|
O’zbеkistоn rеspublikаsiMistika – sirli, g’ayritabiiy, tuShunarsiz narsa yoki hodisa.
Moddiylashtirish
|
səhifə | 182/186 | tarix | 23.09.2023 | ölçüsü | 2,19 Mb. | | #123420 |
| Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курсMistika – sirli, g’ayritabiiy, tuShunarsiz narsa yoki hodisa.
Moddiylashtirish – ma’no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson faoliyatida gavdalanishi.
Modus – predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo’lgan muvaqqat xossasi.
Monizm – plyuralizmga zid o’laroq, muayyan bir asosdan kelib chiqadigan falsafiy yondashuv.
Negativ – salbiy, biror narsaga zid.
Noumen – mushohada yo’li bilan anglash mumkin bo’lgan mohiyat.
Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning Shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.
Obraz – amaliy faoliyat va bilish jarayonida shakllangan hissiy yoki oqilona tasavvur.
Okkultizm – maxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar orqali ayrim insonlargina bila oladigan koinotda sirli kuchlar mavjudligini e’tirof etuvchi ta’limot.
Oppozisiya - qarshi harakat, muayyan narsaga ochiqdan-ochiq yoki zimdan qarshilik ko’rsatish.
Panteizm – Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta’limot.
Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan muayyan ilmiy tadqiqot yo’nalishini belgilovchi prinsiplar majmui.
Passionar – ichki energiyaga egalik yoki o’ta g’ayratlilik.
Permanent – doimiy, uzluksiz.
Persepsiya – idrok etish.
Rasionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb e’tirof etadigan falsafiy yo’nalish.
Reduksionizm – murakkab narsa yoki hodisani soddaroq narsa yoki hodisaga bog’lash.
Relyativizm – bizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va xulosalarimizni nisbiy, shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.
Refleksiya – o’z fikrlari va kechinmalarini tahlil qilishga qaratilgan mulohaza.
Sakral – muqaddas.
Sensualizm – hissiy bilishning rolini oqilona bilishning ahamiyatidan ustunroq qo’yuvchi falsafiy yo’nalish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|