O’zbеkistоn rеspublikаsi


Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə179/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

3.Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar
Talabalar mustaqil ishlarini bajarishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • zarur ma’lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash;

  • axborot manbalaridan samarali foydalanish;

  • an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda me’yoriy xujjatlar bilan ishlash;

  • elektron o‘quv va ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;

  • Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;

  • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

  • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;

  • topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;

  • ishlab chiqilgan echim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar davrasida himoya qilish.

4.Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi
Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo‘ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uning bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi.
Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi fanning kalendar-tematik rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. “Falsafa” fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ish mavzulari va mazmuni, ularni bajarish yuzasidan hisobot shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Maslahat darsi tegishli fan o‘qituvchisi tomonidan o‘tkaziladi.
Fan o‘qituvchisi maslahat darsida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • talabalar mustaqil ishlari topshiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanma beradi.

  • topshiriqni bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;

  • tegishli adabiyotlar axborot manbalarini tavsiya qiladi;

  • talabalar mustaqil ishlari yuzasidan tayyorlangan ishlanma, hisobot, referat, hisob-kitob va topshiriq natijalarini qabul qiladi hamda baholaydi.

Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar o‘quv jarayonining 1 va 2 smenada tashkil etilishiga qarab talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida dars jadvaliga kiritiladi.



Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə