|
O’zbеkistоn rеspublikаsiDeterminizm – barcha voqyealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot.
Dialektika
|
səhifə | 181/186 | tarix | 23.09.2023 | ölçüsü | 2,19 Mb. | | #123420 |
| Фалсафа мажмуа. 2023-2024 3 курсDeterminizm – barcha voqyealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot.
Dialektika – harakat, rivojlanish, o’zgarish haqidagi falsafiy ta’limot.
Diskret – uzlukli.
Differensiasiya – butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar, shakllarga bo’linishi, parchalanishi, ajralishi.
Ideal – mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi tasavvur.
Iyerarxiya – bir narsaning funksional ahamiyati yoki xizmat mavqyeiga ko’ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va hokazolarga bo’ysunishi.
Izotrop – barcha yo’nalishlarda bir xil.
Indeterminizm – determinizmga qarama-qarshi ta’limot.
Integrasiya – birlashish, birikish, yaxlit bir butunning shakllanishi.
Introvertiv – o’ziga, o’z ichki dunyosiga qarab mo’ljal oluvchi.
Imitasiya – taqlid qilish, soxtalashtirish.
Axborot inqilobi – fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo’lib, bunda axborot o’ta muhim resursga aylanadi.
Irrasionalizm – borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini rad etuvchi nuqtai nazar.
Kauzallik – sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.
Kommunikasiya (keng ma’noda) – muloqot. Ekzistensializmda – muloqot turi bo’lib, uning yordamida «Men» o’zini boshqa odamda topadi.
Konstitusiyalash – yaratish, belgilash, muayyan tashkiliy tus berish.
Konsyumerizm – iste’mol qilishga bo’lgan kuchli ehtiyoj.
Koevolyusiya – birgalikda tadrijiy rivojlanish.
Kreasionizm – butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy ta’limot.
Materializm – dunyoning moddiyligidan va ongdan qat’iy nazar mavjudligidan kelib chiqadigan falsafiy yo’nalish.
Metafizika – Gegeldan oldingi va hozirgi G’arb falsafasida borliqning o’ta hissiy tamoyillari va asoslari haqidagi fan. Falsafaning sinonimi sifatida ishlatiladigan atama.
Metodologiya – metod haqidagi ta’limot, bilishning yangi metodlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|