O‘zbеkiston rеspublikаsi


-rasm. Xorijiy valuta bozori



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə392/410
tarix18.09.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#122299
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   410
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT. Darslik. 2019.

36.1-rasm. Xorijiy valuta bozori 
Dollarga bo‘lgan talabning kamayishi D to‘g‘ri chizig‘ida berilgan. Bu shuni 
ko‘rsatadiki, agarda dollar o‘zbekistonliklar uchun arzon bo‘lsa, amerika tovarlari 
ham ular uchun arzon bo‘ladi va bu, o‘z navbatida, ularning amerika tovarlariga 
bo‘lgan talabini oshiradi. 


428 
Dollarning taklifi (S) kamaysa, so‘mda belgilangan dollarning qiymati oshadi 
(ya’ni, dollarda belgilangan so‘mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda 
amerikaliklar ko‘proq o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Chunki, so‘mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o‘z navbatida o‘zbek 
tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko‘proq o‘zbek tovarlarini 
sotib olish imkoni paydo bo‘ladi. 
O‘zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini valuta bozoriga 
olib chiqadi, chunki, o‘zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so‘mga 
almashtirishadi. Dollarga bo‘lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning 
so‘mdagi qiymatini bildiradi. 
Agarda, dollarning so‘mdagi qiymati oshsa, so‘m qiymatining pasayganligini 
yoki qadrsizlanganligini ko‘rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so‘mdagi qiymati 
pasaysa, so‘m qiymatining oshganligini yoki so‘mning qimmatlashganligini 
ko‘rsatadi. Bir birlik xorijiy valutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valuta 
sarf qilish milliy valutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan 
so‘m qadrsizlansa, dollar so‘mga nisbatan qimmatlashadi. 
Qayd etilgan valuta kursi – bu, xorijiy valutada ifodalangan, davlat 
tomonidan rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valuta 
bozorida talab va taklifning o‘zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi. 
Qayd qilingan valuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan 
foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‘liq bo‘lgan tahlika va noaniqlikni 
kamaytiradi. Qayd qilingan valuta kurslarini qo‘llash o‘zaro foydali savdo va 
moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan 
valuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o‘zaro aloqalar jarayondagi ikki 
sharoitga bog‘liq: 
-
zahiralarning mavjudligi; 
-
o‘z hajmi bo‘yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‘lov balansi aktivlarining 
tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini 
yo‘qqa chiqarishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, valuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida 
shakllanish darajasi, o‘z-o‘zicha kurslar o‘rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real 
jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valutalariga talab va taklifga, demak, 
valuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar 
majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Valuta kurslarining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni 
qisqacha qarab chiqamiz: 
1.
Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o‘zgarishi. 
2.
Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‘zgarishlar. 
3.
Bahodagi nisbiy o‘zgarishlar. 
4.
Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflatsiyani quvib o‘tish 
maqsadida « qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz 
stavkalari (inflatsiya sur’atini hisobga olib o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz 
stavkalari) AQShda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda 


429 
ko‘tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh 
moliyaviy vositalarni qo‘yish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika 
moliyaviy aktivlariga talabning bu ko‘payishi Angliya funti taklifining kengayganligi 
va shu sababli dollar qiymati o‘sganligini bildiradi. 
5.
Spekulyasiya. 
Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko‘tarilishi to‘g‘risidagi 
prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat 
qiladi va shu bilan funtga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining 
pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi. 
O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy 
Banklarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valuta zahiralari bir vaqtning 
o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun 
etarli bo‘lmasligi mumkin. 
Valuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona 
yo‘lidir. 
Nominal va real valuta kurslari o‘zaro farqlanadi. Nominal valuta kursi 
valutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valuta kursi 
haqida fikr yuritdik. 
Real valuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy 
bahosidir
86

Real valuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga 
almashishi mumkin bo‘lgan nisbatni ko‘rsatadi, shu tufayli u 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə