O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə401/410
tarix18.09.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#122299
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   410
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT. Darslik. 2019.

Ish haqi (wage rate)
- foydalanilgan mehnat uchun berilgan pul miqdori yoki 
narx. 
Ishlab chiqarish (production)
- ishlab chiqarish omillaridan foydalangan 
holda mahsulot yaratish jarayonini yoki ishlab chiqarish omillarini tayyor mahsulotga 
aylantirish jarayoni. 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘i
- mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish 
resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar 
kombinasiyasini ifodalovchi chiziq. 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘i
- mavjud texnologiyada kapital va 
mehnatdan to‘liq foydalangan holda ikkita tovar kombinasiyalarini maksimal 
darajada ishlab chiqarishni ifodalaydigan chiziq. 
Ishlab chiqarish omillari
- cheklangan bo‘lib, ularga mehnat (labour), kapital 
(kapital), materiallar (xomashyo, butlovchi qismlar, elektr energiyasi, gaz, suv va 
boshq.), yer (land) kiradi. 
Ishlab chiqarish funksiyasi
- ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan shu 
mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarflangan ishlab chiqarish omillari miqdori 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi funksiya. 
Ishlab chiqarish shartnomalari chizig‘i
- resurslarni Pareto samarali 
joylashtirish chizig‘i bo‘lib, bunda quyidagi shart bajariladi: ishlab chiqaruvchi 
muvozanati yoki maksimal mahsulot ishlab chiqarish uchun optimal sarflanadigan 
mehnat va kapital miqdorini aniqlash sharti - ishlab chiqarishning shuday holatiki 
bunda har qanday omil uchun sarflangan bir birlik pul miqdori bir xil miqdordagi 
mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlaydi. 
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug‘i)
- tovarlarnig haqiqiy narxlaridan 
chekli (bir birlik qo‘shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) xarajatlarni ayirmalari 
yig‘indisiga teng. 
Ishchining nafliligini maksimallashtirish sharti (utility maximization rule)
- bo‘sh vaqtni daromad bilan chekli almashtirish normasini ish haqiga tengligi. 
Kapital
- uzoq muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish uchun 
foydalaniladigan resurs. Kapitalni mehnat bilan chekli texnologik almashtirish 


438 
normasi ikkala ishlab chiqariladigan 
A
va 
B
tovarlar uchun bir xil bo‘lib, ular mehnat 
narxini kapital narxi nisbatiga teng. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə