O’zbеkistоn rеspublikаsi


Determinizm – barcha voqyealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot. Dialektika



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə181/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

Determinizm – barcha voqyealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot.
Dialektika – harakat, rivojlanish, o’zgarish haqidagi falsafiy ta’limot.
Diskret – uzlukli.
Differensiasiya – butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar, shakllarga bo’linishi, parchalanishi, ajralishi.
Ideal mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi tasavvur.
Iyerarxiya – bir narsaning funksional ahamiyati yoki xizmat mavqyeiga ko’ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va hokazolarga bo’ysunishi.
Izotrop – barcha yo’nalishlarda bir xil.
Indeterminizm – determinizmga qarama-qarshi ta’limot.
Integrasiyabirlashish, birikish, yaxlit bir butunning shakllanishi.
Introvertiv – o’ziga, o’z ichki dunyosiga qarab mo’ljal oluvchi.
Imitasiya taqlid qilish, soxtalashtirish.
Axborot inqilobi – fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo’lib, bunda axborot o’ta muhim resursga aylanadi.
Irrasionalizm – borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini rad etuvchi nuqtai nazar.
Kauzallik – sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.
Kommunikasiya (keng ma’noda) – muloqot. Ekzistensializmda – muloqot turi bo’lib, uning yordamida «Men» o’zini boshqa odamda topadi.
Konstitusiyalashyaratish, belgilash, muayyan tashkiliy tus berish.
Konsyumerizm – iste’mol qilishga bo’lgan kuchli ehtiyoj.
Koevolyusiya – birgalikda tadrijiy rivojlanish.
Kreasionizm – butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy ta’limot.
Materializm – dunyoning moddiyligidan va ongdan qat’iy nazar mavjudligidan kelib chiqadigan falsafiy yo’nalish.
Metafizika – Gegeldan oldingi va hozirgi G’arb falsafasida borliqning o’ta hissiy tamoyillari va asoslari haqidagi fan. Falsafaning sinonimi sifatida ishlatiladigan atama.
Metodologiya – metod haqidagi ta’limot, bilishning yangi metodlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə