O’zbеkistоn rеspublikаsi


Simvol – biron-bir g’oyani ifodalovchi belgi, obraz. Sinkretizm



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə183/186
tarix23.09.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#123420
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186
Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курс

Simvol – biron-bir g’oyani ifodalovchi belgi, obraz.
Sinkretizm - qismlarga ajralmaganlik, biron-bir hodisaning noraso holati bilan belgilanadigan har xil jinsli elementlarning aralaShuvi.
Skeptisizm – inson bilimining ishonchliligiga Shubha bildiruvchi va barcha haqiqatlarni nisbiy deb e’lon qiluvchi falsafiy konsepsiya.
Stereotip – ko’pincha jamiyat tomonidan faol ilgari suriladigan va individ tanqidsiz qabul qiladigan borliqning nisbatan barqaror va soddalashtirilgan obrazi.
Substansiya birinchi asos, barcha narsalar va hodisalarning mohiyati.
Ssiyentizmmadaniyat tizimida, jamiyat hayotida fan rolini mutlaqlashtirish.
Tabubiron-bir narsa, harakat, so’zga nisbatan belgilanadigan diniy taqiq.
Teologiya – diniy ta’limotlar tizimi.
Teosentrizm – dunyoni tushunish markaziga Xudoni qo’yuvchi falsafiy yondashuv.
Texnogen – texnika bilan bog’liq, uning ta’siri bilan belgilangan.
Texnokratik – texnikani birinchi o’ringa qo’yuvchi.
Texnooptimizm – turli muammolarni yechishda fan-texnika taraqqiyotining rolini oshirib ko’rsatuvchi falsafiy yondashuv.
Texnopessimizm – fan-texnika taraqqiyotini jamiyat va tabiat tanazzulining manbai va omili deb e’lon qiluvchi falsafiy yondashuv.
Texnotron jamiyat – kompyuter inqilobi bosqichiga kirgan jamiyat.
Transsendental – o’ta umumiy.
Universumyagona Olam, yaxlit dunyo.
Fauna – barcha turdagi hayvonlar majmui.
Fenomen – insonga hissiy bilish tajribasida berilgan hodisa.
Fenomenologiya – bevosita kuzatish mumkin bo’lgan ideal mohiyatlar sifatidagi fenomenlar haqidagi falsafiy ta’limot.
Flora – o’simliklar dunyosi.
Fluktuasiya – o’zgarish, belgilangan parametrlardan tasodifiy og’ish.
Futurologiya – kelajak haqidagi fan.
Evolyusion epistemologiya – bilishni jonli tabiat evolyusiyasining momenti va uning mahsuli sifatida o’rganuvchi fan.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə