O’zbеkistоn rеspublikаsi


Mistika – sirli, g’ayritabiiy, tuShunarsiz narsa yoki hodisa. Moddiylashtirish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə182/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

Mistika – sirli, g’ayritabiiy, tuShunarsiz narsa yoki hodisa.
Moddiylashtirish – ma’no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson faoliyatida gavdalanishi.
Modus – predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo’lgan muvaqqat xossasi.
Monizm – plyuralizmga zid o’laroq, muayyan bir asosdan kelib chiqadigan falsafiy yondashuv.
Negativ – salbiy, biror narsaga zid.
Noumen – mushohada yo’li bilan anglash mumkin bo’lgan mohiyat.
Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning Shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.
Obraz – amaliy faoliyat va bilish jarayonida shakllangan hissiy yoki oqilona tasavvur.
Okkultizmmaxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar orqali ayrim insonlargina bila oladigan koinotda sirli kuchlar mavjudligini e’tirof etuvchi ta’limot.
Oppozisiya - qarshi harakat, muayyan narsaga ochiqdan-ochiq yoki zimdan qarshilik ko’rsatish.
Panteizm – Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta’limot.
Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan muayyan ilmiy tadqiqot yo’nalishini belgilovchi prinsiplar majmui.
Passionar – ichki energiyaga egalik yoki o’ta g’ayratlilik.
Permanent – doimiy, uzluksiz.
Persepsiya – idrok etish.
Rasionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb e’tirof etadigan falsafiy yo’nalish.
Reduksionizm – murakkab narsa yoki hodisani soddaroq narsa yoki hodisaga bog’lash.
Relyativizmbizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va xulosalarimizni nisbiy, shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.
Refleksiya – o’z fikrlari va kechinmalarini tahlil qilishga qaratilgan mulohaza.
Sakral – muqaddas.
Sensualizm – hissiy bilishning rolini oqilona bilishning ahamiyatidan ustunroq qo’yuvchi falsafiy yo’nalish.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə