyidagicha taqsimlandi: Mahdumi A`zam
Kosoniyning avlodidan bo’lgan Isxoqxo’ja o’runi shohnishin (musulmon
dindorlari boshlig’i); Muhammad Islom avlodidan Nasrullo xoja-
Shayhulislom; Muhammad Xoja Sayyid Atoiy - naqib; Nizomiddin
Husayniy-Buxoro va viloyatning qozi kaloni; Xoja Ahrorning avlodi
Shahobiddin Xoja Samarqand va viloyatning shayhulislomi etib tayinlandi
va hokazo.
Buxoro xonligining markaziy va mahalliy boshqaruvi bilan bog‘liq
tarixiy-huquqiy manbalarni
Dostları ilə paylaş: |