O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə402/410
tarix18.09.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#122299
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   410
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT. Darslik. 2019.

Kasaba uyushmasi
- bu ishchilar uyushmasi bo‘lib, u o‘zining a`zolari 
nomidan va ko‘rsatmasiga ko‘ra tadbirkorlar bilan muzokara olib borish huquqiga 
ega tashkilot. 
Kvazioptimum
- Pareto-samarali hajmida tovar ishlab chiqarish mumkin 
bo‘lmaganda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan variantlardan eng yaxshisini tanlash 
(optimalga yaqin). 
Koldora-Xiks mezoni
- turmush farovonligi mezoni bo‘lib, unga ko‘ra 
yutganlar o‘z yutug‘ini boy berganlarning yo‘qotishidan yuqori deb narxlasa. 
Kooperativ o‘yin
- o‘yinda bir neta o‘yinchilar o‘zaro kelishib, birgalikda 
o‘ynaydi (iqtisodiyotda kooperativ o‘yinga misol sifatida karterni harash mumkin). 
Kurno muvozanati
- duopolik bozorda har bir firma mustaqil ravishda 
shunday optimal ishlab chiqarish hajmini tanlaydiki ushbu mahsulot hajmi ikkinchi 
firmani qanoatlantiradi. Kurno muvozanati firmalarning aks ta`sir qiluvchi 
funksiyalari grafiklarining kesishish nuqtasida vujudga keladi. 
Lorens chizig‘i 
- biror bir ko‘rsatkichni taqsimlanish darajasini ifodalovchi 
egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorens (1876-1944) tomonidan aholi 
daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun ishlab chiqilgan. Aholidan daromad 
solig‘i olinib, ularga transfert berilgandan keyin Lorens chizig‘ining botiqligi 
kamayadi. 
Masshtab samarasi
- bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi surati 
bilan mahsulot ishlab chiqarishni o‘sish surati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. 
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi 
deyiladi. 
Ma`naviy tavakkalchilik
- yo‘qotishlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan 
to‘liq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan 
yo‘qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirib ko‘rsatishga intiluvchi shaxsning hatti-
harakati. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə